Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/150
tarix28.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#113763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
Muallif muqaddimasi 
Avvalo Allohga ketma-ket benihoya hamd aytaman. Agarchi Uning haqiqiy ulug‘ligi 
oldida hamd aytuvchilarning hamdi nuqsonli bo‘lsa ham. Soniyan, Uning barcha 
payg‘ambarlariga salotu salomlar aytamanki, u salotu salomim, bashariyat say- yidi 
bilan birga barcha payg‘ambarlarni chulg‘ab olsin. Solisan, qasd qilganim din ilmlarini 
ihyo qilishdagi kitob uchun Allohdan xayriyat so‘rayman.
To‘rtinchidan, Ey inkor qiluvchilar guruhidan bo‘lgan o‘ta minnatchi, g‘ofil munkirlar 
tabaqasidan bo‘lgan o‘ta munkir va qo‘pol kimsa, sening taajjubingni kesish uchun 
yuzlanaman (kirishaman). 
Bas, haqiqatda mening tilimdan sukut saqlash tuguni yechildi, so‘zlash vazifasi va nutq 
bo‘yinbog‘i meni undadi. Chunki sen haqiqat ziyosini qo‘yib, ko‘rlikda davom etyapsan. 
Botilga nusrat berishda va nodonlikni chiroyli ko‘rsatishda davomli tortishuvdasan. Xalq 
marosimlarini tark etib, rasmiy mulozamatdan ilm taqozosiga amal qilishga moyil 
bo‘lgan, maqsadi Alloh buyurganidek nafsni poklash, qalbni isloh qilishdan va umrining 
zoe bo‘lgan qismini tadorik qilish uchun hojatingdan umidini uzib, payg‘ambar sollalohu 
alayhi vasallam hadislarida aytgan: «Qiyomat kuni odamlarning eng azobi qattig‘i Alloh 
taolo ilmi bilan manfaatlantirmagan olimdir», degan odamlardan bo‘lib qolmaslik uchun 
ilmga yuzlangan kishiga yomonlikni qo‘zg‘atarkansan. (Modomiki sen shunday bo‘lgach 
men bu vazifani bajaraman) 
Umrimga qasamki, sen takabburlikda davomli bo‘lishingning asosiy sababi ko‘pchilikni 
chulg‘ab olgan bu ishning yuqori nuqtasini mulohaza qilishda qosirlik qilish va ish qat’iy, 
xatar jiddiy, oxirat yuzlanuvchi, dunyo orqada qoluvchi, ajal yaqin, safar uzoq, zod-
rohila oz, xatar buyuk, yo‘l to‘siqli, amallarni kuzatib-ko‘rib turuvchi Zot huzurida xolis 
uning roziligi uchun qilinmagan ilm va amal rad qilinishi, oxirat yo‘lini tutish 
adashtiruvchi-halok qiluvchi narsalarga to‘la bo‘lishiga qaramasdan yo‘l ko‘rsatuvchi dalil 
yo‘qligini bilmaslikdan iborat kasallik asosiy sababdir. Yo‘l ko‘rsatuvchi dalillar - bular 
payg‘ambarlar vorisi bo‘lgan ulamolardir. Zamona ulardan (olimlardan) bo‘shab qoldi, 
faqat rasmiyatlilarigina qoldiki, ularning ham aksari ustidan shayton g‘olib bo‘lib, 
tug‘yon adashtirib qo‘ygan, ularning har biri (dunyo) nasibasini tez olishga harakat 
qiladigan bo‘lib qolgan. Buning natijasida ma’ruf narsa munkarga, munkar esa ma’rufga 
aylanib, din ilmi o‘chib, yer yuzida hidoyat yog‘dusi so‘ndi. Ular ommaga ilmni bebosh 
odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan tortishuvni hal qilishda qozilar foydalanadigan 
hukumatning fatvosi deb, odamlarga tasavvur qildirishga intildilar. Yoinki ilmni faxru 
nasab tolibi g‘alaba uchun himoya vositasi qilib olgan mujodala ilmi deb, yoki avom xalq 
orasida darajaga erishish uchun voiz foydalanadigan chiroyli so‘zlar birikmasi deb 
odamlarda tasavvur paydo qildilar. Zero ular haromni ovlab, o‘zlashtirish va dunyo 
matosini qo‘lga kiritish uchun bu uch narsadan boshqa narsani bilmasdilar. 
Ammo salafi solihinlar yurgan, Alloh taolo O‘zining kitobida, fiqh, hikmat, ilm, ziyo, nur, 
hidoyat va to‘g‘ri yo‘l deb nomlagan oxirat ilmi esa, xalq orasida yopiq-maxfiy qolib, 
umuman unutilib ketdi. 
Bu ish dindagi bir xalal va katta shikast bo‘lgani uchun, din ilmlarini qayta ihyo qilish
o‘tgan imomlarning yo‘llarini ko‘rsatib berish va payg‘ambarlar va salafi solihlar nazdida 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə