Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51

 
38
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA  –  7 
Mavzu: Biotik va antropogen omillar. Biomaromlar 
 
Reja: 
1.  Biotik omil xillari. 
2.  Antropogen omil - ekologik omil ekanligi, uning sanoat, qishloq xo’jaligi va transport toifalari. 
3.  Biologik maromlar haqida.  
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Biotik omil, fitogen, zoogen, mikrobogen, antropogen 
omil, biomarom, ichki, tashqi, sutkali marom, yillik maromlar, akklimatizatsiya, introduktsiya. 
 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Biotik omil - ekologik omil ekanligini, uning 
xillarini yoritib berish. Biotik omillarning namoyon bo’lish xollarini, yani fitogen, zoogen, mikrobogen 
tasirlarni misollar yordamida talabalarga tushunchalar berish.  
Biotik omillar deyilganda barcha tirik organizmlarning yashash jarayonida bir-biriga tasir 
ko’rsatishini tushunamiz. Bu organizmlar ontogenezi davomida hayot kechirishi, tarqalishi, urchishi uchun 
tashqi muhit bilan ham malum munosabatda bo’ladi. Natijada organizmlar o’sadi, 
rivojlanadi, nasl qoldiradi  va hayotning so’ngi bosqichida xalok bo’ladi. 
Tirik organizmlar judayam xilma-xil xarakterga egadir. Ular oziq manbai bo’lib xizmat qiladi 
(o’simliklar - hayvon - fitofaglar uchun; hayvonlar - yirtqichlar uchun), yashash muhiti bo’lib xizmat qiladi 
(tekinxo’r uchun xo’jayin, yirik o’simliklar - epifitlar uchun) ko’payish uchun xizmat qiladi 
(o’simliklarning changlatuvchilari), kimyoviy, fizik va boshqa tasirlari mavjuddir. Biotik omillar quyidagi 
hollarda namoyon bo’ladi: 
1.  Fitogen - yani o’simliklarning o’simliklarga, o’simliklarning hayvonlarga tasir etishi. 
2. Zoogen - yani hayvonlarning o’simliklarga, hayvonlarning hayvonlarga tasir etishi. 
3. Mikrobogen - mikroorganizmlarning o’simlik va hayvonlarga tasiri. 
4. O’simlik, hayvon va mikroorganizmlarning o’zaro bir - biriga tasirida ko’rinadi. 
O’simliklarning o’simliklarga tasiri  deganda -  bir turning ikkinchy turga ko’rsatgan tasiri kiradi. Bunday 
tasir natijasida ular o’sadi, rivojlanadi, urug’-meva (yoki spora) hosil qilib, yanada kengroq tarqaladi. Demak, 
har bir o’simlik yashash uchun kurashadi. Bunday kurash – natijasida o’simliklar hayotida parazitlik 
(tekinxo’rlik), simbiozlik (o’zaro hamjihatlik), - neytrallik kabi munosabatlar kelib chiqadi. 
O’simliklarning hayvonlarga tasiri – bazi bir zaharli o’simliklar va hasharotxo’r o’simliklar misolida 
ko’rinadi. Biz tarkibida zaharli moldalar bor bo’lgan o’simliklar (zaharli ayiqtavon, kampir chopon, kakra, 
bangidevona, mingdevona va h.) hamda 500 ga yaqin o’simliklar (aledrovanda, venerin pashshatutari,   
nepetens,   puzirchatka   kabilar)ning hayvonlar bilan shklanishi fanga malumligini bilamiz. Bunday 
o’simliklar xasharotxo’r o’simliklar deyiladi. Uar asosan  botqoqlikda o’sadi. Takidlaganimizdek botqoq 
erlarda azotli moddalar kam bo’lganligi sababli, xasharotxo’r o’simliklar bu moddalarga bo’lgan talabini shu 
erda yashaydigan xashorotlar bilan oziqlanish orqali  qondiradi.  Buning uchun xashorotxo’r o’simliklar 
uzoq evolyutsiya davomida maxsus moslanishlarga (xasharotni tutib xazm qiluvchi) egadir. Ularning 
tuklaridan ferment (suyuqlik) lar ajraladi va bu suyuqlik hasharotlarni parchalab xazm bo’lishiga imkon 
beradi. Undan tashqari ayrim hayvonlar (kana, pashsha, arilar va h.) uchun o’simliklar in qurish uchun ham 
muhim rol o’ynaydi. 
Hayvonlarning o’simliklarga tasiri - ko’pchilik hayvonlar o’simliklar bilan oziqlanganda 
o’simliklarning spora, urug’ va mevalarining tarqalishiga tasir ko’rsatadi; bazi zararkunandalarning esa 
o’simliklar hayotiga salbiy tasiri hammamizga malum. Masalan: karam kapalagi, g’o’za qurti, kartoshka 
qo’ng’izi, meva va sabzavot ekinlari, o’rmon daraxtlari, donli 
ekinlarning zararkunandalari ham bunga misoldir. 


 
39
Hayvonlarning hayvonlarga tasiri - buni tabiatda yirtqich-o’lja o’rtasidagi munosabatda aniq 
ko’rishimiz mumkin. Bunda o’ljaning dushmandan ximyalanishiga intilishlarini aytish kerak. Bunday 
himoya aktiv va passiv ko’rinishlarda namoyon bo’ladi: 
Mikroorganizmlarning o’simlik va hayvonlarga tasirini - bazi kasallik tug’diruvchi mikroblarning 
(patogen bakteriyalar, viruslar va parazit zamburug’lar) o’simlik va hayvonlarda turli kasalliklarni keltirib 
chiqarishda ko’rish mumkin. 
O’simlik hayvon va mikroorganizmlarning o’zaro tasiri – avvalo ularning tuproqda birgalikda 
yashashida seziladi. Natijada o’zaro murakkab munosabatlarda bo’ladilar. Bunday munosabat ozuqa 
zanjiridagi biotik munosabatda yaqqol ko’rinadi. 
Tirik organizmlar birgalikda yashar ekanlar, ularning o’zaro turlicha biotik munosabatlari -aloqalari 
bo’lishi tabiiydir. Bunday munosabat natijasida ularning organizm uchun foydali yoki zararli ekanligi 
haqida xulosa chiqarish mumkin. Biotik munosabatlar biotsenozlar mavzusida keng ravishda amalga 
oshadi. 
Demak, organizmlar orasidagi o’zaro munosabatlar ikki organizm uchun foyda keltirsa – mutalistik  
munosabatlar kelib chiqadi.  
 
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Antropogen omilning ekologik omil xillaridan biri 
ekanligi haqida tushuncha berish. Uning toifalarini bayon etish.  
 Antropogen omillar deganda – inson xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tasirlarini tushunamiz. 
Antropogen omillar hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi. Inson tirik 
organizmlarga to’g’ridan - to’tri tasir etib yoki yashash sharoitini o’zgartirib, uning tarqalishiga yoki qirilib 
yo’q bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Insonning tabiatga ko’rsatadigan ikki turdagi tasirini bir-biridan 
yaxshi ajratish lozim. Ulardan biri tirik organizmlarga yoki ularning ayrim vakillariga ko’rsatiladigan to’g’ridan 
- to’g’ri tasiri, yani antropik omillar deb qaralsa,  ikkinchisi esa insonning atrof - muhitni o’zgartirish kabi salbiy 
tasirini antropogen omillar deb qarash lozim. 
Antropik omillarni o’z navbatida to’rt turga bo’lish mumkin: 
1.  Ozuqa va boshqa extiyojlarini qondirish uchun (ovlash, baliqchiliq, o’rmonlarni kesish, 
o’tlarni o’rish va x.) tirik organizmlardan foydalanish, 
2.  O’simliklarni ko’paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlarni qo’lga o’rgatish. 
3.  Akklimatizatsiya va introduktsiya, yani organizmlarning tabiiy arealidan boshqa joylarga 
ko’chirib olib borish va moslashtirish. 
4. Yangi madaniy o’simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish. 
Insonning tirik organizmlarga salbiy tasiri natijasida er yuzida ko’plab o’simlik va hayvon turlari 
yo’qolib ketdi. Ovchilik bilan shug’ullanish dastlab ozuqaga bo’lgan talabni qondirish maqsadida olib 
borilgan bo’lsa, keyinchalik kiyim-kechak va har xil materiallar olish uchun avj olib ketdi. Bu o’z navbatida 
ko’pchilik hayvonlarni yo’q qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilib ketgan. Inson 
tamonidan o’simlik va hayvonlarning yashash sharoitlari o’zgartirildi. Natijada muayyan joyda yashayotgan 
o’simlik va hayvonlar jamoalari yo’q bo’lib yoki ularning sharoiti keskin o’zgarib ketdi, tog’ o’rmonlarida 
daraxtlarni kesib tashlash, shubhasiz ularning soyasida yashayotgan soyasevar o’simliklarni yashash 
imkonidan mahrum qildi. Bundan tashqari hayoti daraxtlar bilan bog’langan (oziqlanuvchi, uya quruvchi) 
qushlarning yo’qolishiga ham olib keldi. Xuddi shuningdek, yashash sharoitlarining keskin o’zgarishi 
(erlarni xaydash, foydali qazilmalarni kovlab olish, chiqindilarni tashish, o’tloqzorlarni o’rib tashlash, u 
erlarda uy hayvonlarini surunkasiga boqish kabilar) ushbu xududlar organik dunyosining tarkibini o’zgartirib, 
bazi turlar uchun yashash imkoniyatlaridan mahrum bo’lishiga olib keldi. Biz hozirgi vaqtda inson tamonidan 
keskin o’zgartirib yuborilgan sayyorada yashamoqdamiz. Yildan yilga tabiiy holdagi landshaftlar va 
jamoalar egallagan maydonlar qiskarib ketmoqda va ularning o’rnini inson tasiridagi landshaftlar va jamoalar 
egallamoqda. 
Antropogen tasirni sanoat, qishloq xo’jaligi, transport kabi toifalarga bo’lish mumkin. Biz buni 
O’zbekiston Respublikasi va O’rta Osiyo mintaqasi asosida ulardan bazilarini ko’rib chiqamiz. 
Sanoatning tasiri. Keyingi 15 yil mobaynida O’zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishi 7 marta 
oshdi. Ishlab chiqarish o’sgan sari atmosferaga zararli chiqindilar tashlash xajmi ancha oshdi. Oqova suvlar 
xajmi ham o’sib bormoqda. Chirchiq - Olmaliq, Oxangaron, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va 
O’zbekistonning boshqa qator mintaqalarida kimyoviy, neft-kimyoviy va mikrobiologik tarmoqlar 
korxonalari, boshqa ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining ko’pligi tufayli 
ekologik sharoit keskinlashdi. Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy 
tasiri yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgacha zarar ko’rgan umumiy maydon 25 - 30 ming ga ni tashkil etadi. 
Qishloq xo’jalik tarmoqlariga etkazilgan zarar 1,5 - 2,0 mln. so’mdan iborat. Sariosiyo, Denov, Sho’rchi, 
Oltinsoy tumanlarining bazi xo’jaliklarida pomidor, karam, bodring va uzum hosildorligining kamayishi, 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə