Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51

 
63
2. Geterotroflar (hayvon, odam, zamburug’, bakteriyalar. Avtotroflar hosil qilgan tayyor organik 
moddalar bilan oziqlanadi). 
 
3 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Maxsuldorlik, trofik darajalar, ozuqa zanjiri nima va 
uning xillari xaqida malumot berish. Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi mohiyatini ochib berish. 
Ekologik piramidani tushuntirish. 
 
Mahsuldorlik   deganda   maxsulot   ishlab   chiqarish   qobiliyati   tushuniladi.   Biotsenozda birlamchi 
va ikkilamchi mahsulotlar ajratiladi. Birlamchi mahsuldorlik (BM) produtsentlar tamonidan anorganik 
moddalardan hosil bo’lgan maxsulot hisoblansa, konsumentlar va redutsentlar maxsuli ikkilamchi (IM) 
hisoblanadi. Shuningdek, yalpi birlamchi maxsulot va sof birlamchi mahsulotlarga ajratiladi. Yalpi birlamchi 
maxsulot (YaBM) malum vaqt oralig’ida o’simliklar tamonidan hosil qilingan hamda nafas olishda sarf 
bo’lgan va geterotroflar tamonidan o’zlashtirilgan mahsulotlardan iborat bo’ladi. Agarda yalpi 
maxsuldorlikdan nafas olishga sarf bo’lgani chiqarib tashlansa, birlamchi mahsuldorlik qoladi. Sof 
birlamchi mahsuldorlik (SBM) esa nafas olishga sarf bo’lgandan so’ng geterotrof organizmlar hayotini 
o’tkazish uchun qolgan maxsulotdir.  
Energiya oqimi. 
Ekotizimlardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi uchun energiya talab 
etiladi. Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy modddlarni olib, fotosintez jarayonida organik 
birikmalar to’playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar – avtotroflar  
deyiladi. 
O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida 
organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni o’simlik 
takror foydalanishi uchun yaroqli bo’lgan darajagacha parchalaydi. Shunday qilib, biogen moddalar tabiatda 
uzluksiz aylanib turadi. 
Geterotroflar - yani hayvonlar, zamburug’ va bakteriyalar ikki guruhga bo’linadi. Bulardan birinchisi - 
istemol qiluvchilar, yani konsumentlar bo’lib, ozuqa sifatida tirik organizmlardan foydalanib, organik 
moddalarni o’zgartiruvchi, qisman parchalovchilardir. Lekin bu organizmlarning biror turi ham o’simliklardagi 
organik moddalarni oxirigacha parchalay olmaydi. Ular organik moddalarni muayyan darajagacha parchalay 
oladi. Bunday turlardan qolgan chiqindilar boshqa geterotrof organizmlarga em bo’ladi. Bular – 
redutsentlar, yani parchalovchilar - zamburug’lar, bakteriyalar bo’lib, o’lgan organizmlardagi murakkab 
organik moddalarni parchalab oddiy mineral birikmalarga aylantirib beradi. Bu birikmalar yana tabiiy muhitga 
qaytadi va avtotrof organizmlar (yashil o’simliklar) tamonidan qaytadan o’zlashtiriladi. 
Moddalarning bunday davriy aylanishi - hayotning davom etishi uchun zarur sharoit hisoblanadi, 
bu uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgandir. 
Shunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir - biriga bog’liq turlardan barqaror 
zanjirlar paydo bo’ladiki, bular boshlang’ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin - ketin olib, turli 
yo’llar bilan tabiatda moddalarning davriy aylanishini taminlab turadi. Organizmlar quyosh energiyasini 
kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hamma o’zgarishlar energiyani 
yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u oxirida issiqlikga aylanib tarqalib ketadi. 
Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo’lib, ular aslida yashil o’simliklar tamonidan hosil 
qilingan energiyani 4 - 6  bo’tan orqali o’tkazadi. Bunday qatorlar boshlang’ich energiyaning sarflanish yo’li 
hisoblanib, ozuqa zanjiri deb ataladi. 
Shunday qilib, organizmlar orasida oziq uchun o’zaro munosabatlar o’rnatiladi. Natijada oziqlanish 
zanjiri hosil bo’ladi. Oziq zanjiri esa uchta asosiy zvenodan iborat bo’ladi, yani produtsentlar, konsumentlar, 
redutsentlardan. 
Har bir oziq zanjirida malum bir trofik bosqich shakllanadi: yashil o’simliklar - organik moddalarni 
hosil qilib, birinchi trofik boskichni; fitofaglar ikkinchi, etxo’rlar uchinchi va hoqazo bosqichlarni hosil 
qiladi. Oziq zanjiridagi hamma zvenolar o’zaro bog’liqdir. Bularning orasida birinchisidan to oxirigacha 
modda va energiya berilishi amalga oshiriladi.  
Ekotizimlarning biologik maxsuldorligi. 
Jamoaning hayot faoliyati natijasida organik moddalar to’planadi va sarf bo’lib turadi. Demak, har bir 
ekotizim malum darajada maxsuldorlikga ega. Biomassaning hosil bo’lish tezligi - biologik mahsuldorlik 
deyiladi. 
Ekotizimning asosiy yoki birlamchi maxsuldorligi yashil o’simliklar tamonidan fotosintez jarayoni 
natijasida vaqt birligida to’plangan maxsulot hisoblanadi. Masalan, fotosintez natijasida o’rmondagi 
o’simliklar 1 ga maydonda 5 t. organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki yalpi birlamchi mahsuldorlik deb 
qaraladi. 


 
64
Ammo o’simlikning hayoti uchun ham hosil bo’lgan moddalar sarf bo’ladi. Shuning uchun vaqt va 
maydon birligiga to’g’ri keluvchi biomassa bir oz kam bo’ladi. 
Biomassa deganda - jamoadagi barcha tirik organizmlar umumiy og’irligining yig’indisi tushuniladi. 
Oziq zanjiridagi hamma oziqalar o’sish uchun, yani biomassa to’planishi uchun sarflanmaydi. Balki 
uning yarimi organizm energiya sarflanishini qoniqtirish uchun: nafas olishga, harakat qilishga, ko’payishga, 
tana haroratini saqlab turishga sarflanadi. Bunda bitta zvenoning biomassasi keyingi zveno tamonidan to’liq 
qayta ishlab chiqilmaydi. 
Oziq zanjirining har bir keyingi zvenosida - oldingisiga qaraganda biomassaning kamayib borishi ro’y 
beradi. Masalan: 1 t. o’simlikdan o’rta hisobda 10 kg o’txo’r hayvon gavdasi massasi hosil bo’lishi mumkin. 
Oziq zanjirining asosi hisoblangan o’simlik massasi o’txo’r hayvonlarning umumiy massasidan 
doimo bir necha barobar ko’p bo’ladi. Shunday qilib, tabiatda ekologik piramida hosil bo’ladi. 
Hosildorlik piramidasi - energiyaning ozuqa zanjirlarida sarflanish qonuniyatini ifodalaydi. 
Yuqorida bayon etilgan oziq zanjirida biomassaning kamayib borishi qoidasi grafik xolila chizilsa, u 
piramidani eslatadi. Bunday holat birinchi marta 1927 yil Ch. Elton tamonidan o’rganilib, Elton piramidasi 
yoki o’simliklar biomassasi piramidasi deyiladi.          
 
 
 
 
 
Piramidaning asosini o’simliklar - produtsentlar hosil qiladi. Yuqorisini esa - yirik yirtqichlar 
konsumentlar hosil qiladi. 
Piramidaning balandligi oziq zanjiri uzunligiga teng keladi. 
 
 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
Tabiiy va suniy ekotizimlarni o’rganish, misollar keltirish. Farqiga etish. U erda uchraydigan 
o’simlik turlaridan gerbariy to’plash. O’simlik turlarini o’simlik aniqlagichidan foydalanib aniqlash. 
   Manba: Xamidov A. va boshqalar. O’zbekistan o’simliklari aniqlagichi, T.«O’qituvchi»,, 1987. 311 b. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M.«Prosveshenie», 1988. 211-239 b. 
2. A.S.To’xtaev. Ekologiya, T.«O’qituvchi», 1998. 106-117 b. 
 
 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə