Yog’lar. Olinishi va xossalari Yog‘larning tuzilishi



Yüklə 4,29 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü4,29 Kb.
#164039
Yog’lar. Olinishi va xossalari

Yog’lar. Olinishi va xossalari

Yog‘larning tuzilishi.


Yog‘lar glitserinning organik kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari sanaladi.

Glitserin uch atomli spirt bo‘lgani uchun, bir vaqtda o‘ziga 3 ta organik kislotani biriktiradi.

Yog‘larning tabiatda tarqalishi.


Yog‘lar tabiatda keng tarqalgan. Ular o‘simlik va hayvonlar organizmining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yog‘larning fizikaviy xossalari.

Hayvonlar organizmidagi yog‘lar qattiq yog‘lar hisoblanadi. Bu yog‘lardagi glitseringa birikkan kislotalar to‘yingan kislotalar bo‘ladi.

O’simlik yog‘lari suyuq yog‘larga misol bo‘la oladi.


Ularning suyuqlanish va qaynash temperaturalari qattiq yog‘larnikidan past bo‘ladi.
Suyuq holatda bo‘lganligi uchun, bunday yog‘larni moylar deb ham atashadi.

Glitseringa birikkan to‘yinmagan kislota tarkibida qo‘shbog‘lar sonining ortishi, yog‘ning qaynash va suyuqlanish temperaturalari pasayishiga olib keladi.

Yog‘lar suvda erimaydi. Ular boshqa organik moddalar singari organic erituvchilarda yaxshi eriydi.

Yog‘larning kimyoviy xossalari.


Yog‘lar kundalik iste’mol qilinadigan oziq ovqatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yog‘lar parchalanganda, uglevod yoki oqsillarga nisbatan 2 barobar ko‘proq energiya ajralib chiqadi.

Yog‘lar organizmda maxsus fermentlar yordamida parchalanadi.


Yog‘ parchalovchi fermentlar

Yog‘larning gidrolizidan sanoat miqyosida foydalaniladi. Maxsus avtoklavlarda, yuqori bosim va temperatura hosil qilinadi.


Qattiq yog‘

Yog‘larni ishqoriy muhitda parchalasak glitserin bilan birga sovun olish mumkin.


Aralashmada ishqor (masalan NaOH) ham bo‘ladi.
Bunda odatdagidek, avval glitserin va karbon kislotalar hosil bo‘ladi.

Natriy ishqori asosida olingan sovunlar qattiq bo‘ladi. Natriyli tuzlardan atir sovun, kir sovun olinadi. Karbon kislotaning natriy bilan hosil qilgan tuzi hidsiz va deyarli rangsiz bo‘ladi.

Sanoat miqyosida qattiq yog‘larga bo‘lgan talab yuqori. Shuning uchun avvaldan suyuq yog‘lardan qattiq yog‘ olish borasida izlanishlar olib borilgan.

Qattiq yog‘lar tarkibida bo‘lsa to‘yingan kislotalar mavjud. Agar suyuq yog‘ni vodorod yordamida gidrogenlasak, ya’ni ular tarkibidagi to‘yinmagan kislotalarni to‘yintirsak ular qattiq holga o‘tadi.


Yüklə 4,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə