Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
olishdi, deb aytishdi. Boshliqlari, sizlar ularga biror narsa qilishga qodir emassizlar, 
chunki ular nabiylari suhbatida bo‘lib, Rabbilaridan nozil bo‘layotgan narsaga 
shohiddirlar, lekin ulardan keyin bir qavm keladi, o‘shanda sizlar niyatlaringizga 
yetishasizlar, deb aytdi. Qachonki tobe’inlar jamoasi kelishganda (iblis) yana askarlarini 
yubordi. Ular yana bosh eggan holda qaytib kelib, bulardan-da ajablanarlisini 
ko‘rmaganmiz, agar gunoh qilib qo‘yishsa, kechaning oxiri bo‘lishi bilan istig‘for aytishga 
turishadi va Alloh ularning yomonliklarini yaxshilikka almashtirib qo‘yadi, deb aytishdi. 
Boshliqlari, tavhidlari sahih va nabiylarining sunnatlariga ergashganlari uchun ulardan 
ham biror narsaga erisholmaysizlar, lekin ulardan keyin bir qavm kelurki, ular bilan 
ko‘zingiz quvonadi, nimani xohlasangiz, o‘ynashaverasiz, havoyi nafs tizginlarini ushlab 
olib, xohlagan tarafingizga yetaklayverasiz, agar istig‘for aytsalar ham, ular 
kechirilmaydi, tavba ham qilmaydilar, mabodo tavba qilishsa, Alloh ularning 
yomonliklarini yaxshilikka almashtirib qo‘yadi, deb aytdi. Keyingi asrda bir qavm keldi. 
Havoyi nafs ularda jo‘sh urib, bid’atlar ziynatli bo‘ldi. U bid’atlarni halol sanab, din qilib 
ushlab olishdi. Unga istig‘for ham aytishmadi, tavba ham qilishmadi. Dushman ularga 
tajovuz qilib, xohlagan tomoniga yetakladi. 
 
Bu so‘zlarni aytuvchi odam iblisni ko‘rmagan, u bilan gaplashmagan bo‘lsa, uning bu 
gaplarini qaerdan bildi, deyishing mumkin. Bilgilki, qalb arboblari malakut sirlarini 
gohida ilhom yo‘li bilan, gohida sodiq tush ko‘rish bilan, gohida esa, tushda bo‘lgani kabi 
masalalarni mushohada qilish bilan kashf qilishadi. Mana shu eng oliy daraja bo‘lib, 
sodiq tush payg‘ambarlikning qirq oltidan bir bo‘lagi bo‘lgani kabi, nubuvvatlik 
darajasidir. Qosirlik chegarasidan o‘t, bu ilmni inkor qilishdan saqlan. Bu to‘g‘rida 
gapirgan ba’zi bir mahmadona ulamolar halok bo‘lishdi. Gumonlaricha, ular ilmni qo‘llari 
bilan ihota qilar emish. Mana shu kabi ishlarda avliyoullohlarni inkor qiluvchi oqil 
bo‘lgandan ko‘ra, johil bo‘lib yurgan yaxshidir. Kim avliyolarni inkor qilsa, anbiyolarni 
inkor etibdi va dindan to‘laligicha chiqibdi. 
 
Ba’zi oriflar aytishadi: «Yer yuzida abdollar (chiltonlar) qolmadi. Ular odamlarning 
ko‘zidan qochishdi. Chunki ular bu zamonning ulamolariga nazar solishga toqat qila 
olishmaydi. Hozirgi ulamolar Allohni tanimaydi. Ular o‘zlarining va johillarning 
nazdidagina olimdirlar». 
 
Sahl Tustariy aytadilar: «Gunohlarning eng kattasi johillik bilan qilingan johillik va 
ommaga qarab, g‘ofil kishilar so‘zini eshitishdir. Qaysi olim dunyodan so‘zlashga 
sho‘ng‘isa, uning so‘ziga quloq tutish lozim emas. Balki har bir aytayotgan gapini ayblab 
turish kerak. Chunki har bir shaxs o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini gapiradi. Yaxshi ko‘rgan 
narsasiga muvofiq bo‘lmasa, uni daf qiladi. Shuning uchun Alloh taolo:  
 
«Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan 
va qilar ishi isrofgarchilik bo‘lgan kimsalarga itoat etmang» (Qahf surasi, 28-
oyat), deydi». 
 
Gunohkor avom din yo‘lidagi johillardan xursanddir. E’tiqodlaricha, bu johillar ulamo 
emish. Gunohkor olim o‘zining noqisligini e’tirof etib, istig‘for aytadi, tavba qiladi. Mana 
bu johil esa, o‘z gumonicha olim bo‘lib, ilm bilan mashg‘ul. Vaholanki, uning maqsadi din 
qolib, dunyoga yo‘l topishdir. U tavba ham qilmaydi, istig‘for ham aytmaydi. Mana shu 
holida o‘lgunicha davom etadi.    
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
Odamlarning ko‘pchiligi shu yo‘lga kirib ketishgan. Faqat Alloh asraganlargina bundan 
mustasnodir. Ularni isloh qilishdan umid uzilgandir. Din sohibi uchun eng yaxshisi 
ulardan uzilib, alohida yashashdir. Biz bu haqda, inshaalloh, «Uzlat» kitobida 
to‘xtalamiz. 
 
Yusuf ibn Asbot Huzayfa al-Mar’ashiyga xat yozib: «O‘zi bilan birga Allohni eslaydigan 
kimsani topa olmagan, topsa ham, gunohga botganini, suhbati ma’siyat bo‘lganini, uning 
ahli bo‘lmaganini topgan kishi haqida nima deb o‘ylaysiz?» degan edi. 
 
Haqiqatda rost yozibdilar. Chunki kishilarga aralashib yurish g‘iybat eshitishga yoki 
munkar narsalarga sukut qilishga majbur etadi. Nari borsa, ahvollari yaxshilanib, ilmidan 
foydalanishlari mumkin. Shunda ham bechoralar ilm riyodan, pul jamlash va rahbarlik 
talabidan xoli bo‘lishi kerakligini koshki bilishsa! Shogird olayotgan ilmini dunyoga yoki 
yomonlikka vosita qilsa, unga ilm o‘rgatish xuddi qaroqchiga qilich sotganga o‘xshaydi. 
Ilm ham qilich kabidir. Uning yaxshilikka ishlatilishi g‘azotdagi qilich o‘rniga o‘tadi. 
Shuning uchun qaroqchilik qilishni xohlagan kishilarga qilich sotilmaydi. 
 
Mazkur o‘n ikki alomat oxirat ulamolari alomatlaridan bo‘lib, bu xislatlarning hammasini 
salaf olimlari o‘zlarida jamlashgan. Sen ikki kishidan biri bo‘l: yo shu sifatlarni o‘zingda 
mujassam qil, yo mana shularni qilolmayotganingni e’tirof et. Zinhor uchinchisi bo‘lma, 
unda dinni dunyoga almashtirishni nafsingga qabul qilgan bo‘lasan. Sobit ulamolar 
suvrati bilan battollar siyratiga o‘xshab qolasan. Johilliging va inkor etuvchiliging tufayli 
noumid bo‘lib, halok bo‘luvchilar jamoasiga yo‘liqasan. 
 
Shayton hiylasidan panoh tilaymiz. Unga ergashib ko‘pchilik halok bo‘lgan. Allohdan 
dunyo hayotiga aldanmaydiganlardan qilishini so‘raymiz. 
 
Yettinchi bob 
Aql, uning sharafi, haqiqati hamda qismlari   
 
Aqlning sharafi bayonida 
 
Bilgilki, aqlning musharrafligini ko‘rsatishda takalluf etishga ehtiyoj yo‘q. Xususan, 
ilmning sharafi aql tomonidan ko‘rsatib berilgan, aql ilmning manbai, matla’i va asosi 
ekani izhor qilingan. Ilm aqlda daraxtdagi meva, quyoshdagi ziyo va ko‘zdagi nur o‘rnida 
yuradi. Dunyo va oxirat saodatiga vasila bo‘luvchi narsa qanday qilib sharafli bo‘lmasin? 
Bo‘lgani holda hayvon insondan hayiqib turgan ekan, nega aqlning sharafi to‘g‘risida 
gumon qilinadi? Hatto ulkan jasadli, qonxo‘r va vahshiy hayvon ham inson suratini 
ko‘rganida, undagi ustunlikni, o‘zining hiylasini idrok etishini sezgani uchun hayiqadi, 
qo‘rqadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Shayxning (keksa odamning) 
qavmidagi o‘rni payg‘ambarning ummati orasidagi o‘rnidekdir”,
191
 deganlarida, uning 
moli ko‘pligini, shaxsi ulug‘ligini yoki quvvati ziyodaligini e’tiborda tutmaganlar. Balki 
aqlining samarasi bo‘lmish tajribasini  aytganlar. Shuning uchun ham turklar, kurdlar, 
madaniyatsiz arablar va boshqa xalqlar darajalari yovvoyilikka yaqin bo‘lsa-da, 
keksalarni hurmat qilishadi. 
 
Ko‘pgina qaysarlar Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) o‘ldirishni qasd qilgan 
paytlarida, ko‘zlari ul zotga tushib, muborak chehralarida nabuvvat nurining 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə