Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51

 
57
Maydon birligiga to’g’ri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga to’yinganligi deyiladi. 
Yuqorida takidlaganidek, o’simlik jamoasi deyilganda bir xildagi muayyan uchastkalarda guruh bo’lib 
yashayotgan tuban va yuksak o’simliklar yig’indisi tushuniladi. 
Har qanday o’simliklar jamoasi ham turlar tarkibi, turlar o’rtasidagi o’zaro sifat va miqdor 
munosabatlari, qavatlilik, gorizontal tuzilish, tashqi qiyofasi, davriyligi, hayot shakllarining xilma-xilligi, 
yashash joyi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanadi va bir - biridan farqlanadi. 
Fitotsenozni tashkil qilishda o’simliklar orasida son jihatdan ko’pchilikni tashkil qiluvchi yoki ko’zga 
yaqqol tashlanuvchi tur ajratiladi va bu tur dominant (xukmron) tur deyiladi. Demak, ular miqdor jixatdan 
ko’p uchraydi. Ular asosan organik massa to’plovchi hamda fitotsenozning fonini va xarakterini belgilaydi. 
Masalan: qarag’ayzor o’rmonlardagi oddiy qarag’ayni, O’rta Osiyo tog’larining archazorlaridagi 
archaning bir necha turlarini, saksovulli cho’llarida esa saksovul va boshqa o’simliklarni ko’rish mumkin. 
Edifikator turlar esa - jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo’lib, 
fitotsenozning xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, O’zbekistonning qumli cho’llarida daraxt 
ko’rinishidagi edifikator tur - oq saksauldir. 
Dominant turlarga nisbatan kamroq uchraydigan, ammo fitotsenozda malum ahamiyatga ega bo’lgan 
turlar - subdominant turlar deb ataladi. 
Biotsenozning ekologik tuzilmasi turli biotsenozlar tirik organizmlarining malum ekologik 
guruhlari nisbati bilan tavsiflanib, bu uning ekologik tuzilmasini ifodalaydi. 
O’xshash ekologik tuzilmaga ega bo’lgan biotsenozlar har xil turlar tarkibiga ega bo’lishi mumkin. 
Chunki u yoki bu ekologik o’rni, ekologiyasi o’xshash turlar tamonidan egallangan bo’lib, gurlari 
qarindoshlik nuqtai nazardan yaqin emas, balki ular biotsenozlarda bir xil funktsiyalarni bajaruvchi 
vikar turlar deyiladi. Tabiatda ekologik vikarlik keng tarqalgan. 
Biotsenozning ekologik tuzilmasi malum iqlim va landshaft sharoitlarida qonuniy ravishda 
shakllanadi. Masalan, turli mintaqalardagi biotsenozlarda fitofaglar bilan saprofaglar nisbati qonuniy 
ravishda o’zgaradi. Biotsenozning ekologik tuzilmasi kam jamoalardagi o’simlik va hayvonlarning biror - 
bir abiotik omilga qarab ekologik guruhlar nisbatini ham bildiradi. Quyidagi jadvalda ko’l va cho’l 
biotsenozlaridagi namlik omili bo’yicha o’simliqlarning ekologik guruhlari nisbati keltirilgan. 
 
 
Ko’l biotsenozi 
Cho’l biotsenozi 
Gidrofitlar, Gidatofitlar, 
Gigrofitlar 
Sklerofitlar, Kserofitlar, 
Sukkulentlar 
Shunday qilib, biron - bir ekologik guruhlar vakillarining ishtiroki va ko’p bo’lishi ushbu biotopning 
malum darajada fizik - kimyoviy xususiyatlarini tavsiflab beradi. 
 
2 -asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Turning ekologik o’rnini talabalarga  tushuntirish. 
V.N. Beklemishev tasnifiga ko’ra ekonisha xillarini bayon etish. 
Biotsenozda organizmlar bir - birlari bilan bog’liq bo’ladilar. Bu bog’lanishlar jamoadagi yashash 
sharoitini va ularning ovqatlanish yo’llarini belgilaydi. Jamoada har bir turning o’zaro aloqasi, tashqi muhitga 
bo’lgan talabi, tasiri - shu turning ekologik o’rni yoki ekologik nishasi deyiladi. Turning ekologik o’rni 
tushunchasini fanga D. Grinell kiritgan bo’lib, u malum bir turning barcha abiotik va biotik omillar majmuiga 
bo’lgan munosabati, yani hamjamoada tutgan o’rnini ko’rsatadi. Ekotizimdagi turning faoliyati asosan 
oziqlanishdan iborat bo’lgani uchun ekologik o’rnini - ozuqa o’rni deyish ham mumkin. Hayvonlar orasida 
o’simliklarga nisbatan ekologik o’rin yaxshi ifodalanadi. Ammo biogeotsenozlarda o’simliklar ham ekologik 
o’ringa ega. O’simliklarda ekologik o’rinlarga ajratish belgilari quyidagilar hisoblanadi: turning har xil 
balandlikda bo’lishi, ildizlarning tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi, turli vaqtlarda gullashi
changlashuvchining xilma - xilligi va hakazo. 
Dashtdagi biotsenozlarda yirik va mayda sut emizuvchilar o’t o’simliklar bilan oziqlanadi. Bular 
tuyoqlilar (otlar, qo’ylar, antilopalar, saygoklar) va kemiruvchilar (sugurlar, yumronqoziqlar, 
sichqonsimonlarning ko’pchilik vakillari). Bularning hammasi biotsenozda bitta funktsional guruh, yani 
o’txo’r hayvonlarni tashkil qiladi. 
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’simlik massasini istemol qilishda ularning roli bir xil emas ekan, balki 
ular oziqlanishi uchun o’simlik qoplamining turli tarkibiy qismlaridan foydalanadi. Yirik tuyoqlilar to’yimli, 
nisbatan baland bo’yli o’simliklarni yulib oladi. Shu erda yashovchi sugurlar tuyoqlilarning ketidan ular 
emagan siyrak va ezilgan o’tlarni istemol qiladi. Yumronqoziqlar esa tuyoqlilar, sugurlardan qolgan 
o’simliklarni yig’adilar. Shunday qilib, hamjamoa hosil qiluvchi shu uch guruh o’txo’r hayvonlar o’rtasida 


 
58
o’simliklar qoplami biomassasidan foydalanishda funktsiyalarning bo’lib olinishi kuzatiladi. Ushbu 
hayvonlar o’rtasida raqobat ko’rinishidagi munosabatlar kuzatilmaydi. Chunki ular o’simliklar 
qoplamining turlicha tarkibidan foydalanadi. 
V.N. Beklemishev bo’yicha ekologik o’rin (ekonisha) to’rt toifaga bo’linadi: trofik, topik, forik va 
fabrik. 
Trofik aloqa bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida namoyon bo’ladi. 
Topik aloqa bir tur tamonidan ikkinchi turning yashash sharoiti o’zgartirilishida namoyon bo’ladi. 
Daraxt tanasida lishayniklarning yashashi, o’rmondagi daraxtlar tamonidan shu erlarda o’suvchilar hayotiga 
ko’rsatiladigan tasirlarda bu yaqqol namoyon bo’ladi, 
Forik aloqa bir turning tarqalishiga ikkinchi turning tasir etishida ko’rinadi. Ko’pchilik hayvonlar 
tamonidan o’simlik urug’ va mevalarining tarqalishi bunga misoldir. Bunda hayvonlar asosiy  tashuvchi rolini 
o’ynaydi. Hayvonlar yordamida o’simliklarning urug’, sporalari va changlarining tarqalishi mumkin. Bunga 
– zooxoriya deyiladi. Boshqa mayda hayvonlarning tarqalishiga esa – foreziya  deyiladi. 
Fabrik aloqa esa bir turning o’ziga in qurish uchun boshqa turning qoldiqlaridan foydalanishida 
namoyon bo’ladi. Masalan, qushlar in qurish uchun daraxt barglari, shoxchalarini tashib keladi, hayvonlarning 
jun va patlaridan foydalanib in quradi. 
 
3-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Jamoada turlar orasida bo’ladigan o’zaro 
munosabatlarni tushuntirish va mohiyatini yoritib berish.  
Tirik organizmlar birgaliqda yashar ekan, ularning o’zaro turlicha biotik aloqalarda bo’lishi ham 
tabiiydir. Bunday aloqalar natijasiga ko’ra u yoki bu organizm uchun ularning foydali yoki zararli ekanligi 
haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Agarda aloqalar ikkita organizmdan biriga foydali bo’lsa “+” belgisi, aksincha,  zararli  bo’lsa                  
“-” belgisi bilan, har ikki organizm uchun befarq bo’lsa 0 (nol) bilan belgilanib, biotik aloqalarni 
quyidagicha turkumlash mumkin (jadval – 2). 
                            Jadval  - 2.  Biotik aloqa turlari 
 
A
B 
Biotik 
Orgnizmga
Organiz
Turlari 
tasir 
tasir 
 
natijasi 
natijasi 
Neytralizm 
0

Raqobat - 


konkurentsiya
 
Amensalizm
0

Parazitizm- 


tekinxo’rlik
 
Yirtqichlik- 


xishnichestvo
Kommensalizm
+

Mutalizm 
+

Antibioz 
0

Protokooperatsiy


 
Yuqorida keltirilgan jadval asosida biotik aloqa turlarini alohida - alohida ko’rib chiqamiz. 
1. Neytralizm. Ikki turning birga yashashida ular bir - birlariga na salbiy na ijobiy 
tasir ko’rsatadi yoki aytish mumkin – na foyda yoki na zarar ko’radi. Masalan: O’rmonda kiyik va 
olmaxon birga yashab,  bir - biriga deyarli  aloqasi  yo’q.  Lekin o’rmonlarning qurg’oqchilik 
natijasida zararlanishi yoki zararkunandalar bilan zararlansa bu har bir tur uchun bir xil 
darajada bo’lmasa ham tasir qiladi. 
2. Raqobat – konkurentsiya. Ozuqa va yashash joyi yaqin bo’lgan turlar o’rtasidagi munosabatdir. 
«Konkurere»    -   lotincha   qochish,    yani    bir    xil    sharoitda   yashab    raqiblik    qiluvchi organizmlardan 
biri - bu konkurent hisoblanadi. 
Bir xil sharoitda yashagan ikkita turning bittasi ertami yoki kechmi siqib chiqariladi. Bu umumiy 
ekologik qoidalardan biri hisoblanadi va konkurentlik qonuni deyiladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə