Microsoft Word Economic theory lecture 5


-rasm. Bozorning vazifalari



Yüklə 102,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü102,29 Kb.
#184134
1   2   3   4   5
Economic theory - lecture 5

 
5.2-rasm. Bozorning vazifalari 
 
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashda quyidagi asosiy 
mezonlarga asoslaniladi:
-
bozorning yetuklik darajasi;
-
sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi;
-
bozor sub’yektlari xususiyatlari;
-
bozor miqyosi,
Bozor sub’yektlarining 
manfaatlarini ro’yobga 
chiqarish 
Iqtisodiyotni 
sog’lomlashtirish 
Nazorat 
qilish 
Narxni tashkil 
etish 
Tejamkorlik 
Bozorning vazifalari 
Integratsiya-
lash 
Axborot 
berish 
Vositachi-
lik 
Tartibga 
solish 
Rag’batlan-
tirish 


-
iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin bozor, hozirgi zamon 
rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan bozor ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, 
unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali 
haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim 
mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga 
o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin bozor-tovar va xizmatlarning 
har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib 
oluvchilardan iborat bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib 
chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli 
usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon 
rivojlangan bozori-bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va 
boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar 
rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning 
daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: mahalliy bozorlar (Toshkent, 
Samarqand, London, Nyu-York, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston, 
Rossiya, Ukraina, Angliya, Amerika, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy 
Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va jahon bozori. 
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga 
bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
(resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar 
bozori. 
Muomalaga chiqadigan sub’yektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana savdo 
bozorlari hisoblanadi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli 
shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. 
Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin 
tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo‘jaliklaridir. 

Yüklə 102,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə