Microsoft Word islom karimov jahon moliyaviy inqirozi ziyouz com doc


"Yangi uy qurmasdan turib, eskisini



Yüklə 138,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix20.03.2023
ölçüsü138,21 Kb.
#102868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
24b68e023e8a235f6847c90ec9a53f3d JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI

"Yangi uy qurmasdan turib, eskisini
buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil 
va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik.
Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib 
qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan 
davlat bosh islohotchi sifatida 
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq 
belgilab oldik.
Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan 
holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan 
muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan 
boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini 
to‘la oqladi. 
Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit 
tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va 
tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi 
mavjud ekanini ta’kidlash joiz. 
Ayrim misollarga to‘xtalib o‘tsam. 
Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan 
jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar 
likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning 
keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul 
mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi. 
Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori, 
"Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari 
to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan 
holda, 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik 
yurituvchi sub’yektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan
2,4 barobar ko‘p demakdir. 
Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, 
bugungi kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini 
davlat tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda. 
Shu borada 2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati 
xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va 
270 dan ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga 
xizmat qilmoqda. 
2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi 
va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 
Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72 
milliard so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish 
haqida qaror qabul qilindi. 
Yana bir masala — tashqi qarz va uni uzish muammolari bilan bog‘liq. 
Shuni aytish kerakki, ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi 
puxta o‘ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga 
qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib 
qo‘yganini ko‘rish, kuzatish qiyin emas.
O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli 
spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq 
muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo 
amal qilib kelmoqda. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
Shuni ham qayd etishni istardimki, qarzni o‘z vaqtida qaytara olishga 
qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan paytlarda muayyan 
loyihalarni kreditlash 
bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan 
holatlarimiz ham bo‘ldi. 
Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining 
holati va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda hech qanday xavotirga 
o‘rin yo‘q. Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy 
inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda 
himoyalanganini ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov qobiliyatiga ega hamkor 
ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har 
tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda. 
2007—2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari 
hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi. 
Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va 
ichki investitsiyalarni hisobga olganda, kapital qo‘yilmalarning umumiy
hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil 
etadi.
Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish 
hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining 
oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. 
Bu esa el-yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid 
qobiliyatini 
oshirishni ko‘zda tutadigan eng muhim ustuvor 
maqsadlarimizga to‘la mos keladi. 
Tabiiyki, yuqorida keltirilgan misol va raqamlardan 

Yüklə 138,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə