Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51

 
47
o’rmonlarda ukkilar, tentakqushlar; ochiq erlarda uchraydigan uzunqanotsimonlar, loyxo’rak rjankalar; suv 
ostida ovqat topuvchilar - uzuntumshuqlar misol bo’ladi. Er ustida harakat qilib ovqatlanuvchilarga tovuqlar, 
tuyaqushlar, laylaklar; suvda suzib va suvga sho’ng’ib ozuqa topadigan              shakllar - pingvinlar, gagarlar, 
pogankalar, o’rdak - g’ozlar va hoqazolar hisoblanadi. 
Tuproqda uchrayligan mayda hayvonlarning hayot shakllari ular yashaydigan muhitning kompleks 
omillari (yorug’lik, harorat va namlik) tasiriga bog’likdir. Tuproqni mayda hayvonlari tubandagi hayot 
shakllariga bo’linadi: 
1. Atmobiontlar - er ustiga to’plangan o’simlik qoldiqlari ustida uchraydigan ko’zli turlar. 
2. Euedafik turlar - tuproqning yupqa qatlamlarida uchraydigan, ko’zsiz hayvonlar. 
3. Gemiedafik turlar - ollingi ikki guruh oralig’iga mos shakllar. 
 
Hasharotlar ichida tana shakli bosh tuzilishi, uchish moslamasi, rangi bo’yicha - chigirtkalarda quyidagi 
hayot shakllari farqlanadi: (Chernova, Bılova 1981, 1988). 
Chigirtkalarning yuqorida keltirilgan bu hayot shakllari, ularning tana konfiguratsiyasiga, bosh, 
oyoqlarni tuzilishiga, uchish moslamasi (apparati) va tana ustini ranglari asosida klassifikatsiya qilingan. 
Malumki, ekologik hayot shakllari tizimini tuzishda ko’pkncha  ekologik mezonlardan foydalanib, 
morfologik xususiyatlariga ikkilamchi darajada ahamiyat beriladi. Morfologik hayot shakllar tizimini 
tuzishda albatta ekologik va morfologik mezonlarni qo’shib olib boriladi. 
 
 
 
 
 Mustaqil ish topshiriqlari: 
1. O’simliklar hayot shakllari tarifini tushungan holda, Raunkier tasnifi asosida o’simliklar hayot 
shakllari bo’yicha gerbariy materiallarini to’plash. Ularning kurtaklari joylashishiga etibor berish. 
2. Hayvonlarning hayot shakllari - qushlar misolida, ularning o’ziga xos hayot shakllari haqida ilmiy 
adabiyotlardan foydalangan xolla referat tayyorlash.    Manba: A.To’xtaev Ekologiya T.O’qituvchi. 64 - 
686. 
 
Foydalangan adabiyotpar: 
1.  N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya.M.Prosvesheniya. 1988. 94-103 bet. 
2.  A. To’xtaev. Ekologiya. T.O’qituvchi. 1998. 64 - 68 betlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
48
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA  –  9  
 
Mavzu: Populyatsiya haqida talimot. Populyatsiyalar ekologiyasi  
 
Reja: 
 
1. Ekologiyada populyatsiya haqida tushuncha. 
2. Turlarning populyatsion tuzilmasi.  
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Populyatsiya, gomeostaz, populyatsiya soni, zichligi, 
tsenopopulyatsiya, latent, virginil, generativ, senil davrlar, invazion, regressiv, normal tipdagi populyatsiyalar, 
etologiya, oila, poda, gala, koloniya. 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Populyatsiya haqida tushuncha berish. Uning 
xususiyatlarini talabalar ongiga singdirish. 
 
Ekologiyada populyatsiya haqida tushuncha.  «Populyatsiya» - bu tur ichidagi organizmlar guruhi 
bo’lib, u malum chegaralangan erda hayotiy jamoaning rivojlanayotgan qismini egallab turadi. 
«Populyatsiya» - lotincha «rorulus» so’zidan olingan bo’lib, xalq, aholi degan manoni beradi. 
Ekologiyada populyatsiya deb - birgalikda umumiy maydonni egallaydigan hamda o’zaro bir - biriga 
tasir qiladigan, bitta turga tegishli bo’lgan individlar yig’indisiga aytiladi. 
Populyatsiyaga xos xususiyatlardan biri - o’zini son jihatdan boshqarishidir. Tug’ilish va nobud 
bo’lish (o’lim) orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. Populyatsiyadagi 
organizmlar soni omillar tasirida o’zgarib turadi. Populyaiiya sonining kamayishiga o’limning ko’payishi na 
hosildorlikning kamayishi tasir qiladi. 
Boshqarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi kuzatilganda bo’ladi. Zichlik 
meyordan oshib ketsa, ovqat etishmasa populyatsiyada o’z - o’zini boshqarish va shu orqali 
populyatsiyalarni boshqarish ro’y beradi. Baliqlarda, kalamushlarda populyatsiya zichligi malum darajaga 
etganda, ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat etishmasligi natijasida bo’ladi. Gormonal 
o’zgarishlar bo’ladi, u esa jinsiy hulq - atvorga tasir qiladi va naslsizlikga olib keladi, bola tashlashga, ota - 
onasi tamonidan bolalarining eyilishiga, bosqinchilik holati oshadi. Populyatsiya zichligi oshishi bilan 
hayvonlarning tuxum qo’yishi kamayadi, o’simtklarda urug’ hosil bo’lishi kamayadi. Joy etishmasligi bilan 
migratsiya boshlanadi. 
Bir xil populyatsiyalar tug’ilish orqali boshqarilsa, boshqalari o’lish orqali boshqalariladi. Demak, 
populyatsiya boshqarish vositasi ham hisoblanadi. 
Ayni sharoitda individlarning optimal miqdorda saqlanib turilishi populyatsiya gomeostazi deyiladi. 
«Gomeo» - o’xshash, «staz» - holat degan manoni anglatadi. Demak, populyatsiya guruhli hayot tarzi yoki 
birlashma hisoblanadi, individlar orasida o’zaro aloqalar va yashab turgan joylari bilan ham aloqada 
bo’ladi. Guruhli hayot tarzi populyatsiyalar uchun o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday 
xususiyatlarga quyidagilar kiradi: populyatsiya soni, zichligi, tug’ilish, o’lish (nobud bo’lish), 
populyatsiyaning o’sishi, o’sish surati. Shu munosabat bilan populyatsiya o’z qonuniyatlari bilan 
ekologiyaning asosiy obekti deb qaralishi lozim. Individlarning malum xududda tarqalishi, jins va yosh 
nisbatlari, morfologik, fiziologik, xulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi. 
Populyatsiyaning individlari bir - biridan yoshi, jinsi, hayot tsiklining turli fazalariga, beqaror 
guruhchalarga (poda, koloniya, oila va h.) mansubligi bilan farq qiladi. 
Populyatsiya soni - o’simlik va hayvonlarning muayyan joydagi umumiy miqdori. U xech qachon 
doimiy bo’lmaydi va ko’payish hamda o’lish tezligi nisbatiga bog’liq bo’ladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə