Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Muomala harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114
iqtisodiy statistika

3. Muomala harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar 
 
Toshkent rahbarlari, mutaxassislar muomala harajatlarini o‘rganib, tahlil 
qilib, ular summasini kamaytirish, iqtisodiy tejamkorlikga erishish, ayniqsa savdo 
sifatiga ta’sir qilmaydigan unumsiz harajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini 
topishlari lozim. Buning uchun muomala harajatlariga ta’sir etuvchi omillarni 
hisobga olish zarur. Muomala xarajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillarni 
quyidagicha guruhlash mumkin. 
Tovar aylanmasi hajmiga bog‘liq omillar. Savdo tashkilotlarining tovar 
aylanmasi hajmi ko‘payishi bilan, harajatlar summasi ham ko‘payadi, lekin 
ularning darajasi (o‘zgarmas harajatlar hisobiga) pasayadi. Shuning uchun ham 
savdo tashiklotlari ko‘proq tovarlarni sotishga harakat qilishlari lozim.
Tovar aylanmasining tarkibiga bog‘liq omillar. Ma’lumki iste’molga juda 
ko‘p tovar turlari lozim. Ular savdo tashkilotlarida sotiladi. Ularning muomala 
harajatlari turlicha. Masalan hajmi katta tovarlarni (mebelga o‘xshash) transportda 
tashishga boshqa tovarlarga nisbatan ko‘p harajat qilinadi. 100 so‘mlik shakarni 
sotishga nisbatan bir necha baravar ko‘p harajat (tashib keltirish, saqlash, sotish) 
qilinadi va hokazo. Tovarlar narxlari va tovar aylanishining tezligi bilan bog‘liq 
omillar. Tovar aylanmasi summasi sotilgan tovarlar miqdori (q) va narxlarga (p) 
juda bog‘liq. Tovarlar narxlari pasaysa, muomala harajatlari darajasi ko‘trariladi, 
chunki transport harajatlari, asosiy vositalar eskirishi va ularni saqlash kabi 
harajatlar o‘zgarmasdan qoladi. Narx kamayishi bilan sotilgan tovarlar miqdori 
o‘zgarmasa ham tovar aylanmasi hajmi kamayadi. Natijada harajatlari darajasi 
ko‘tariladi. 
Muomala harajatlari darajasiga tovarlar aylanish tezligi ham ta’sir qiladi. 
Tovarlar aylanish tezligi oddiy aytganda ma’lum davrda avvalgidan ko‘proq 
hajmdagi tovarlarning sotilishidir. Tovarlar aylanuvchanligi tezlashganda umuman 


134 
nisbatan barcha harajatlar, ayniqsa olingan kreditlar uchun to‘lanadigan foizlar, 
tovarlarni saqlash, ularning nobudgarchiligi bilan bog‘liq harajatlar kamayadi. 
Natijada, muomala harajatlarining darajasi pasayadi. Shuning uchun ham tovarlar 
ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga mos ravishda kichik hajmdagi qadoqlangan 
tovarlarni ko‘proq ishlab chiqarsa, tovar aylanuvchanligi tezligiga ijobiy ta’sir 
qilishi mumkin.
Umuman muomala harajatlari darajasiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. 
Ularga boshqarishning mukammalligi, ishni tashkil etish, xodimlar mutaxassisligi 
va tajribasi, tovarlar harakati, savdo tashkilotining moddiy-texnika bilan 
ta’minlanganligi, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ko‘rsatgan xizmatning sifati 
(transport, gaz, elektroenergiya, aloqa va shu kabilar) va boshqa shu kabi omillar. 
Tashkilot boshqaruv apparati (firma rahbariyati) harajatlarni muntazam nazorat 
qilib borishlari xo‘jasizlarcha bo‘ladigan harajatlarga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə