Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/76
tarix01.03.2022
ölçüsü255 Kb.
#84245
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

43

Norostqa ko’p uyot erur tuzlukdin



Lek er kishiga najot erur tuzlukdin. 

 

Asrlar ortidan asrlar o’tar, insonlar esa har vaqtlarda turli ofat va balolar bilan imtihon qilinadilar.  



 

Ammo yolg’onchidan ko’ra ofatlirog’ini ko’rmadim. Yolg’on ishlatib baxt va omadini, tinchligini 

ko’proq yo’qotgan kishini ko’rmadim. Bir-birini yomon ko’rish, dushmanlikdan ko’ra og’irroq boshqa 

narsa, zinhor ko’rmadim. Barcha narsaning achchiqligini totdim, lekin tilanchilikdan ham ko’ra 

achchio’rog’ini ko’rmadim. 

 

Mo’’min kishi haqida yomon gumon qilishdan qat’-iy saqlan! Chunki, gumon dushmanlikning 



manbaidir. Dushmanlik esa mo’’minga halol emas. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): 

-Mo’’minlar haqida faqat xayrli o’ylanglar, yaxshi-likka yo’yib fikr bildiringlar,- deb amr qilganlar. 

 

Yomon o’ylash kishi niyati buzuqligi va fe’l-atvorini yomonligi, xulku odob ko’rmaganligini bildiradi. 



Buni shoir Abu 

Т

oyyib (a.r.) chiroyli ifodalagan: Damingdin yiroq tutmagil xushni Ki, yuzlanmagay 



har dam ofat senga. Ishing poyoniki zishtdurun bo’lgay, Uldurki, yomon ish bilamao’run bo’lg’ay. 

Kim xo’yi yomon bo’lsa, mashaqqatdur anga, Kim xo’yi aning yaxshi, g’animatdur anga. Agar 

kishining fe’li ayniqsa, yomonlikka yuzlansa, u hakdagi fikrlar ham yomonlashadi. Vaholanki, uning 

gumonlari tasdiqlanadi. Shunda yaxshi ko’rgan do’sti dushman bo’lib qoladi. Hatto dushmanlari ham, 

«Bu gu-monining ko’pligidan kunduzi ham qorong’u zimistonda yuradi»,- deydilar. 

So’raldikim, ne nimadurkim foydasi barcha xa-loyiqqa yetar, dedilarkim: «Yomonlarning yo’qligi». 

She’r: 

 

Ne fe’liki keldi birovdin yomon,  



Yomonlik ko’rardin anga yo’q amon.  

G’olib dushmandin har dam g’ofil qolma,  

O’chirolmas isyon o’tin o’z haramingga solma.  

Qabohatdan yuz o’gir! Uni ko’paytirma!  

Yaxshi do’st va ezgu ishlaringni ko’paytir!  

 

Dushmaningni hiyla-makrlariga yaxshiliging kifoya bo’ladi. Ammo dushmaning makr qilganini 



bilsang, sen unga makr qilma! 

 

Shayxul islom Umayd Abul Fatx al-Bosniy (a.r.) hazratlari shunday deganlar: 



-Har zamon, har makonda aqlli inson johil va ilm, kasb axlining qadriga yetmaydiganlardan salomat 

bo’lmaydi. Bular ahli ilm, ahli kasblarni zulm bilan, mushki-lotlar bilan xorlaydi, behurmat qiladi. Kim 

aql va ilm ahli bo’lsa, jang qilishni o’rniga tinchlik hamda murosani ihtiyor qilsin! Salomatlik va 

ehtirom yo’lini tanlasin! O’ziga sukut, jim turishni afzal ko’rsin!  

 

Qur’on karim oyatlarida Alloh taolo mo’’minlarni madh etib: 



«Ular yer ustida kamtarona yururlar va agar jo-hillar ularga gapirsalar: «Salomat bo’linglar! Omon 

bo’linglar!» - deydilar»,- deb, bu holda inson o’zini qanday tutishi kerakligiga irshod berdi. 

 

 


Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə