Microsoft Word islom karimov jahon moliyaviy inqirozi ziyouz com doc



Yüklə 138,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix20.03.2023
ölçüsü138,21 Kb.
#102868
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
24b68e023e8a235f6847c90ec9a53f3d JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI

Uchinchidan,
dasturning asosiy vazifasi — qishloqda sanoat ishlab 
chiqarishi va qurilishni jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorva 
mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnika hamda 
texnologiyalar bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish chora-
tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
Bu borada vazifa keng miqyosda qo‘yilmoqda — ya’ni, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan qishloqda 
ixcham texnologiyalar bilan jihozlangan yangi, zamonaviy qayta ishlash 
korxonalarini shakllantirish va ularning keng ko‘lamda faoliyat yuritishi 
uchun har tomonlama mustahkam xom ashyo bazasini tashkil etish zarur. 
Bunday ishlab chiqarish quvvatlari har bir viloyat, tuman va qishloqda 
barpo etilishi darkor. Bu nafaqat ishlab chiqarishning yangi hajmlari va 
yalpi ichki mahsulotni oshirish, avvalo oziq-ovqat ishlab chiqarishni 
ko‘paytirish imkonini berishini aniq-ravshan tushunib olishimiz zarur. 
Chunki oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj hamisha yuqori bo‘lib, bu 
ehtiyoj bundan buyon ham ortib borishiga shubha yo‘q.
Eng muhimi, qayta ishlash korxonalarini tashkil etish orqali biz 
avvalambor ish o‘rinlariga talab doimo katta bo‘lgan qishloqlarda 
yoshlarni ish bilan ta’minlash muammosini hal etish imkoniyatiga ega 
bo‘lamiz.
To‘rtinchidan, 
2008—2012 yillarda sug‘oriladigan yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-
tadbirlar tizimining izchil amalga oshirilishiga — ya’ni, ekin 
maydonlarining meliorativ ahvolini yaxshilash, faoliyat ko‘rsatayotgan 
irrigatsiya-melioratsiya ob’yektlarining tegishli texnik holatini ta’minlash, 
ixtisoslashgan suv xo‘jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlarining 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika bilan 
jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratish darkor. 

Yüklə 138,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə