Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


Mavzu XXI. KORXONALARDA MOLIYAVIY



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114
iqtisodiy statistika

Mavzu XXI. KORXONALARDA MOLIYAVIY
 
 
NATIJALAR STATISTIKASI 
Reja: 
 
1.
Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy natijalar statistikasi ahamiyati va 
vazifalari. 
2.
Korxonalar asosiy faoliyat moliyaviy natijalari 
3.
Korxonalar moliyaviy faoliyati natijalari statistikasi 
4.
Korxonalarda rentabillik ko‘rsatkichlari statistikasi
1. Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy natijalar
statistikasi ahamiyati va vazifalari 
 
Bozor munosabatlari sharoitida turli mulk shakliga asoslangan xo‘jalik 
yurituvchi korxonalar ko‘paydi. Ayniqsa kichik va o‘rta biznes bilan 
shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar juda ko‘p tashkil bo‘ldi. Ikkinchi tomondan bu 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qonunda taqiqlanmagan turli faoliyat bilan 
shug‘ullanishi mumkin. Keyingi yillarda turli qimmatbaho qog‘ozlar muomalaga 
chiqarildi. Ularning bozori tashkil qilindi. Natijada barcha xo‘jalik yurituvchi 
korxonalar raqobatli sharoitda bankrot bo‘lmaslik uchun faoliyat harajatlarini 
korxonalar olayotgan barcha daromad va harajatlarni statistik hisobot 5S shakli 
«Korxona sarf-harajatlari to‘g‘risidagi hisobot» hamda buxgalteriya hisobotining 

2 shakli «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» va boshqa operativ 
axborotlarda ko‘rsatadi.
Korxonalar qonunda ta’qiqlanmagan, ustavida ko‘rsatilgan turli faoliyat 
bilan shug‘ullanishi mumkin. 
Hisobotlarda korxonalarning asosiy faoliyatidan olingan daromadlari
umumxo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlari, moliyaviy faoliyatdan olingan 
daromadlari va favquloddagi foyda va favquloddagi zararlari alohida ko‘rsatiladi. 
Daromadlari bilan harajatlarini qoplash va ma’lum darajada faoliyatlarini 
rivojlantirishi uchun foyda olishlari lozim. Hozirgi sharoitda barcha korxonalar 
foyda olmasa bankrotlikka uchraydi va faoliyatini tugatadi. Shuning uchun ham 
korxona rahbarlari moliyaviy natijalar shakllanishi tartibini yaxshi bilishlari, ularni 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini tahlil qila bilishlari lozim. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə