Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/76
tarix01.03.2022
ölçüsü255 Kb.
#84245
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

39

qilar edik. Uzluksiz har kuni munozaraga o’tirar edik va bu tinmay o’n ikki yil davom etdi. Natijada 



sherigim shayxul islom martabasiga munosib bo’ldi va u zot imom Shofi’iy edilar. 

 

Shayxul islom, ustoz Faxriddin Qozixon (a.r.) hazratlari talabalariga shunday ko’rsatma berar ekanlar: 



-Agar fiqh kitoblaridan bittasini yaxshilab yodlab olsang, boshqa fiqhiy masalalarni hifz, zehningda 

saqlab qolishing osonroq kechadi. 

 

 

7-FASL. 

Т

AVAKKUL QILISH 

Т

O’G’RISIDA 

 

Т



avakkul qilish barcha ish, fikridan o’tgan narsalarni Allohga topshirish, tafviz qilishdir. Dunyo 

ishlari, rizqnasibasiga g’am-tashvish chekmaslik va bu hakda xafa bo’lib yurmaslikdir. Balki, qalbini 

bulardan holiy qilib, ilm bilan va shu kabi zaruratlar bilan shug’ullanishini talab qila boradi. Shubhasiz, 

tavakkal qilish talabaning asosiy vazifasi bo’lishi kerak. 

 

Hazrati imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) janob Rasu-lulloh (s.a.v.)ning sohiblaridan rivoyat qiladilar: 



-Kim Alloh dinining ilmini o’rgansa, Alloh uni rizqi va dunyo hojatlariga kifoya bo’ladi. Nasibasini 

o’ylamagan joylardan yetkazib qo’yadi. 

 

Т

avakkul qila olish insonga ulug’ baxtsaodatdir. Agar talaba ko’nglini rizqi va kiyim, dunyo 



matolariga mashg’ul qilsa ilmga kam vaqt qoladi. Natijada ilm va go’zal xulqu odoblardan bebahra 

bo’lib qoladi. Eng asosiy maqsali ilm talab qilishdan uzok,lashadi. Donishmandlardan biri shunday 

deganlar: 

-Go’zallikni o’zinpa chaqir va go’zal hulqlar da’vatini qabul qil! Zinhor bog’iylik3 karvoniga minma! 

 

Beadablik va barcha hunuk ishlarni tark qil! Har vaqt va joyda o’zingni hamma ma’noda to’q 



ko’rsatgin! Qori to’q, kiyimi butun holda yur! Bosh kiyimga ahamiyat ber! 

 

Salla bosh kiyimlar toji va ulug’idir. U janob (s.a.v.)ning muborak sunnati saniyalaridir. Alloh dinining 



shioridandir. 

 

Ammo taom tanovul qilishda, ibodatda, saboqo’qiyotganda, uyquga yotganda va hojatxonaga 



kirganda, albat-ta, bosh kiyimda bo’lgin! 

 

Bir kishi hazrati Husayn ibn Mansur al-Halloj (a.r.)ga: 



-Hazrat menga nasihat qilsangiz!- deb murojaat qildi. Shunda hazrat: 

-O’z nafsingga ishlov ber, uni yaxshilab tayyorla! Uni mashg’ul qilib qo’y! Agar nafsiigni mashg’ul 

qilmasang, u seni o’zi bilan mashg’ul qilib qo’yadi,- deb nasihat qildilar. 

Demak, har bir inson o’z nafsi bilan shug’ullanishi kerak ekan, xayrli amallarni qilishga jalb etishi 

zarurdir. 

Т

oki nafsu havosini roziligiga qarab qolmasin! Shaytoni la’inning insonni chaljtadigan, osiy 



qiladigan eng birinchi quroli nafsdir. Okil inson dunyoga va dunyo tashvishlariga ahamiyat va 

ehtimom ber-maydi. Chunki, dunyo matolari uchun g’amga tushish, xafa bo’lish va nadomat chekish 

aqlli kishiga loyiq emas. Balki, bularning hammasi musibatni qaytarmagan, foyda ham bermagan. 

Inson qalbi, asablariga zarar va ziyon keltirgan. Shuningdek, solihama;,larga, yaxshi-liklarga xalal 

beradi. Aqli raso kishi oxirat ishlariga ahamiyat beradi. 

 

Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.): 



insonning ba’zi gunoxlari borki, ularga faqat dunyo tirikchiligini o’tkazish uchun chekilgan qayg’u va 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

40

halol mehnat kafforat bo’ladi, - deganlar. 



 

Bu, dunyo ishlariga ham kerak mikdorda ahamiyat qaratish zarurligi hamda bu ishlarga chuqur ketib 

qolishdan ehtiyot bo’lishni bildiradi. Hadisi sharifdagi dunyoviy g’am va bezovtalikdan murod, amali 

solixlarga, xayrli ishlarga xalal bermaydigan, qalbni mashg’ul qilmaydigan mikdorda bo’lishdir. 

Namoz va boshqa ibodatlardan chalg’itadigan, ko’ngilni o’rab oladigan darajada bo’lmasligi lozimdir. 

Т

olib qudrati yetgancha dunyo matolariga bo’ladigan aloqasini kamaytirishi shartdir. Shunday qilib, 



ulug’ zotlar bu yo’l orqali Allohga yaqinlikni o’zlariga ixtiyor qilganlar. Uzoq yurtlarda tahsili ilm 

qilganlar. Ilm talabida safarga chiqqanlarida, barcha mashaqqat, bemorlik, muhtojliklarni tahammul 

qilganlar, sabrmatonat ko’rsatganlar. 

 

Alloh taol.o Qur’oni karimda hazrati Muso (a.s.) tilidan hazrat 



Х

izr (a.s.) bilan qilgan ilm safarlari 

haqida shunday xabar qiladi: 

Bu safarimizda ko’p mashaqqatlar va qattiqliklarga uchradik. 

 

Hazrat Muso ko’p safarlarga chiqqanlar, ammo faqat ilm safaridagina mashaqqatlar tortdim,- 



deyishlari, ilm uchun safar har vaqt qiyinchiliklar bilan ekaniga ishoradir. Chunki, ilm tapab qilish 

engulug’amrdir. Olimlar nazdida eng afzal ikki olam ozuqasidir. Ajru mu-kofot esa chekilgan 

mashaqqat, og’irliklarga qanoatning mikdoriga qarab bo’ladi. Kim sabr qilsa, barcha lazzatlar ustidan 

baland keladigan mumtoz va mislsiz bahramandlikka ega bo’ladi. Shundan bo’lsa kerak, hazrat 

Muhammad ibn Hasan (a.r.) har vaqt kechani bedorlikda o’tkazsalar, mushkulliklari hal bo’lardi. 

Shunda: 


-Moldavlat lazzati qayokda-yu, bu lazzat qayoqda,-der edilar. 

 

Т



alaba bo’lgandan keyin, ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullanmasligi kerak. Zinhor fiqxdan hamda 

biror masala yechimidan yuz o’girmasligi zarurdir. Imom Mu-hammad (a.r.) hazratlari: 

Bizning bu ishimiz beshikdan lahadgachadir. Kim uni, bir soat tark etishni xoxlasa, uni kiyomat tark 

aylasin!-deb, kat’iyan ilmga mashg’ul bo’lishga da’vat etganlar. 

 

Imom Abu Yusufning oxirgi damlarida shogirdlaridan biri, ziyorat qilgani kirdi. Imom Abu Yusuf o’zi 



bilan o’zi bo’lgan holda edilar. Shunda shogirdidan: 

-Hojilar toshni ulovga mingan holda otganlari af-zalmi yoki piyoda otganlarimi?- deb so’radilar. 

Shogird javobni bilmagach, o’zlari javob berib: 

-Piyoda otgani menga mahbubrokdir,- deb aytganlar. 

 

Ulug’ zotlarning hayoti qanday chuqur o’git va hayotga irshod ekan. Shu zotlardek hayotda o’rin 



topishni bizlarga ham 

Т

angri taalo nasib etsin! Faqihman, olimman deganlar mana shunday umr 



o’tkazsalar, ilm va mehnatlari lazzatini topadilar. Rivo-yat qilishlaricha, hazrati Muhammad ibn 

Hasanning va-fotidan keyin bir solih inson tushida ko’rgan ekan: 

-Ul zot bir qancha ulug’lar davrasida suhbat kurib o’tirar edi. Shunda undn: 

-Jon topshirar vaqtda qanday holda edingiz?- deb so’radilar. 

-Men mukotib haqidagi masalaning yechimini o’ylab turgan edim, jonim chiqib ketganini bilmay 

qolibman!-deb javob berdilar. 

Ba’zilar ul zot: 

-Bu ulug’ kunga hozirlik ko’rishdan mukotibning masalasi chalg’itib qo’yibdi,- degan javobni 

aytganlar, deb keltiradilar. Asli bu javoblar hazrat Muham-madning kamoli odob va kamtarliklari 

ekani aqli rasogagina ma’lumdir. 

 



Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə