Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51

 
28
o’zgaradigan hayvonlarga aytiladi.  Hamma  mikroorganizmlar,  suvda va  quruqda yashovchilar, sudralib 
yuruvchilarga xosdir. 
Tana harorati tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’lmagan, yani doimiy tana haroratiga ega bo’lgan 
hayvonlarga - gomoyoterm yoki issiqqonlilar deb ataladi. Umurtqalilardan qushlar va sut emizuvchilarga xosdir. 
Evolyutsiya natijasida qushlar bilan sut emizuvchilarda, yani issiqqonli hayvonlarda eng takomillashgan 
termoregulyatsiya hosil bo’lgan. Bu esa ularga muhitning harorat sharoitiga bog’liq bo’lmagan holda yashashga 
va butun er yuzasiga tarqalishiga imkon bergan. 
Geterotermlar – oraliq guruhga kiruvchi hayvonlarning tanasi faol harakat qilganda gomoyoterm 
hisoblanadi. Uyquga ketgan paytda esa ularning tana harorati pasayadi va tanani termik idora qilish qobiliyati 
yo’qoladi. Bunday hayvonlarga yumronqoziqlar, tipratikanlar, ko’rshapalaklar, ayiqlar ayrim qushlar va x. 
kiradi. 
Hayvonlar o’simliklarga nisbatan ko’proq o’z tana haroratini boshqara olishi bilan ajralib turadi hamda 
tana haroratini idora etishning turli xil imkoniyatlariga ega. 
Harorat hayvonlarning qaysi iqlim zonasida yashashi bilan bog’liq holda, avvalo, ularning vazniga, ichki 
organlarining katta - kichikdigiga, ko’payishiga va boshqa hayot jarayonlariga tasir ko’rsatadi. Masalan, issiq 
o’lkalarda yashovchi ko’pgina sut emizuvchi hayvonlarning vazni, yuragi, buyragi, jigari sovuq o’lkalarda 
yashovchi shu xildagi hayvonlarnikiga nisbatan engil va kichiqdir. Shuningdek, harorat hayvonlarning tashqi 
qiyofasiga, ko’payishiga tasir ko’rsatadi. Masalan, tundrada, mo’tadil zonada yashovchi tulki va afrikadagi 
fenik degan tulkini olsak, ular ekologik jihatdan o’xshash yoki bir-biriga yaqin turlardir. Lekin turli iqlim 
zonasida yashaganliklari uchun ular tashqi ko’rinishi, ayniqsa quloqlarining shakli, katta - kichikligi bilan 
bir - birlaridan keskin farqlanadi. Demak, hayvonlar ham turli xil harorat tasiriga moslashadilar. 
Hayvonlarning haroratga moslanish yo’llari asosan uch xil bo’ladi, yani kimyoviy, fizik termoregulyatsiya 
va xulq - atvor moslanishlaridir. Tashqi muhit haroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan issiq 
ajralishi kimyoviy termoregulyatsiya deyiladi. Bunday moslanishning ko’rinishlari bazi bir baliqlarda, 
hasharotlarda (arilar, kapapaklar) uchratiladi. Tanadan issiq ajratishning o’zgarishi, yani ortiqcha bo’lsa, 
tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab qolish fizik termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo’l bilan 
harorat omiliga moslashgan hayvonlarda anatomo - morfologik moslanishlar kuzatiladi: tananing junlar 
bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo’lishi, yog’ zaxirasining joylanishi, teri yoki nafas yo’li orqali suv 
bug’latishni boshqarish va hakazo.  
Ko’pchilik hayvonlar uchun tana haroratini boshqarishda ularning instinktdan kelib chiqadigan 
xarakatlari katta ahamiyatga ega. Bularga poza - (gavdaning holati) larni o’zgartirish, boshpana topish, 
murakkab er osti uyalar qurish, boshqa joylarga uyalar qurish, uzoq yoki yaqin masofalarga ko’chib yurishlar 
(migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda hayvonlarning guruhli xatti - harakatlari xam muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, cho’lda yashovchi tuyalar jazirama issiq kunlari bir - birlariga yonboshlagan 
holda bir joiga to’planib yotadilar, natijada ular to’plangan joining o’rtasidagi harorat 39° S ni, yani tana 
haroratiga teng bo’ladi. Eng chekkadagi tuyalarning elka tomonidagi junlari 70° S gacha qizib ketadi. 
Gomeoterm hayvonlarning issiqlik balanslarini idora etishda yuqoridagi moslanish yullaridan birgalikda 
foydalanish ularning har qandai tashqi noqulay harorat tasiridan saqlanish imkonini beradi. 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
Yorug’lik va issiqlik omiliga moslashishga ko’ra bo’lingan guruhlarga asosan gerbariy materiallarini 
to’plash. Ularning anatomo - morfologik tuzilishlariga etibor berish. Rasmini chizish. 
Manba: A.A.Butnik, R.N.Nigmanova, S.A.Payzieva, D.K.Saidov. Ekologicheskaya anatomiya pustınnıx 
rasteniy Sredney Azii. T. «Fan» 1t. 1991. 145 b. 
Foydolanilgan adabiyotlar: 
1.  V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola». 1983. 56-766. 
2.  N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M. «Prosveshenie».1988. 16 – 42 6.  36 – 44  6. 
3.  A.S.To’xtaev. Ekologiya. T. «O’qituvchi», 1998. 36 – 45 b. 
 
 


 
29
 
 
 
MA’RUZA  –  6 
Mavzu: Asosiy abiotik omillar.  
Namlik, edafik – tuproq omili ekologik omil cifatida 
 
Reja:  
 
1. Namlik - ekologik omil sifatida. O’simliklarning namlik omiliga nisbatan ekologik 
klassifikatsiyalari. 
2.  Hayvonlar hayotida namlikning ahamiyati. 
3.  Tuproq - ekologik omil sifatida. Uning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Sho’rlanish. 
Sho’rlanishga chidamlilik bo’yicha Genkel klassifikatsiyasi. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Gravitatsion, kapilyar, bog’langan, gidatofitlar, 
gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar, sukkulentlar, sklerofitlar, psixrofitlar, kriofitlar, tropofitlar, 
kserofillar, gigrofillar, mezofillar, anabioz, tsista, evrigir organizm, reabsorbtsiya. 
 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Namlik (suvning) ekologik omil sifatidagi roli. 
O’simliklarning namlikga moslanishiga ko’ra ekologik guruhlari haqidagi fikrlarni bayon qilish. 
 Suv ham er yuzidagi tirik mavjudotlarning yashashi uchun muhim omil bo’lib hisoblanadi. Nam 
etishmasligi er -. havo muhitida sezilarli darajadagi xususiyat hisoblanadi. Gidrobiontlar uchun suv 
hayot muhiti hisoblanadi. Suvsiz modda almashinish jarayonlari ketmaydi. Tabiatda atmosfera bug’lari, 
suyuq tomchilar va qattiq kristallar shaklida uchraydi. Uning: yomg’ir, qor, tuman, qirov, shudring, muz kabi 
ko’rinishlari bo’lib, ularning hammasi namlik tushunchasini bildiradi. Biz namlik so’zi o’rniga suv degan 
iborani ishlatamiz. 
O’simliklar tanasida 45 – 95 % ni, suv o’tlarida 96 - 98 % ni suv tashkil qiladi. Hatto 
o’simliklarning quruq holdagi spora va urug’larida ham suv bor. 
Hujayralarda boradigan barcha biokimyoviy reaktsiyalar suv ishtirokida bo’ladi. O’simliklarning 
suv bilan taminlanganligi joylarning umumiy xarakteristikasiga bog’liq bo’ladi. Ekvatorial va tropik iqlim 
zonalarida yil davomida bir necha 1000 mm miqdorida yog’in tushadi. Cho’l zonasida (Sinay cho’li) atigi 
10-15 mm ga teng. Peruan va Asuan cho’llarida yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Namlikning etishmasligi 
quruqlikdagi hayotning eng muhim xususiyatlaridan biridir. YOg’in miqdori - mm bilan ifodalanadi. Bir mm 
yog’in 1 m
2
 yuzagatushgan 1 l suvga teng. 
O’simliklarning namlik va harorat bilan qanchalik taminlanganligi Valter - Gossen 
klimodiagrammasida yaxshi ko’rinadi. 
O’simliklarga suv o’tishining asosiy  yo’li  bu  ildiz tizimi  orqali tuproqdan  suvning 
shimilishidir. YOmg’ir usulida sugorilganda barg orqali ham suv o’simlikga o’tadi. Tuproqdagi suvlar 
mexanik ushlanishi bo’yicha 3 xil guruhga bo’linadi: 
1. Gravitatsion. 
2. Kapilyar. 
3. Bog’langan suvlar. 
Gravitatsion suv - tuproqning katta donachalari orasini to’ldirib turuvchi va tez harakat qilib pastki er 
osti suvlarigacha etuvchi suvdir. 
Kapilyar suv – tuproqning mayda donachalari orasidagi oraliqni to’ldiruvchi va katta kapilyar kuch bilan 
bog’lanib turuvchi suvdir. 
Bog’langan suv – tuproqning donachalari ustida adsorbtsiya kuchi bilan bog’lanib turuvchi suvdir. 
Har xil shakllagi tuproq namligi o’simliklar ildizi uchun bir xilda etarli emas. Eng oson yo’l bilan 
gravitatsion suv o’zlashtiriladi, eng qiyin yo’l bilan esa kapilyar suv o’zlashtiriladi. Qattiq bog’lanib turuvchi 
suvlar o’simlik ildizidagi osmotik bosimga nisbatan baland kuch bilan bog’lanib turadi. Bu suv zaxirasi o’lik 
zaxira deyiladi, yani o’simliklar olaolmaydigan zaxira hisoblanadi. 
O’simliklar hayotining namlikka bog’likligini bilish uchun o’simliklarning  suv rejimini bilishimiz 
kerak. U esa bir qator fiziologik ko’rsatkichlar orqali xarakterlanadi. O’simliklarning suv rejimini 
o’rganish uchun quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi: - barg va poyadagi suv miqdori; 
- hujayra shirasining osmotik bosimi va bargning so’rish kuchi; 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə