Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Korxonalar moliyaviy faoliyat natijalari statistikasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114
iqtisodiy statistika

 
3. Korxonalar moliyaviy faoliyat natijalari statistikasi 
Hozirgi bozor sharoitida juda ko‘p korxonalar qimmat baho qog‘ozlar 
operatsiyalarida 
(investitsiya 
tarzida, 
oldi-sotdi 
bozorida 
va 
boshqa 
operatsiyalarda) hamda bank operatsiyalarida qatnashadi. Korxonalar bunday 
faoliyatlardan daromad olishlari yoki zarar ko‘rishlari mumkin. Moliyaviy faoliyat 
daromadlariga olingan foizlar, dividentlar, chegirmalar, chet el valyutasi kursi 
ko‘tarilishidan olingan daromadlar, bank faoliyatidan olingan foizlar va shu kabilar 
kiradi. 
Moliyaviy zararlarga to‘langan dividentlar, foizlar, valyuta kursining 
pasayishidan ko‘rilgan zararlar hamda aksiyalarni chiqarish , saqlashdagi harajatlar 
kiradi. Shunday qilib, korxonananing umum xo‘jalik faoliyat foydasi (UmFF) AFF 
ga moliyaviy faoliyatdan olingan (MD) foydani qo‘shib, moliyaviy faoliyatdan 
ko‘rilgan zararni (MZ) ayrilganiga teng. 
UmFF = AFF + MD – MZ 
Ayrim paytda korxonalarda favqulodda daromad (foyda) yoki zararlar ham 
bo‘lishi mumkin. Bunday favqulodda foyda va zararlar juda katta tabiiy ofatlar, 
urushlar, davlat to‘ntarish natijasida bo‘lishi mumkin. 
Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevralda tasdiqlagan Nizomda 
favquloddagi foyda va zararlar ko‘rsatilgan. Korxonaning UmFF ga favquloddagi 


138 
foyda qo‘shilib, favqullodagi zarar ayrilib tashlansa, korxonananing soliq 
to‘laguncha bo‘lgan foydasi kelib chiqadi. 
UmFF + FF = FZ = STF 
STF – soliq to‘laguncha foyda. 
FF – favqulodda foyda
FZ – favqulodda zarar 
Korxonalar regulirovka qilingan bu foydasidan daromad solig‘i va boshqa 
soliqlar to‘lanadi. Qolgan summa korxonaning sof foydasi yoki zarari bo‘ladi. 
Bu summani korxona qanday mulk shakli bo‘lishiga qarab taqsimlaydi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə