Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51

 
30
- barglardagi suv etishmasligi, suvni bug’latish tezligi, o’simliklarning o’zida suvni saqlash 
qobiliyati kabilar. 
O’simliklarning qurg’oqchil sharoitga moslashish yo’llaridan biri, ular o’sishi uchun yilning eng qulay 
vaqtidan foydalanadi, qurg’oqchiliq boshlanishi bilan tinimga ketadi va hayotini qisqartiradi. 
O’simliklarning qurg’oqchiliqga moslanish yo’llari o’rganilib, ularning ekologik klassifikatsiyalari 
beriladi. Bu klassifikatsiyalarning asosini ekologik moslanish egallaydi. Bunday ishlarga bag’ishlangan 
adabiyotlar quyidagi olimlar ishlarida berilgan: P.A.Genkel (1946, 1975, 1982), Yu.S.Grigorev (1955), 
D.I.Kolpikov (1987, 1971), Shennikov (1964), Lavrenko (1968), Sveshnikova, Gorshkova va h. 
Bizning sharoitimizda bunday izlanishlar O’zRFA Botanika institutida uzoq yillar davomida olib 
borilgan va olib borilmoqda. 
O’zbekistonning adir sharoitida o’simliklarning bioekologiyasi, struktura-funktsional belgilari kompleks 
holda o’rganilib, kserofitlarning ekologik klassifikatsiyasi T.Raximova tamonidan (1988) berilgan: 
1. Giperkserofitlar - saksavul, keyreuk, chagon.          
2. Eukserofitlar - teresken, izen. 
3. Teroiremokserofitlar - shuvoq turlari.                     
4. Gemikserofitlar - yantoq, kapers, shirinmiya. 
5. Mezofitlar: kseromezofitlar - beda, espartset, 
Mezofitlar - efemerlar guruhlari. O’simliklar tabiatda suvdan foydalanishiga qarab 3 guruhga bo’linadi: 
1. Ombrofitlar - ildizi uncha chuqur ketmagan, yomg’ir suvidan foydalanadiganlar. 
2. Trixogidrofitlar - ildizi er ostki suvlarining xo’llanuvchi gorizontiga etgan. 
3. Friatofitlar - ildizi er osti suvlariga etgan, 
O’simliklarning suvni bug’lantirishni qisqartirish maqsadida turli tuzilishdagi himoya xarakteridagi 
moslanishlar: 
1.  Transpiratsion yuzaning qisqarishi - bargning reduktsiyaga uchrashi (tsilindr barglar ko’p kserofit 
o’simliklarda bo’ladi). 
2.  Issiq va quruq davrlarda barg sathining qisqarishi - shuvoqlarda. 
3.  Barglarning kuchli transpiratsiyada ximoya qilinishi - tukchalar bilan qoplanishi, qalin epidermis, 
qoplovchi to’qimalarning bo’lishi. 
4.  Bargdagi og’izchalarning regulyatsiya qilib turilshi. 
O’simliklar suv bilan taminlanishi va bug’lanishining o’zgarib turishiga nisbatan poykilogidrik va 
gomoyogidriklarga bo’linadi: 
Poykilogidriklar - to’qimalarida suvning miqdori doimiy emas va muhit sharoitining namligiga bog’liq 
bo’ladi (ko’pgina moxlar, suv o’tlari, paporotniklar). 
Gomoyogidriklar - to’qimalarida suvning miqdorini nisbatan doimiy tutib turishga va atrof - muhit 
namligiga kam bog’liq bo’ladi (ko’ichiliq yuksak o’simliklar). 
O’simliklar suv bilan taminlanishini yoki namlik sharoitiga moslanishiga ko’ra 5 ta ekologik 
guruxga bo’linadi. 
1.  Gidatofitlar - hayoti doimo suvda o’suvchi o’simliklar bo’lib, bu guruh asosan suv o’tlaridan 
iboratdir. 
2. Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvdan tashqarida,  qolgan  qismi  suv  qavatida 
joylashgan bo’ladi. Bu guruhga suv nilufarlari, gichchak, sagittariya, suv ayiqtovoni, o’qbarg va 
boshqa suvda o’suvchi gulli o’simliklar kiradi. 
Gidrofitlar suzib yuruvchi yuzasining katta va vegetativ organlarining shilimshiq bo’lishi, mexanik 
to’qimasining sust rivojlanganligi, havo bo’shliqlarining mavjudligi, qoplag’ich to’qimasining sust 
rivojlanganligi, suv qatlamida yashaydigan turlarida og’izchalarning bo’lmasligi, suzuvchi barglarining 
ustki tomonida ko’p sonda og’izchalar joylashganligi, ildiz tizimining kuchsiz rivojlanganligi hamda vegetativ 
ko’payishning ustun turishi kabi moslanish xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
3.  Gigrofitlar - sernam tuproqda va suv etarli bo’ladigan muhitda yashovchi o’simliklar 
guruhidir. Ularni daryo, ko’l bo’yidagi botqoqliklarda va boshqa joylarda uchratish mumkin. 
Gigrofitlar o’rmonning sernam soya  kismnda va tog’li rayonlarda ham  ko’p uchraydi. Ularga 
savag’ich, qamish, kiyok, sholi, kuga, xiloldoshlarning bazi turlari va boshqalar kiradi.  
 
Buekologik guruh o’simliklar ham gidrofitlar kabi ortiqcha namlik sharoitiga moslashgan             anatomo - 
morfologik belgilarga ega bo’ladilar. 
4.  Mezofitlar - o’rtacha namlik sharoitida o’suvchi o’simliklar hisoblanib, bu ekologik 
guruhga ko’pchilik madaniy va yovvoyi o’simliklar kiradi. Madaniy turlariga g’o’za, beda, 
makkajo’xori, qovun, tarvuz va ko’pchilik daraxtlar kirsa, yovvoyi holda o’suvchilarga sebarga, 
bug’doylik, oqsuxta, marvaridgul va o’tloq o’simliklari kiradi. 


 
31
Mezofitlarning ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, barglari ko’pincha yirik, yassi, yumshoq, etsiz, 
to’qimalari o’rtacha rivojlangan bo’ladi. Barg mezofili bulutsimon va ustunsimon to’qimalarga ajralgan. 
Barglari ko’pincha tuksiz, og’izchalari odatda bargning ostki qismida joylashgan. Suv sarfi og’izchalar orqali 
boshqariladi. Hujayra shirasining osmotik bosimi                2, 10 -2,5 -10 Pa ga teng. 
5. Kserofitlar qurg’oqchil sharoitda o’sishga moslashgan o’simliklardir. Ular odatda dasht, 
cho’l va chala cho’l zonalarida keng tarqalgan. Barcha kserofitlar sukkulent va sklerofitlarga bo’linadi. 
Sukkulentlar tanasi sersuv, etli poyasi yoki bargida suvni zahira holda to’playdigan ko’p nillik 
o’simliklardir. Ular ham o’z navbatida poyasida va bargida suv saqlovchi guruhlarga bo’linadi. Poyasida 
suv saqlovchilarning barglari tikanlarga yoki tangachalarga aylangan, bargning funktsiyasini yaxshi rivojlangan 
yashil etdor poyalar bajaradi (kaktus, bazi sutlamalar, qorasho’ralar). Bargida suv saqlovchi 
sukkulentlarning poyalari kuchsiz rivojlangan, barglari etli, sersuv bo’ladi (agava, aloe, semizak). 
Sukkilentlarning sersuv organlarida suv saqlovchi parenxima to’qimasi kuchli rivojlangan va unda suv zahira 
holda to’planadi. Mexanik to’qima yaxshi taraqqiy etmagan. 
Sklerofitlar qurg’oqchiliqga chidamli, ko’p yillik poyasi dag’al, ko’pincha barglari kuchli 
reduktsiyalangan yoki tikanlarga, tangachalarga aylangan, qalin kutikula qavati va yaxshi rivojlangan 
mexanik to’qimaga ega. Ularga betaga, chalov, saksovul, yantoq, astragallar va boshqalar kiradi. 
Shimoliy kenglikda yoki yuqori tog’da ko’pgina o’simliklar sovuq davrida ham namlik 
etishmasligini sezar ekan. Bunga sabab past haroratda tuproqdagi suvni ola olmas ekan, fiziologik 
jixatdan mumkin bo’lmaydi. Bundan kelib chiqib sovuq va nam joyda o’suvchi o’simliklarga – 
psixrofitlar, sovuq va quruq joyda o’suvchilarga esa kriofitlar deb ataladi. 
Ayrim vaqtlarda o’ziga xos ekologik guruh - tropofitlarni ham ajratishadi. Bularga namlik aa 
qurg’oqchilik mavsumlari almashinib turadigan mintaqalarda o’suvchi daraxtlar, butalar kirib, noqulay sharoitda 
barglarini to’kadi. 
 
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Hayvonlar hayotida suvning rolini tushuntirish. 
Ularning suvga bo’lgan talabini qoniqtirish yo’llari bilan tanishtirish. Suv rejimiga nisbatan ularning ekologik 
guruhlari haqida malumot berish. 
Hayvonlar hayotida ham suv muhim rol o’ynaydi. Ular suvga bo’lgan talabini uch xil yo’l bilan 
qondiradi: 1. Bevosita suvni ichish orqali. 2. O’simliklar bilan ovqatlanish. 3. Metabolizm xodisasi, yani 
tanasidagi moylar, oqsillar va karbon suvlarining parchalanishi orqali. 
Suvni bug’lantirish esa - asosan nafas olish, terlash, siidik orqali bajariladi. Issiq kunlari ayrim 
sutemizuvchilar suvni xaddan tashqari ko’p sarflashi mumkin. Masalan: odamlar yoz oylarida bir kunda 10 
litrgacha suvni terlash orqali sarflashi mumkin ekan. Yulbars, jayron, fil, sherlar har kuni suv izlab uzoq 
masofalarga ketadilar. Suv axtarib uzoq joylarga ketadiganlar uchun ovqat tarkibidagi suv etarli emas. Bazi 
hayvonlar uchun esa shu ozuqa tarkibidagi suv bilan qanoatlanishga moslashuv bor. Bunday moslanishlar 
ham odatda 3 xil bo’ladi: yurish-turish harakati orqali, morfologik, fiziologik moslanish. 
Yurish-turish orqali moslanishda - hayvonlar albatta suvni izlab topish, yashaydigan joyni tanlash, in 
qazib, unda yashash orqali moslashadilar. 
Morfologik moslanish - tanasining ustida chig’anoqlar, sovutlar, qalqon va tangachalar hamda 
kutikulalar hosil qilish orqali amalga oshirnladi. Shillikqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo’ng’izlar ana 
shunday moslashadi. 
Fiziologik moslanish esa metabolitik suv hosil qilish orqali amalga oshadi. Odamlar tanasidan 
vazniga nisbatan 10 % gacha suv yo’qotishi mumkin. Undan ortiq suv yo’qotilsa organizm xalok bo’ladi. 
Suvsizlikga chidamlilik hayvonlarda yuqori. Ochlikdan 40 % gacha tana og’irligini yo’qotish mumkin. 
(organizm halok bo’lmaydi). Ochlikdan ko’ra suv yo’qotish o’limga tezroq olib keladi. Yuqorida aytilgan 
ko’rsatkich turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan: tuyalar - 27 foiz, qo’ylar - 23 foiz, itlar - 17 foiz suv 
yo’qotishga chidaydi. Agar shundan oshsa, xalokat yuz beradi. Shuning uchun ham quruqlikda yashovchi 
ayrim hayvonlarda bir qator fiziologik moslanishlarni ko’rish mumkin. Masalan, ayrim uy hayvonlari 
ichagida suv suriladi, ovqat qoldiqlari tezak xolida tashqariga chiqariladi. Ayrim xasharotlarda (qo’ng’iz, 
xonqizi, chumolilarda) chiqaruv organi (malpigi naylari) ning bir uchi ichakning orqa devoriga tutashgan 
bo’lib, undagi suv surilishi orqali organizm tamonidan qayta sarflanadi, yani reabsorbtsiya xodisasi yuz 
beradi. Suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi asalari, kapalak va pashshalarda esa reabsorbtsiya xodisasi 
kuzatilmaydi. Ular siidik orqali tashqariga har xil ortiqcha tuzlar va mochevina chiqaradi. Natijada suv tanada 
birmuncha tejab qolinadi. Sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qushlar va ko’pgina hasharotlar o’zlaridan 
yaxshi erimagan siidik kislotasini, o’rgimchaklar esa guanin moddasini chiqaradi. Buning uchun esa uncha suv 
ko’p sarflanmaydi. Ter chiqarib turish, suvni tejash, organizmlarning suvsizlanishiga chidamliligi, suvni 
shilliq pardalar orqali bug’latib turish ham fiziologik moslanishlarga kiradi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə