Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
 
185. Abu Nu’aym, Bazzor, Tabaroniy va Bayhaqiylar zaif sanad ila rivoyat qilishgan. 
 
Huzayfa (r.a.) ham rost aytganlar. Bu asrimizdagi ko‘p yaxshiliklar sahobalar asrida 
munkar ish hisoblangan. Zamonamizda ana shunday ishlardan keng tarqalgani 
masjidlarni ziynatlash, to‘shak va gilamlar bilan to‘ldirib, imoratning nozik joylari uchun 
katta pullarni sarflashdir. 
 
Masjidga qamish to‘shash bid’at sanaladi. Bu yangilikni Hajjoj kiritgan. Avvalgilar 
kamdan-kam holatda tuproqqa narsa tashlashgan. Shuningdek, nozik masalalarda bahs-
munozara qilish zamonamiz ahllarining yuksak ilmlari sanaladi va ular o‘zlaricha bu 
narsani Allohga yaqin qiluvchi deb o‘ylaydi. Aslida esa, bu ayni munkar ishdir.  
 
Qur’on va azonni ohangga solib aytish ham shunga o‘xshaydi. 
 
Hadasdan tozalanishdagi o‘zboshimchalik, tahoratdagi vasvasa, kiyimga najosat 
tegishining uzoq ehtimollarini o‘ylash, taomlarning halol-haromligini aniqlashdagi 
yengiltaklik kabilar ham munkar ishlar jumlasidandir. 
 
Ibn Mas’udning (r.a.) mana bu so‘zlari naqadar rost: «Bugun sizlar shunday zamonda 
yashayapsizlarki, havoyi nafslar ilmga tobe’dir. Sizlarga hali shunday zamonlar keladiki, 
unda ilm havoyi nafsga tobe’ bo‘ladi». 
 
Ahmad ibn Hanbal esa: «Ilmni tark qilib, ko‘zlariga g‘aroyib ko‘ringan narsalarga tobe’ 
bo‘lishmoqda, ularning ilmlari juda oz», degan edilar.  
 
Alloh o‘zi yordamchidir. 
 
Molik ibn Anas (r.a.) aytadilar: «Oldingilar bugungi kun odamlari so‘rayotgan narsani 
so‘rashmasdi. Ulamolari ham halol, harom, deb aytaverishmas edi. Lekin ularning 
mustahab va makruh deyishganini ko‘rdim. Ya’ni, ular mustahab va makruh 
narsalarning nozik tomoniga nazar solishardi. Ammo ular nazdida buzuqligi ochiq 
ko‘ringan narsa harom edi». 
 
Hishom ibn Urva aytadilar: «Bugun o‘zlaricha yangilik chiqarayotganlardan yangiliklari 
haqida so‘ramanglar. Chunki u narsaga javob tayyorlab qo‘yishgan. Ulardan sunnat 
haqida so‘ranglar, uni bilishmaydi». 
 
Sulaymon Doroniy shunday deydilar: «Kishi bir yaxshilikka ilhomlantirilsa
(Rasulullohdan) qolgan asarda uning  borligini eshitmagunicha unga amal qilishi lozim 
emas. Agar uni asarda topgudek bo‘lsa, nafsidagi narsani asarga muvofiq qilgani uchun 
Allohga hamd aytsin». Bunday deyishlariga sabab, yangi fikrlar quloqqa quyilib, qalbga 
o‘rnashib olishi ko‘pincha uning musaffoligiga xalal berishi, u sababidan botil narsa 
haqqa aylanib qolishi mumkin. Bas, yangiliklar borasida (Payg‘ambarimiz) asarlarini 
ko‘rish bilan ish tutiladi. 
 
Shuning uchun Marvon hayit kuni namozda minbar qo‘yib, yangilik qilganida, Abu Said 
Xudriy unga qarshi chiqib: «Ey Marvon, bu qanaqa bid’at?» deganlar. Halifa Marvon: 
«Bu bid’at emas, bilganingizdek, yaxshilikning o‘zginasi. Insonlar ko‘payib ketganlari 
sababli ovoz ularga yetishi uchun shu ishni xohladim», dedi. Buni eshitgan Abu Said 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
Xudriy: «Allohga qasamki, men bilgan narsada hech qanaqa yaxshilik yo‘q. Allohga 
qasamki, bugundan boshlab orqangda namoz o‘qimayman!» dedilar. Marvonning ishini 
inkor qilganlariga sabab, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hayit va istisqo 
namozlarining xutbasida minbarga emas, kamon yoki hassalariga suyanar edilar.
186
 
 
Mashhur hadisda: «Kim dinimizga bir yangilik olib kelsa, u rad qilingandir»,
187
 deyilgan. 
 
Boshqa bir xabarda kelishicha Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Kim ummatimni 
aldasa, unga Allohning, farishtalarning, kishilarning la’nati bo‘lsin», deganlar. Shunda:  
«Ey Rasululloh, ummatingizni aldash qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam): «Bir bid’atni chiqarib, uni insonlarga yuklash»,
188
 dedilar. 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Har kuni Allohning maloikalari, 
kim Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga xilof qilsa, u zotning 
shafoatlaridan benasib qoladi, deb nido qiladi». 
 
186. Tabaroniy Barodan rivoyat qilgan. Bu rivoyatda «istisqo» so‘zi yo‘qdir Alboniy «Zaiful jome’» kitobida zikr qilgan.  
187. Muttafaqun alayh. 
188. Doraqutniy Anasdan (r.a.) juda zaif sanad ila rivoyat qilgan. 
 
 
Sunnatga qarshi chiqib, dinda yangilik yaratgan kishi bilan boshqa bir gunoh qilgan 
kishining farqi davlat boshqaruvida turib, podshohga osiylik qilgan odam bilan muayyan 
xizmatlardagi buyruqlariga xilof bo‘lgan xizmatchining farqi kabidir. Chunki xilof 
qilganning gunohi kechirilur, ammo davlat boshqaruvida turganning gunohi kechirilmas.  
 
Ba’zi ulamolar: «Salaflar gapirgan narsada sukut  qilish jafo, sukut qilgan narsada 
gapirish takallufdir», deb aytishgan. 
 
Ba’zilar esa: «Haq og‘irdir.  Undan o‘zib ketish zulm. Unga yetisha olmaslik ojizlikdir. U  
bilan birga to‘xtab turish kifoya qiladi», deb aytishadi.     
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «O‘rtacha yo‘lni tutinglar. U shunday yo‘lki, 
balandlab ketganlar, orqaga qaytadi. Pastdagilar esa, unga ko‘tariladi»,
190
 deganlar. 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Zalolatga nisbatan uning ahli qalbida halovati bor. Bunga 
misol Alloh taoloning:  
 
«Dinlarini o‘yin-hazil qilib olganlarni tark qiling» (An’om surasi, 70-oyat);  
 
«Axir yomon amali o‘ziga chiroyli ko‘rinib, uni go‘zal deb o‘ylagan kimsa (Alloh 
haq yo‘lga hidoyat qilgan zot kabi bo‘lurmi)?!» (Fotir surasi, 8-oyat), deb aytgan 
so‘zlaridir».  
Sahobalardan keyin zaruratsiz paydo qilingan yangiliklar o‘yin va lahvdir.  
 
190. Abu Abiyd mavquf holda Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilgan.  Ibn Asir ham «G‘aribul hadis» kitobida keltrgan. 
 
 
La’nati iblis sahobalarga askarlarini yubordi, ammo ular taassuf bilan qaytishdi. Shunda 
boshlig‘i, ahvollaringiz qanday, deb so‘radi. Askarlar esa, ularga o‘xshashini 
ko‘rmaganmiz, ulardan biror narsaga yetishadigan bo‘lsak, bizni o‘zlariga ergashtirib 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə