Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
133
olishdi, deb aytishdi.
Boshliqlari, sizlar ularga biror narsa qilishga qodir emassizlar,
chunki ular nabiylari suhbatida bo‘lib, Rabbilaridan nozil bo‘layotgan narsaga
shohiddirlar, lekin ulardan keyin bir qavm keladi, o‘shanda sizlar niyatlaringizga
yetishasizlar, deb aytdi. Qachonki tobe’inlar jamoasi kelishganda (iblis) yana askarlarini
yubordi. Ular yana bosh eggan holda qaytib kelib, bulardan-da ajablanarlisini
ko‘rmaganmiz, agar gunoh qilib qo‘yishsa, kechaning oxiri bo‘lishi bilan istig‘for aytishga
turishadi va Alloh ularning yomonliklarini yaxshilikka almashtirib qo‘yadi, deb aytishdi.
Boshliqlari, tavhidlari sahih va nabiylarining sunnatlariga
ergashganlari uchun ulardan
ham biror narsaga erisholmaysizlar, lekin ulardan keyin bir qavm kelurki, ular bilan
ko‘zingiz quvonadi, nimani xohlasangiz, o‘ynashaverasiz, havoyi nafs tizginlarini ushlab
olib, xohlagan tarafingizga yetaklayverasiz, agar istig‘for aytsalar ham, ular
kechirilmaydi,
tavba ham qilmaydilar, mabodo tavba qilishsa, Alloh ularning
yomonliklarini yaxshilikka almashtirib qo‘yadi, deb aytdi. Keyingi asrda bir qavm keldi.
Havoyi nafs ularda jo‘sh urib, bid’atlar ziynatli bo‘ldi. U bid’atlarni halol sanab, din qilib
ushlab olishdi. Unga istig‘for ham aytishmadi, tavba ham qilishmadi. Dushman ularga
tajovuz qilib, xohlagan tomoniga yetakladi.
Bu so‘zlarni aytuvchi odam iblisni ko‘rmagan, u bilan gaplashmagan bo‘lsa, uning bu
gaplarini qaerdan bildi, deyishing mumkin.
Bilgilki, qalb arboblari malakut sirlarini
gohida ilhom yo‘li bilan, gohida sodiq tush ko‘rish bilan, gohida esa, tushda bo‘lgani kabi
masalalarni mushohada qilish bilan kashf qilishadi. Mana shu eng oliy daraja bo‘lib,
sodiq tush payg‘ambarlikning qirq oltidan bir bo‘lagi bo‘lgani kabi, nubuvvatlik
darajasidir. Qosirlik chegarasidan o‘t, bu ilmni inkor qilishdan saqlan. Bu to‘g‘rida
gapirgan ba’zi bir mahmadona ulamolar halok bo‘lishdi. Gumonlaricha, ular ilmni qo‘llari
bilan ihota qilar emish. Mana shu kabi ishlarda avliyoullohlarni inkor qiluvchi oqil
bo‘lgandan ko‘ra, johil bo‘lib yurgan yaxshidir. Kim avliyolarni inkor qilsa, anbiyolarni
inkor etibdi va dindan to‘laligicha chiqibdi.
Ba’zi oriflar aytishadi: «Yer yuzida abdollar (chiltonlar) qolmadi. Ular odamlarning
ko‘zidan qochishdi. Chunki ular bu zamonning ulamolariga
nazar solishga toqat qila
olishmaydi. Hozirgi ulamolar Allohni tanimaydi. Ular o‘zlarining va johillarning
nazdidagina olimdirlar».
Sahl Tustariy aytadilar: «Gunohlarning eng kattasi johillik bilan qilingan johillik va
ommaga qarab, g‘ofil kishilar so‘zini eshitishdir. Qaysi olim dunyodan so‘zlashga
sho‘ng‘isa, uning so‘ziga quloq tutish lozim emas. Balki har bir aytayotgan gapini ayblab
turish kerak. Chunki har bir shaxs o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini gapiradi. Yaxshi ko‘rgan
narsasiga muvofiq bo‘lmasa, uni daf qiladi. Shuning uchun Alloh taolo:
«Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan
va qilar ishi isrofgarchilik bo‘lgan kimsalarga itoat etmang» (Qahf surasi, 28-
oyat), deydi».
Gunohkor avom din yo‘lidagi johillardan xursanddir. E’tiqodlaricha, bu johillar ulamo
emish. Gunohkor olim o‘zining noqisligini e’tirof etib, istig‘for aytadi, tavba qiladi. Mana
bu johil esa, o‘z gumonicha olim bo‘lib, ilm bilan mashg‘ul. Vaholanki, uning maqsadi din
qolib, dunyoga yo‘l topishdir.
U tavba ham qilmaydi, istig‘for ham aytmaydi. Mana shu
holida o‘lgunicha davom etadi.
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Odamlarning ko‘pchiligi shu yo‘lga kirib ketishgan. Faqat Alloh asraganlargina bundan
mustasnodir. Ularni isloh qilishdan umid uzilgandir. Din sohibi uchun eng yaxshisi
ulardan uzilib, alohida yashashdir. Biz bu haqda, inshaalloh, «Uzlat» kitobida
to‘xtalamiz.
Yusuf ibn Asbot Huzayfa al-Mar’ashiyga xat yozib: «O‘zi bilan birga Allohni eslaydigan
kimsani topa olmagan,
topsa ham, gunohga botganini, suhbati ma’siyat bo‘lganini, uning
ahli bo‘lmaganini topgan kishi haqida nima deb o‘ylaysiz?» degan edi.
Haqiqatda rost yozibdilar. Chunki kishilarga aralashib yurish g‘iybat eshitishga yoki
munkar narsalarga sukut qilishga majbur etadi. Nari borsa, ahvollari yaxshilanib, ilmidan
foydalanishlari mumkin. Shunda ham bechoralar ilm riyodan, pul jamlash va rahbarlik
talabidan xoli bo‘lishi kerakligini koshki bilishsa! Shogird olayotgan ilmini dunyoga yoki
yomonlikka vosita qilsa, unga ilm o‘rgatish xuddi qaroqchiga qilich sotganga o‘xshaydi.
Ilm ham qilich kabidir. Uning yaxshilikka ishlatilishi g‘azotdagi qilich o‘rniga o‘tadi.
Shuning uchun qaroqchilik qilishni xohlagan kishilarga qilich sotilmaydi.
Mazkur o‘n ikki alomat oxirat ulamolari alomatlaridan bo‘lib,
bu xislatlarning hammasini
salaf olimlari o‘zlarida jamlashgan. Sen ikki kishidan biri bo‘l: yo shu sifatlarni o‘zingda
mujassam qil, yo mana shularni qilolmayotganingni e’tirof et. Zinhor uchinchisi bo‘lma,
unda dinni dunyoga almashtirishni nafsingga qabul qilgan bo‘lasan. Sobit ulamolar
suvrati bilan battollar siyratiga o‘xshab qolasan. Johilliging va inkor etuvchiliging tufayli
noumid bo‘lib, halok bo‘luvchilar jamoasiga yo‘liqasan.
Shayton hiylasidan panoh tilaymiz. Unga ergashib ko‘pchilik halok bo‘lgan. Allohdan
dunyo hayotiga aldanmaydiganlardan qilishini so‘raymiz.
Yettinchi bob
Aql, uning sharafi, haqiqati hamda qismlari
Aqlning sharafi bayonida
Bilgilki, aqlning musharrafligini ko‘rsatishda takalluf etishga ehtiyoj yo‘q. Xususan,
ilmning sharafi aql tomonidan ko‘rsatib berilgan, aql ilmning manbai, matla’i
va asosi
ekani izhor qilingan. Ilm aqlda daraxtdagi meva, quyoshdagi ziyo va ko‘zdagi nur o‘rnida
yuradi. Dunyo va oxirat saodatiga vasila bo‘luvchi narsa qanday qilib sharafli bo‘lmasin?
Bo‘lgani holda hayvon insondan hayiqib turgan ekan, nega aqlning sharafi to‘g‘risida
gumon qilinadi? Hatto ulkan jasadli, qonxo‘r va vahshiy hayvon ham inson suratini
ko‘rganida, undagi ustunlikni, o‘zining hiylasini idrok etishini sezgani uchun hayiqadi,
qo‘rqadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Shayxning (keksa odamning)
qavmidagi o‘rni payg‘ambarning ummati orasidagi o‘rnidekdir”,
191
deganlarida, uning
moli ko‘pligini, shaxsi ulug‘ligini yoki quvvati ziyodaligini e’tiborda tutmaganlar. Balki
aqlining samarasi bo‘lmish tajribasini aytganlar. Shuning uchun ham turklar, kurdlar,
madaniyatsiz arablar va boshqa xalqlar darajalari yovvoyilikka yaqin bo‘lsa-da,
keksalarni hurmat qilishadi.
Ko‘pgina qaysarlar Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) o‘ldirishni qasd qilgan
paytlarida, ko‘zlari
ul zotga tushib, muborak chehralarida nabuvvat nurining