Microsoft Word islom karimov jahon moliyaviy inqirozi ziyouz com doc



Yüklə 138,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix20.03.2023
ölçüsü138,21 Kb.
#102868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
24b68e023e8a235f6847c90ec9a53f3d JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI

Birinchidan, 
moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun 
dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning 
muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va 
xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab 
mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi 
mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. 
Ikkinchidan,
avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon
moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan 
isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z 
korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho 
qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar 
faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi. 
Uchinchidan, 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi
miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha 
omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-
valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining 
qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el 
va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, 
oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va 
pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya 
va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq.
To‘rtinchidan,
jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, 
uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida 
va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-
tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan 
uyg‘unligiga bog‘liq. 
2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 
foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan 
sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib 
borayotganini tasdiqladi. 
Ushbu sammitda bo‘lib o‘tgan muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, bugun 
jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida so‘z borayotgani yo‘q, 
balki undan qanday qilib chiqish yo‘llari izlanmoqda, xolos. Ya’ni, bu 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
masalada vaziyat shu darajaga yetdiki, endi avvalgi marralarga qaytish 
haqida so‘z yuritishga asos yo‘q. 
Muhokamalarda inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo‘yicha 
sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois 
ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan 
oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab 
chiqish haqida gapirishga hali erta ekani ayon bo‘ldi. 
Shu bilan birga, mazkur sammitning bo‘lib o‘tgani, unda jahon moliya 
inqirozi bilan bog‘liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama 
qilinganining o‘zi umid uyg‘otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz. 
Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan 
ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning 
moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli 
ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga 
bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q, deb o‘ylayman. 
O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya 
modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni 
amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" 
deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan 
urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n 
va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish 
jarayonida tadrijiy yondashuvni, 

Yüklə 138,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə