1. Yalpi foydaning taqsimlanishi



Yüklə 221,76 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü221,76 Kb.
#135177
1. Yalpi foydaning taqsimlanishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Iqtisodiyot nazariyasi  fanidan
Oraliq Nazorati
Bajardi : IM-90/21 guruh talabasi
Baxromov Samandar
Tekshiruvchi: Allaberganov Z


1.Yalpi foydaning taqsimlanishi.
Yalpi foyda -bu korxona pull daromatlaridan ishlab chiqarish harajatlarini ayirsak yalpi foida kelib chiqadi
Formulasi :
F-i.ch.h =Yalpi foida
Y(f)-R-Ф-C-X.Fa=Sof foyda
Y(f)—Yalpi foida
R—renta
Ф—Kredit foizlari
C—soliqlar
X.Fa—Xayriya va boshqa fondlarga ajratmalar
Yalpi foida shunday taqsimlanadi (renta,kredit foizlar,soliqlar,xayriya va boshqa fondler va sof foida)
Buxgalteriya foidasi bu sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarish tashqi harajatlarini chiqarib tashash natijasida topiladi.shu sababdan buxgalteriya foidasi iqsodiy foidadan ichki harajatlariga ko’roq.Bunda ichki harajatlar har doim oz ichga normal foidani ham oladi.
2) xrapovik samarasi shunga asoslanadiki narx osonlik bilan oshadi lekin qiyinchilik bilan pasayadi .Shu sababli narx darajasini ortishi narx darajasini ko’taradi lekin talab kamayganda narxni tushushinni kutish mumkun emas .BUNGA sabablardan biri korxonani umumy harajatlarini (70-75%)ni ish haqi tashkil etadi va bu harajatlarni kamaytirmadilar chunki oz ish haqi ishchining mehnat unumdorlikini pasytiradiyana ishchilar asosiy qismi shartnoma bilan ishlaydi va larni kamaytirib bo’lmaydi.Narx tushmaslikini sabab laridan biri Juda ko’pchilik korxonalar yetarli darajada manapol mavqeyga ega bu esa ulani talab kamayganda narxni tushushini pasaytiradi
3)YMM-mamlakatning resurslari(yer,mehnat,kapital,tadbirkorlik) qayerda joilashganidan qati nazar ,ular evaziga milliy ishlab chiqarish ular tamonidan yaratilgan pirovat maxsulot kiymati (olingan daromatdan) iborat.

Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi umumiy va buxgalteriya xarajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi tasvir orqali yaqqolroq tasavvur etish mumkin.

2. Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi.
Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Eks­tensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarf­lamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish or­qali erishish mumkin.
Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ushbu Farmoishni qabul qildi


3.
A)

Ishlab chiqarilgan mahsulot

Fc

VC

TC

MC

AFC

AVC

ATC

0

120

0

120

-

-

-

-

1

120

90

210

80

120

90

210

2

120

170

290

70

60

85

145

3

120

240

360

60

40

80

120

4

120

300

420

70

30

75

105

5

120

370

490

80

24

74

98

6

120

450

570

90

20

75

95

7

120

540

660

110

17,1428571

77,1428571

94,2857143

8

120

650

770

130

15

81,25

96,25

9

120

780

900

100

13,3333333

86,6666667

100


B)
D)
Yüklə 221,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə