Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


Paleozoy eratemasi (540—250 mln yil). Paleozoy yotqiziqlari



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

Paleozoy eratemasi (540—250 mln yil). Paleozoy yotqiziqlari 
1938- 
yili A.Sedjvik tomonidan „paleozoy guruhi“ umumiy tushunchasi bilan 
birlashtirilgan bo’lib, u qadimgi hayot yotqiziqlarini anglatadi. Paleozoy 
eratemasi 6 ta sistemadan iborat. 
Kembriy sistemasi (500—540 mln yil). Kembriy 
yotqiziqlari birinchi 
marta Uelsda (Buyuk Britaniya) A.Sedjvik tomonidan 1835-yilda ajratilgan. 
Dastlab u hozirgi tushunchadagi yuqori proterozoyning, kembriy, ordovik va 
silurning bir qismini o’z ichiga olgan. Keyinchalik Murchison hozirgi o’rta 
kembriy, ordovik va silur hajmidagi silur sistemasini ajratdi. Nixoyat, 1898-yil 
Ch.Lapvort quyi paleozoyni kembriy, ordovik va silurga bo’lishni taklif etdi. 
3-jadval 
Kembriy va ordovikning stratigrafik tabaqalari
Sistema (Davr) 
Bo’lim (Epoxa) 
Bo’lim indeksi 
Mln yil 
Ordovik O 
yuqori-kechki 
O
1
455 
o’rta 
O
1
465 
quyi-erta 
O
1
500 
Kembriy E 
yuqori-kechki 
E
3
o’rta 
E
2
520 
quyi-erta 
E
1
540 
Ordovik sistemasi (500—435 mln yil). Ordovik sistemasi rasmiy 
ravishda 1960-yili Xalqaro 
geologik kongressning 
XXI sessiyasida 
tasdiqlangan. Ilgari u quyi bo’lim sifatida silur sistemasiga kirgan. Ammo 
„ordovik sistemasi“ nomi birinchi marta Ch.Lepvort tomonidan 1879-yilda 
ishlatilgan. 
Silur sistemasi (435—410 mln yil). 1935-yili Angliyada birinchi 
marta R.Murchison tomonidan ajratilgan silur yotqiziqlari 1960-yili Xalqaro 
geologik kongressning XXI sessiyasida geologik sistemaning bo’limi sifatida 


22 
tasdiqlangan. Silur sistemasi tarkibida llandoveri va venlok yaruslari bilan 
quyi silur va ludlov, daunton yaruslari bilan yuqori silur ajratildi. Lekin 1980-
yili Xalqaro kongressning navbatdagi sessiyasida Xalqaro stratigrafik 
komissiya silurning asosiy tabaqalar xajmi va nomenklaturasini o’zgartirish 
haqidagi taklif bilan chiqdi. Bu takliflar inobatga olinmadi. Xalqaro 
stratigrafik jadvalning yangi variantida silur sistemasi, uning bo’limlari va 
yaruslarining mazmuni tub o’zgarishlarga uchradi. Xalqaro jadvalni yaratish 
tarixida birinchi marta sistema to’rtta bo’limga — llandoveriy, venlok, ludlov 
va prjidolga bo’lindi va ularning oldingi uchtasida yettita yarus ajratildi. 
4-jadval 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə