6
I BOB. YER EVOLYUTSIYASI TARIXINI DAVRLASHTIRISH
1.1 Yer evolyutsiyasini davrlashtirish masalalari va stratigrafiyaning asosiy
qoidalari
Yerning rivojlanish tarixi yaxlit bo’lmay, bosqichlardan iborat.
Ushbu
tarixni bosqichma-bosqich tiklashda, har bir bosqichning o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganishda davriylashtirish masalalari alohida muammo bo’lib
kelgan.
Fiksizm hukmron bo’lgan vaqtlarda ya’ni Yer yuzasida kontinetlarning
qo’zg`almas bo’lib joylashuvi haqidagi va Yer po’sti rivojlanishida vertikal
yo’nalgan tektonik harakatlarning hal qiluvchi roli ustun ko’rilgan
vaqtlarda,
asosan, Yer qobig`i, ya’ni Yerning eng yuqori qismi tarixi haqida fikr
yuritilgan. Mobilizmga teskari bo’lgan bu g`oya hukmronligi davrida
geosinklinallarning tarqalishi,
bosqichlari, ularni bir-biridan ajratib turgan
tanaffuslar, burmalanish jarayonlari o’rganilgan.
Bu tadqiqotlar o’z vaqtida katta ahamiyatga ega bo’lgan, hozir ham o’z
ahamiyatini saqlab qolgan, ammo ularni o’zaro qiyoslash Yerni yagona jism
tariqasida o’rganish imkonini bermagan. Yerning
geologik tarixini tiklashda
yagona tamoyillarni yaratish, uning tarixini davriylashtirish masalalari eng
murakkab va og`ir muammolar sirasiga kiradi.
Bu borada turli olimlar turlicha o’z qarashlarini bildirishgan. Masalan
G.Shtille Yer tarixini ikki yirik davrga:
protogey
neogey
Uning
fikricha, ikkala davr bir-biridan davomiyligi, tarkibi, tuzilishi,
yoshi, formatsiyalari bilan tubdan farq qilgan. Platformalarning poydevori
protogeyda va uning ustidagi qoplamalarni neogeyda shakllanganligini
izohlaydi.
Ma’lumki, tektonik xarakatlar Yer tarixining deyarli hamma bosqichlarida
sodir bo’lib kelgan. Ba’zi vaqtlarda
bu harakatlar kuchaygan, ba’zi vaqtlarda
7
kamaygan, ammo to’xtab qolgan emas, faqat harakatlarning shakli o’zgargan.
Xilma-xil geologik hodisa va voqeealar o’ziga xos mahsulotlar yaratgan.
Demak, Yerning geologik tarixida betakror hodisalar va jarayonlar uning
tarixining asosiy xususiyatlarini tashkil qiladi.
Yer tarixida tektonik va magmatik jarayonlar ma’lum
darajada
geodinamik sikllar hosil qiladi. V.E.Xainning fikricha, evolyutsiyaning eng
yirik bosqichlari D. Vilson sikllariga to’g`ri keladi. Har bir bunday bosqich
kontinentning
parchalanishi, yangi okeanlarning paydo bo’lishi, ularning
bekilishi bilan belgilanadi va nihoyat, yangi kontinent shakllanishi bilan
yakunlanadi.
Oddiyroq,
qilib aytganda, Vilson sikllari quyidagi jarayonlarni o’z ichiga
oladi:
Dostları ilə paylaş: