Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


Arxey eonotemasi (3,6 — 2,5 mlrd yil)



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

Arxey eonotemasi (3,6 — 2,5 mlrd yil) 
bu eng qari yotqiziqlar barcha 
qadimiy platformalarning poydevorida tarqalgan va asosan, granulit, qisman 
amfibolit fatsiyali metamorfizm bilan ajralib turadi. Hosil bo’lish vaqti 
bo’yicha ular yangi jadvalga muvofiq eoarxey (<3,6 mlrd yil) va paleoarxeyni 
(3,6 — 3,2 mlrd yil) o’z ichiga oladi. Navbatdagi rivojlanish bosqichi yangi 
stratigrafik jadvalning mezoarxey (3,2—2,8 mlrd yil) va neoarxey (2,8—2,5 
mlrd yil) eratemalarini birlashtiradi.
Proterozoy eonotemasi (2500—540 mln yil). 
1889
-
yil S. Emmons 
tomonidan ajratilgan proterozoy eonotemasi quyi va yuqori proterozoy 
eonotemalarini o’z ichiga olgan. Keyingisining tarkibida rifey va vend 
ajratilgan. Oxirgi o’n yilliklarda proterozoy jadvaliga muhim o’zgarishlar 
kiritildi. Zamonaviy jadval proterozoy eonotemasini paleo-, mezo- va 
neoproterozoy eratemalariga bo’lishni ko’zda tutadi va ular esa, o’z navbatida, 
sistemalardan tuzilgan bo’ladi. Hammasi bo’lib proterozoyda 10 sistema 
ajratilgan.
Paleoproterozoy eratemasi (2500—1600 mln yil). 
Stratigrafik
jadvalida paleoproterozoy erasi yoki erta proterozoy Yerning rivojlanishida, 
asosan, qadimiy platformalarning kristallashgan poydevori shakllanishini 
yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Paleoproterozoyning oxirida yetuk qita 
qobig`ining shakllanish jarayonlari yanada avj olib, ularning birlashishi tufayli 
Pangeya I superqita hosil bo’lgan. 
Mezoproterozoy va neoproterozoy eratemalari (1600—540 mln yil). 
Yevrosiyoning mintaqaviy stratigrafik jadvali yuqori proterozoy—rifey 
eratemasini va vend sistemasini o’z ichiga oladi. Xalqaro jadvalning yangi 
turida ular mezoproterozoy va neoproterozoy eratemalariga ajratilgan. Ammo 
ularning 6 ta sistemaga bo’linishi mutlaqo yangidir. 
Fanerozoy eonotemasi (540 mln yil — hozirgacha). Paleozoy, mezozoy 
va kaynozoy yotqiziqlari 1830-yilda A.S. Sedjvik tomonidan „fanerozoy“ 
degan umumiy nom ostida birlashtirilgan.


21 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə