Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51

 
55
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Biopotentsial, o’sishning eksponentsial va logistik 
modeli haqida tushuncha berish. Populyatsiyalar o’sishining bu modellarining moxiyatini ochib berish. 
 
Biotik potentsial. Agar tashqi muhit omillari uni cheklab qo’ymasa, har qanday populyatsiya ilmiy 
jixatdan olganda tabiatda sonining cheksiz o’sishiga moslashgan. Bunday gipotetik holatda populyatsiya 
o’sish tezligi tur uchun xos bo’lgan faqat hayotiy potentsial kattaligiga bog’liq bo’ladi. Bu tushuncha 
ekologiyaga 1928 yilda R. Chepmen tamonidan kiritilgan. Biotik potentsial malum vaqt birligi ichida bitta 
juftdan olinadigan avlodlarning nazariy maksimumini, masalan yil davomida yoki hamma hayotiy davr 
davomidagisini aks ettiradi. Biotik potentsial hisoblanganda u koeffitsent r bilan belgilanadi. 
Populyatsiyaning maksimal o’sishi ∆N, malum bir vaqtdagi populyatsiyalarning soni ∆t, 
populyatsiyaning boshdagi soni - N
0
, bo’lsa, 
  ∆N 
                    ∆N 
                                   U holda         -----   =  r N
0
           bundan   r  =  --------------    
  ∆t 
                   ∆N
0
∆t 
N - populyatsiya soni,         N
0
 - populyatsiya sonining dastlabki davrlari.   t - qandaydir bir vaqtdagi 
soni, 
Har xil turlarda biotik potentsial katgaligi har( xildir. Masalan, hayoti davomida urg’ochi  asalari – 50 
ming tuxum, baliq (ayrim turlari) 3 milliardgacha ikra qo’yishi mumkin. Bu turlarning biopotentsiali 
aslida bundan ham yuqori. Agarda hamma avlodlari saqlanib qolsa, har qanday populyatsiyaning soni malum 
bir vaqt intervalidan keyin geometrik progress bo’yicha oshishi mumkin edi. Mana bunday 
populyatsiyalarning o’sishini ko’rsatadigan egri chiziq cheksizlikka ketishi mumkin. Bunday egri chiziq - 
eksponentsial deyiladi. 
Populyatsiya sonining cheklovchi omillar tasirisiz o’sishi eksponentsial o’sish deb qaraladi. 
Eksponentsial o’sish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:  
N
t
 = N

ert 
Eksponentsial o’sish organizmlar soni ortishining potentsial imkoniyatini tavsiflaydi. R.N.Chepman uni 
biotik potentsial deb atagan. 
Tabiatdagi populyatsiyalarning biotik potentsiali xech qachon to’liq o’zlashtirilmaydi. Uning kattaligi 
odatda populyatsiyada tug’ilish va o’lish orasidagi farq bilan ifodalanadi: r = v - d bu erda, populyatsiyadagi bir 
vaqtning o’zida – v – tug’ilgan, d  - o’lgan organizm soni. 
Grafik arifmetik shaklida N
t
 j – simon egri chiziq bilan ifodalanadi. Logarifm shaklga ega grafik to’g’ri 
chiziq shaklida bo’lib, uning egilishi populyatsiyaning potentsial o’sish bilan bog’liq bo’ladi. Tabiiy 
populyatsiyalarda eksponentsial o’sish juda qisqa vaqt davomida kuzatilishi mumkin. Bunda populyatsiya 
umuman juda katta tezlik bilan o’sadi. Fitoplanktonlarning yalpi ko’payishi natijasida yuqoridagi o’sish 
kuzatiladi. 
Cheklovchi tashqi muhit sharoitida ko’pchilik tirik organizmlar uchun populyatsiyalar sonining logistik 
o’sishi xosdir. 1845 yili Ferxyulst ko’rsatib berganidek, uning grafik ifodasi S - simon, yani - simon egri 
chiziqqa nisbatan ancha siniq ko’rinishda bo’ladi. Populyatsiyaning logistik o’sishi dastlab sekin boradi, 
keyinchalik tezlashib ketadi. Tashqi muhit taziqi, yani noqulay tasir etuvchi omillar tufayli tug’ilishga nisbatan 
nobud bo’lish ortadi. Natijada populyatsiyaning o’sishi pasayadi. Malum vaqtdan so’ng barqaror 
muvozanat qaror topdi. Populyatsiyaning zichligi bilan tashqi muhit resurslari nisbati to’g’ri kelganda 
muvozanat kuzatiladi. 
Populyatsiyalar dinamikasining bazi turlari: 
A. - j - simon eksponentsial o’sish egri chizig’i;     B. S - simon logistik egri o’sish chizig’i. 
M va K - soni o’zgarishning quyi va yuqori chegaralari. 
Populyatsiyalarning o’sishini ikki omil boshqaradi: 
1.  Organizmlarning tug’ma qobiliyati, yani maksimal tezlik bilan ko’payishi (biopotentsial). 


 
56
2. Muhitning taziqi, yani u biopotentsial bilan amaldagi o’sish tezligi o’rtasidagi farqda ko’rinadi.  
Muhitning taziqi - o’z ichiga tiklanadigan (suv, yorug’lik, ozuqa) va tiklanmaydigan (fazo, uya qurish uchun 
joy va b.) resurslarni oladi.    
Mustaqil ish topshiriqlari oldingi mavzuda berilgan. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola» 1983 155-186 b. 
2. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M. «Prosveshenie», 1988 148-166 b. 
3. A.S. To’xtaev. Ekologiya. T. «O’qituvchi» T 1998 83-89 b. 
 
Ma’ruza  –  11 
Mavzu: Jamoalar haqida talimot. Biotsenozlar 
 
Reja: 
 
1. Biotsenoz haqida tushuncha. Biotsenozning tuzilmasi. 
2. Biotsenozda organizmlarning bir - birlari bilan bog’lanishlarining asosiy tiplari, turning 
ekologik o’rni haqida. 
3.  Biotsenozda organizmlar orasidagi o’zaro munosabatlar. 
4.  Suktsessiya jarayoni. 
 
Mavzuga oid tayanch ibora va tushunchalar: Biotsenoz, fitotsenoz, zootsenoz, landshaft, epifit, 
qavatlilik, fizionomiyasi, davriylik, hayot shakli, biotop, dominant, edifikator, subdominant, ekonisha, topik, 
trofik, forik, fabrik, mutalizm, komensalizm, yirtqichlik, parazitlik, neytralizm, antibioz, rakobatlik, 
amensalizm, mutalizm - simbioz, protokooperatsiya, epifit, epifil, suktsessiya, klimaksli jamoa, birlamchi
ikkilamchi suktsessiya. 
 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Biotsenoz tushunchasi haqida, uning xillari 
to’g’risida tushuncha berish. Biotsenoz tuzilmasi haqida tushuncha hosil qildirish. 
Bizga malumki, tabiatda o’simlik va hayvonlar odatda jamoa holida yashaydilar. 
Jamoa deganda - rivojlanishning turli bosqichlarida bo’lgan, bir guruh organizmlarning muayyan 
sharoitida birgalikda yashashi tushuniladi. Bunda ular o’zaro munosabatlarda bo’ladilar. 
Tirik organizmlarning bir - birlariga o’zaro tasiri muhitning biotik omillari deb qaralsa, ularning 
atrofini o’rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil qiladi. Har bir tur normal hayot 
kechirish uchun u yakka holda yashay olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda 
hayot kechiradi. 
Demak, «biotsenoz» (lotincha «bios» - hayot, «tsenoz» umumiy) deyilganda bir xil muhitga moslashib 
olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushuniladi. Bu termin nemis biologi 
Mebius (1877 y) tamonidan berilgan. 
Agarda bir qancha tur o’simlik birgalikda qavm bo’lib yashasa - fitotsenoz (o’simliklar jamoasi), 
agar bir qancha tur hayvonlar birgalikda qavm bo’lib yashashiga - zootsenoz (hayvonlar jamoasi)deyiladi. 
Biotsenozning katta-kichikligi har xil bo’lishi mumkin: Oddiy lishaynik dungligidan tortib to o’rmon, 
dasht, cho’l kabi yirik landshaftlarni; daraxt tanasi, botqoqliklardagi moxlardan iborat dungliklar, chumoli 
uyasi va boshqa uchun mikrojamoa biotsenotik guruhlar kabi atamalar ishlatiladi. 
Biotsenoz egallab turgan muhit - biotop deyiladi, biotop - biotsenozning yashash muhitidir. «Bios» - 
hayot; «topos» - yashash joyi demakdir. 
Biotsenoz tuzilmasi. Biotsenoz odatda tur, fazo, ekologik tuzilmalarga bo’lib o’rganiladi. 
Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda biotsenozdagi turlarning xilma - xilligi, miqdori, ularning 
fenologik holati va hakazo etiborga olinadi. 
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi - jamoaning shakllanishi davrida bu erdagi turlar har xil holatda joy 
oladilar. Ayrim turlar - tuproqda, uning yuzasida, suvda, daraxt tanasiga yopishib (epifit), barglarida (epifil) 
yopishib yashashi mumkin, tarqalishi mumkin. Buning natijasida fitotsenozning tuzilishida qavatlilik kelib 
chiqadi. Qavatlilik deganda, jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan har xil balandlikda qavatma - qavat 
joylanishi tushuniladi. Gidrofit jamoalarida qavatlilik suv yuzasi, suv qatlami va er ostidagi suv zamin kabi 
ko’rinishlarga ajratiladi. 
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Nam tropik o’rmonlardagi 
biotsenozlar turlarga boy bo’lsa, qurg’oqchil va sovuq joylardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə