Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51

 
59
Ch. Darvin – konkurentsiya yashash uchun kurashning asosiy qismlaridan biri deb asoslagan va u turlar 
evolyutsiyasida katta rol o’ynashini ko’rsatgan. Konkureniiyada tashqi muhit sharoitiga yaxshi moslashgan 
turlar engib chiqadi. 
Raqobat turlar ichida va turlararo bo’lishi mumkin. Turlar ichidagi kurash kuchli bo’lib, uning 
asosida tabiiy tanlash va tur hosil bo’lish kabi jarayonlar yotadi. 
3. Amensalizm. Ikki turning birga yashashi bittasiga salbiy tasir ko’rsatadi, ikkinchisi esa 
na fonda,   na zarar ko’radi.  Masalan:  Daraxt  soyasida o’sgan  o’simlik  zarar  ko’radi.  Lekin daraxtning 
o’zi uchun uning qo’shnichiligi ahamiyatsizdir, farqsizdir. Bu hol ko’pincha o’simliklarda uchraydi. 
4. Parazitizm - tekinxo’rlik. Bunda bir organizm ikkinchi tirik organizmdan faqat ovqat 
manbai sifatidagina emas, balki doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi, oziqlanadigan joy 
sifatida foydalaniladi. Bir tur (parazit) ikkinchi organizmdagi (xo’jayin) ozuqa moddalar yoki uning 
to’qimalari hisobiga hayot kechiradi. Parazitning tashqi muhit bilan aloqasi asosan xo’jayin orqali amalga 
oshadi. Ular uchun qulaylik doimo mo’l ozuqa bilan taminlaganligidadir. Bu o’z navbatida tez o’sishga va 
ko’payishga sabab bo’ladi. Parazitlar o’z xo’jayinini o’ldirmasdan, faqat uni holdan toydiradi. 
Parazitlar: endo -  va  ekto -  (ichki va tashqi) parazitlarga bo’linadi. 
Endoparazitlar – organ, to’qima, xujayralarda yashaydi. 
Ektoparazitlar - xo’jayin tana yuzasida (kana, bit, burga, chivin) yashaydi. 
O’simliklar orasida - to’liq va chala parazitlar ajratiladi. Chirmovuq va shumg’iyalar to’liq parazit 
hisoblansa, omela, pogremok, ochankalar chala parazit, yani o’zi mustaqil holda fotosintez qila oladi, 
lekin suv va mineral moldalarni xo’jayin o’simlikdan oladi. 
5. Yirtqichlik. Organizmlar o’rtasida keng tarqalgan biotik munosabatlarning muhim bir 
turi - yirtkichlik hisoblanadi. Bunda bir tur ikkinchi bir turni yo’q qiladi, yani eb qo’yadi. 
Yirtqichlik  faqatgina hayvonlarda  kuzatilibgina  qolmay,   balki  o’simliklarda  ham sodir 
bo’ladi. Bu xasharotxo’r o’simliklarda ham sodir bo’ladi. Masalan: xasharotxo’r o’simliklardan 
nenetens, aldrovanda, rosyanka va boshqalarning xasharotlarga bo’lgan munosabatlarida yaqqol 
ko’rinadi. 
Yirtqichlik va tekinxo’rlikning asosiy ekologik roli shundan iboratki: birinchidan, oziqlanish 
jarayonida hayvonlar bir - birlari bilan oziqlanib, tirik organizmlar modda aylanishi uchun zarur sharoit 
yaratadi. Ikkinchidan, hayvonlarning soni malum miqdorda saqlanadi. Masalan: AQSh da Arizona shtatida 
kiyiklarni saqlab qolish uchun, bo’rilarning hammasini yo’q qilishadi. Natijada kiyiklar soni ko’payadi, 
ammo u oziqlanadigan o’simliklarning yo’qolishi bilan ovqat etishmay qoladi hamda kiyiklar ham 
xalok bo’la boshladi. 
Yirtqichlar - birinchidan populyatsiya uchun foydasiz turlar, yani kasallangan, qari kuchsiz turlar bilan 
oziqlanadi. Ko’payish qobiliyatiga ega bo’lganlarni eyishmaydi. Kasallik tarqatuvchilarning sonini va 
kasallik tarqalib ketishini kamaytiradi, yani sanitarlik vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, hamma turlarni 
eydiganlari bor bo’lib, bu bilan qurbonlar populyatsiyasining o’sish potentsiali keskin buziladi. 
6. Kommensalizm. Ijrbiy ravishdagi o’zaro tasirning eng oddiy tipidir. Organizmlarning 
biri qandaydir foyda ko’rib bu hol ikkinchi organizm uchun uncha zarar keltirmasa - kommensalizm turidagi 
aloqa kelib chiqadi. 
O’simliklarning epifit hayot kechirishi, yirik sut emizuvchi hayvonlar tamonidan maxsus ilashuvchi 
o’simtalarga ega bo’lgan meva va urug’larning tarqalishi, akula terisiga yopishib olib undan qolgan ozuqa 
qoldiqlari bilan oziqlanib hayot kechiruvchi prilipala baliqi, nepetens o’simligining ko’zachasi ichida shirasi 
bo’ladi, bu shirada, ko’zachaning ichida ninachi va chivinlarning lichinkalari yashaydi. Ular ko’zachaga 
tushgan hasharotlarning lichinkalari bilan ovqatlanadi. 
7. Mutalizm. Organizmlar orasidagi aloqalar har ikkala organizm uchun foyda keltirsa - 
mutalistik munosabatlar kelib chiqadi. Har ikki organizm uchun foydali hisoblangan bunday 
o’zaro munosabatlar simbiotik munosabatlar deb qaraladi. Masalan: lishayniklar tanasidagi suv 
o’tlar bilan zamburug’larni, dukkakli o’simliklar ildizida yashovchi tuganak bakteriyalarni gulli 
o’simliklar va zamburug’ gifalarining birgalikda hayoti kabilarni olish mumkin. 
Hayvonlar olamida esa molyuska chig’anog’iga kirib, ichida yashovchi qisqichbaqani, chumoli 
iniga kirib yashovchi bazi qo’ng’izlarni, chumoli va o’simlik bitlarini olish mumkin. Hayvonlar va o’simliklar 
orasida esa hayvonlarning o’simliklarni changlatishda ishtirok etishi va meva hamda urug’larni tarqatishi 
kabilar kiradi. 
8. Antibioz. Bunda bir organizm ajratgan zaharli moddalarning ikkinchi organizmga tasir etishi 
tushuniladi. Masalan, bakteriya, zamburug’larning turli xil antibiotiklarni, gulli o’simliklarning esa gazsimon 
va suyuq holdagi antibiotik moddalarni ajratishini aytish mumkin. Bu moddalar tasirida o’sish to’xtaydi. 
Bakteriyalarni qiradigan bunday moddalar fitontsidlar deb ataladi. 


 
60
9. Protokooperaiiya. Bunda ham ikkala organizm o’zaro tasirdan foyda ko’radi. Masalan, dengizdagi 
krablar va kovakichaklilar. 
Kovakichaklilar krablarning elkasiga yopishib oladi (ayrim hollarda krablarning o’zlari ularni elkasiga 
«o’tkazib» oladi). Kovakichaklilar krabni dushmanlardan himoya qiladi, chunki ularning otuvchi hujayrasi 
bo’ladi va o’z navbatida esa krablardan ovqat oladi va transport sifatida foydalanadi. 
Umuman olganimizda, turlar orasidagi salbiy va ijobiy o’zaro tasir tabiatda bir-birini tenglashtirib 
turadi, hamda bu ikkala o’zaro tasirning tiplari turlarning evolyutsiyasi va ekologik tizim turg’unligida teng 
miqdorda muhimdir. 
 
4 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Suktsessiya tushunchasi manosi va bu 
jarayonning mohiyatini ochib berish. Suktsessiya xillarini talabalar ongiga singdirish.  
Biror - bir jamoani bir necha yillar davomida kuzatilsa, uning o’zgarishlarining guvohi bo’lish 
mumkin. Bunda yashash sharoiti, organizmlar guruxi, jamoaning tuzilish tarkibi va organizmlarning o’zaro 
munosabat xususiyatlari o’zgaradi. 
Jamoaning malum vaqt o’tishi bilan birining ikkinchisi bilan almashinish hodisasi - suktsessiya 
(«suktsedo» - kimning yoki nimaning izidan borish demakdir) deyiladi. 
Jamoadagi o’zgarishlarning ikki asosiy turi ajratiladi: 
1. Tsiklik.           
2. Asta - sekin boradigan o’zgarishlar. 
1.  Tsiklik o’zgarishlar  -  tashqi   muhitning  sutkalik   mavsumiy   va   ko’p   yillik  davriy 
o’zgarishlarida hamda organizmlardagi endogen maromlarda namoyon bo’ladi. Nafas olish, fotosintez, modda 
almashinishining o’zgarishi, gullarning ochilishi va yumilishi, gulli o’simliklarda changlatuvchi 
hasharotlarning ko’rish jadalligi, yirtqich hayvonlarning sutkaning har xil vaqtlarida ovga chiqishi va 
hokazolar bunga misol bo’ladi. 
2.  Asta - sekin o’zgarishlar natijasida bir jamoa ikkinchisi bilan almashinadi. Bunday 
o’zgarishlarning sababi jamoaga uzoq vaqt davomida tashkdridan malum bir yo’nalishdagi 
omilning tasiri natijasidir. Biotsenozlardagi bunday almashinish - ekzogenetik almashinish 
deb ataladi. 
Agarda jamoa hayot yo’q (qurib qolgan ko’l va dengizlar, qumli yotqiziqlar, yalong’och qoyalar) 
joyda rivojlansa, boshlansa - birlamchi suktsessiya deb ataladi. Bir jamoaning ikkinchisi bilan almashinishi esa 
- ikkilamchi suktsessiya deyiladi. Bu esa yashash sharoitining keskin o’zgarishi eki jamoa tarkibida sezilarli 
o’zgarishlar sodir bo’lishi natijasida kelib chiqadi. 
Birlamchi suktsessiyada tasodifiy kelib qolgan o’simlik urug’lari unib rivojlanadi. Bu xol -qandaydir 
hayvon turlarining ham kelishiga olib keladi. YOsh individlar egallagan maydon kengayadi. O’simliklarning 
vegetativ yoki urug’ yordamida ko’payishi, yangilanish boshlanadi. Shu paytda hayvonlar ham ko’payadi. 
Asta - sekin o’zgaruvchi ikkilamchi suktsessiyalarga misol qilib suv havzasining o’t bosishi, dasht 
jamoasining o’rmon bilan almashinishi kabilarni ko’rsatish mumkin. 
Suktsessiya jarayonini dastlabki o’rgangan, birinchi marta suktsessiya nazariyasini ishlab chiqqan 
ekolog, ingliz - amerika fitotsenologlar maktabining vakillaridan biri - Frederik Klements (1916) 
hisoblanadi. Uning takidlashicha - suktsessiya natijasida mustaqil o’simliklar hosil bo’ladi, undan keyin 
jamoada deyarli sezilarli o’zgarish bo’lmaydi. Hamda buni oxirgi hosil bo’lishi - klimaks deb ataydi. Klimaksli 
jamoalarning tarkibini aniqlovchi omil - bu faqat iqlim deydi. Demak, klimaks - suktsessiyaning oxirgi, 
yakunlovchi stadiyasi
 
deyiladi. Bunday monoklimaks nazariyasidan ko’pchilik ekolog olimlar - masalan, 
Tensli voz kechib, poliklimaks maktabining vakillari quyidagi holatni tan oladilar; yani klimaksni shu 
maydondagi bitta yoki bir qancha omillar yordamida aniqlash mumkin: bularga iqlim, tuproq sharoiti, 
yomg’ir va hokazolarni olish mumkin. 
Hakikatan ham, dala sharoitida mustaxkam klimaksli jamoani ajratish juda qiyin. Biz faqatgina 
suktsessiyaning tezligi malum bir satxgacha tushib ketishini sezishimiz mumkin, undan keyin xech 
qanday o’zgarishni sezmaymiz. Lekin dengiz suv o’tlari suktsessiyada klimaksga chelish uchun bir necha 
yillar sarf bo’ladi. Bo’sh quruq qolgan joylarda klimaksli stadiya - boskichga kelish uchun 100 - 300 yil 
kerak bo’ladi, lekin bu davr ichida yong’in yoki dovulning bo’lish ehtimoli shunchalik yuqoriki (Angliyada 
bo’ron 70 yidad bir marta bo’ladi), demak, suktsessiya hech qachon tugamasligi, o’zining oxirgi bosqichiga 
etmasligi mumkin. Suktsessiya jarayonini misollar bilan ko’rib chiqiladi. 
Mustaqil ish topshiriqlari: 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə