Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51

 
12
 
 
MA’RUZA  –  2 
 
Mavzu: O’zbekistoining sotsial - ijtimoiy ekologik muammolari 
 
Reja: 
 
1.  Ekologik muammo tushunchasi. 
2.  O’bekistonning sotsial - ijtimoiy ekologik muammolari xakida                                          
     (I.Karimov. «O’zbekiston  XXI asr bo’sag’asida» kitobi asosida). 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: ekologik muammo, ekologik inqiroz, er cheklanganligi, 
sho’rlanish, suv tanqisligi, havo ifloslanishi. 
 
Hozirgi vaqtda tirik organizmlar - o’simlik, hayvonot dunyosi va odamning atrof - muhit bilan 
munosabatlari fan va texnika taraqqiyotining jadallashuvi tufayli borgan sari keng miqyosda sodir bo’lib, 
avvalgi tabiiy barqaror muvozanat ayrim joylarda buzilish arafasida, bazi o’lkalarda esa u butunlay buzilib, 
xavfli, hatto halokatli ekologik vaziyat tarkib topmokda. 
Binobarin, inson tabiatga, o’z navbatida tabiat insonga aks tasir qilmoqdaki, buning oqibatida 
murakkab, ko’p qirrali va turli xususiyatli muammolar yuzaga kelib, o’zaro tasir kuchaygan sari ular tezlik 
bilan shakllanib bormokda. 
Inson faoliyati tasirida biosferaning o’zgarishi katta tezlik bilan bormokda. V.I.Vernadskiy 
tomonidan inson er kurrasining qiyofasini o’zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini 
takidlab o’tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlarga ana shunday munosabatda bo’lishi natijasida XX asrning 
o’rtalarida ekologik muammolar juda ham avj olib ketdi. 
Demak,  ekologik muammo deganda - insonning tabiatga ko’rsatayotgan tasiri bilan bog’lik xolda 
tabiatning insonga aks tasiri, yani uning iqtisodiyotida, hayotida, xo’jalik axammyatiga molik bo’lgan 
jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog’lik (stixiyali talofatlar, iqlimning o’zgarishi, hayvonlarning yalpi 
ko’chib ketishi va boshqalar) har qanday xodisani tushunamiz. 
Ekologik muammolarni uch guruxga ajratish mumkin: 
1. Mahalliy (lokal). 
2. Mintaqaviy (regional). 
3. Umumsayyoraviy (global). 
Ayrim yirik shaharlar, sanoat markazlari, aloxida tumanlarda mahalliy;  
Orolbo’yi, Chernobildagi muammolar mintaqaviy;  
Ozon tuynuklari muammosi, ishqorli va kislotali yomg’irlar, cho’llanish jarayoni, Dune okeanining 
ifloslanishi kabilar umumsayyoraviy ekologik muammolar hisoblanadi. 
Er yuzida ekologik tang vaziyatli xududlarning keskin ko’payishi umumsayyoraviy ekologik inqiroz 
xavfining real ekanligini ko’rsatadi. Agar keyingi 30 - 40 yil ichida ekologik muammolarni hal qilish 
uchun barcha zarur chora tadbirlar ko’rilmasa, ekologik inqiroz muqarrardir. 
Ekologik inqiroz - insonlar jamiyati va tabiat orasidagi nomuvofiqlik bo’lib, biosfera resurslariga bog’liq 
bo’ladi. 
Ekologik inkirozning belgilari - oziq muammolari, demografik portlash, tabiiy resurslarning 
tugashi, havo va suvning ifloslanishida, urbanizatsiya jarayonida, tabiiy peyzajlar, dam olish va davolanish 
jarayonlarining qisqarib ketishida ko’rinadi. Shuning uchun qam hozirgi                inson - o’zining butun hayoti 
davomida eng qiyin sinovda turibdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. 
O’zbekistonda keyingi 30 - 40 yil mobaynida yangi qazilma boyliklar konlarining topilishi, qulay tabiiy 
va iqlimiy sharoitlar hamda mehnat boyliklarining ko’pligi tufayli ishlab chiqarish kuchlari nixoyatda tez 
tarakqiy etdi. 
Endilikda O’zbekistonda mashinasozlik, metallurgiya, rangli metallurgiya, energetika, kimyo, qurilish 
materiallari ishlab chiqish, gaz va neftni qayta ishlash, shuningdek engil va oziq - ovqat hamda boshqa 
sanoat korxonalari keng rivojlangan. O’zbekistonimiz mustaqil davlat deb elon qilingandan so’ng sanoat 
korxonalarini yangi zamonaviy dastgoxlar: kompyuterlar bilan boshqariladigan murakkab mexanizmlar bilan 
jihozlash boshlandi, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, to’qimachilik, oziq - ovqat kabi yangi sanoat 
korxonalari tez suratlarda qurila boshladi. 
Fan - texnika taraqiyotining jadallashuvi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanmaslik, tabiatga nisbatan 
qo’pol munosabatlar va boshqalar ekologik muammolarni vujudga keltirdi. 


 
13
Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI - asr bo’sag’asida» kitobida O’zbekistondagi 
vujudga kelgan murakkab vaziyatlar nimadan iboratligini aniq ko’rsatib bergan. 
Bular nimalardan iborat: 
Birinchidan, erning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog’lik havf to’xtovsiz ortib 
bormokda. Er odamni boqadi, kiyintiradi. Er ulkan boyligimiz bo’lishi bilan birgalikda kelajakni belgilash 
omili hamdir. 
Respublikaning 447,4 mint kvadrat km dan ortiq bo’lgan umumiy maydonning 16 % ekin maydonlari 
tashkil etadi. O’zbekiston egallab turgan maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi 
cho’l va yarim cho’l erlar tashkil etadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O’zbekistonda aholining 
zichligi ayiiqsa yuqori bo’lib, 1 km
2
 ga 51,4 kishi to’g’ri keladi. Qozog’istonda 6,1; Qirg’izistonda 22,7; 
Turkmanistonda 9,4 kishini tashkil etadi. Respublikamizda xar bir odamga 0,17 ga ekin maydoni to’g’ri 
kelsa, Qozog’istonda 1,54 ga; Qirg’izistonda 0,26; Ukrainada 0,59; Rossiyada 0,67 ga ekin maydoni to’g’ri 
keladi. Bizda axolining o’sishi nisbatan yuqori bo’lib xosildor erlarni - shaharlarni rivojlantirishga, uy - joy 
qurilishiga, yangi korxonalar, muxandislik hamda transport kommunikatsiyalari tarmog’ini barpo etishga 
ajratib berish jarayonlari jadal bormokda. Shular hisobga olinsa, XXI - asrda er zaxiralari bilan taminlash 
muammosi yanada keskinlashishi mumkin. Erning nixoyat darajada sho’rlanganligi O’zbekiston uchun ulkan 
ekologik muammodir. Erlarni ommaviy suratda o’zlashtirish, hatto sho’rlangan va melioratsiyaga yaroqsiz 
yirik yaxlit maydonlarni ishga solish ana shunga olib keldi. So’ngi 50 yil mobaynida sug’oriladigan er 
maydoni 2,46 mln gektardan 4,28 mln ga etdi. Ekin maydonlari tarkibida so’ngi vaqtlarga (1990) qadar paxta 
deyarli 75 % maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta ham mamlakatida paxta monopoliyasi bu qadar yuqori 
darajaga ko’tarilmagandi. Bu xol erlarning kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga, uning 
suv - fizikaviy xossalari yomonlashuviga, tuproqning buzilishiga va nurashi jarayonlari ortishiga olib keldi. 
O’zbekistonda noorganik mineral o’g’itlar, gerbitsidlar va pestitsidlarning qo’llanishining eng yuqori 
miqdorlari ham o’nlab barobar ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, ko’l, er osti va ichimlik suvlarini 
ifloslantirdi. Hamma joylarda paxta nazoratsiz sug’orildi. Tuproqning nami kupayib ketdi. Bu esa uning 
qayta sho’rlanishiga olib keldi. Tuproqning xar xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi 
ham xavf tug’dirmoqda. 
Foydali qazilmalarni jadal qazib olish, ularni qayta ishlashning texnologik sxemalari nomukammalligi 
ko’p miqdorda kul, shlak va boshqa moddalar to’planib qolishiga olib kelmoqda. 
Bular dexkonchilik uchun yaroqli bo’lgan erlarni egallabgina qolmasdan, balki tuproqni, er usti va er 
osti suvlarini, atmosfera havosini ifloslantirish manbalariga ham aylanmoqda. 
Respublikada zaharli chiqindilardan foydalanish sanoati esa hozircha yaratilgan emas. 
O’zbekioton xududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 236 dan ortiq shahar va qishloq 
axlatxonalari mavjud bo’lib, ularda taxminan 36 mln m kub axlat to’planadi. Ular asosan stixiyali 
ravishda geografik, geologik - gidrogeologik va boshqa shart - sharoitlarini kompleks o’rganmay turib tashkil 
etilgan. Shu chiqindilarni zararsizlantirish va ko’mish ishlari ibtidoiy usullar bilan amalga oshirilmoqda. 
Respublikada maishiy chiqindilarni sanoat usulida qayta ishlash endi amalga oshirilmoqda. Yagona 
Toshkent maishiy chiqindilar tajriba zavodi 1992 yil ishga tushdi. Radiaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta havf 
tug’dirmoqda. Maylisoy (Qirg’izistonda) daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha 
uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko’milgan. 
Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu erlarda selni to’sadigan tug’onlarni 
maxkamlash hamda kuchki havfi bo’lgan joylardagi kiyaliklarning mustahkamligini taminlash lozim. Navoiy 
viloyatidagi qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o’chog’i hisoblanadi. Bu 
erdagi radiaktiv qumni shamol o’chirish xavfi bor. 
Ikkinchidan, suv zaxiralarining, shu jumladan, er ustki va er osti suvlarining keskin tanqisligi hamda 
ifloslanganligi katta tashvish tug’dirmoqda. 
Respublikaning dare, kanal, suv omborlari, xattoki er osti suvlari ham har tomonlama inson faoliyati 
tasiriga uchramoqda, Suv zaxiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir.                  60 - yillardan 
boshlab Markaziy Osiyoda yangi erlar keng ko’lamda o’zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari 
rivojlandi. Urbanizatsiya jarayoni kuchaymokda. 
Kollektor - zovur tizimlari qurildi hamda dare suvlari ekinlarni sug’orish uchun muttasil ravishda yuqori 
xajmlarda olindi. Shu sababli havzalardagi suvning sifati tobora yomonlasha bordi. Daryo suvlarining 
ifloslanishi ekologiya, gigiena va sanitariya - epidemiologiya vaziyatini, ayniqsa, daryolarning quyi 
oqimlarini yomonlashtirmoqda. Dare suvlarining tarkibida tuzlarning mavjuddigi esa Amudaryo, Sirdaryo
Zarafshon va boshqa daryolarning deltalarida tuproqning sho’rlanishini kuchaytirmoqda. 
O’zbekiston va qo’shni mintaqalar sharoitida axolini sifatli ichimlik suvi bilan taminlash ham katta 
axamiyatga ega. Axolini vodoprovod suvi bilan taminlash ko’rsatkichi respublikada faqat keyingi 5 
yillikning o’zida taxminan 1,5 barobar ortdi. Shunga qaramay, bu muammo dolzarbligicha qolmoqda. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə