|
![](/i/favi32.png) Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com docwww.ziyouz.com
кутубхонаси
32
deb hisoblagin.
Ko'zgu qanchalik ravshan bo'lsa, aks ham shunchalik benuqson namoyon bo'ladi.
LXXVII
Iskandarning elchilikka borganligi hikoyati
Bir kun Iskandar shunday qarorga kelib, o'zini o'zi elchi deb tayinladi. Uning bu ishi
xuddi Simurg' (qushlar podshosi)ga noma eltuvchi kabutarni eslatardi, ya'ni u shoh
maktubini olib boruvchi elchi vazifasini bajarishi lozim edi. U o'sha elchi borishi kerak
bo'lgan mamlakatga elchilarga xos tartibda yetib bordi va u yerdagi kishilarga
"Iskandarning so'zi budir.." deb aytdi. Qizig'i shuki, uning o'zi Iskandar edi. U xuddi
elchilardek so'z bayon etar, o'zi o'z hukmini ularga yetkazar edi. Xalq uning Iskandar
ekanligini qayerdan bilsin?! Hamma uni mamlakat hokimining chopari deb hisoblardi.
Elga sanoqsiz farmonlar yetkazib, elchi sifatida o'z maqsadini amalga oshirdi. Bu holatni
xalqning mingdan biri ham bilmadi, hech kirn bu parda naqshida qanday maqsad bor
ekanligini payqamay qoldi.
Sen ham shoh haqida so'z yuritasan, unga erishmoqni istaysan, ammo quruq
cho'pchak aytish bilan bunga erishib bo'larmidi?
Qushlar shu tarzda bu so'zlardagi pardali ma'no va sirlami bilib oldilar. Hamma o'z
maqsadlariga erishish yo'lini bilib, istagan narsalariga bo'lgan muhabbatlari yanada
ortdi. Shunday qilib, peshvo Hudhud iliq so'zlar aytib, begonalarni oshno etadi.Yana
qushlarning barchasi unga shunday savol bilan murojaaj qilishdi:
- Ey to'g'ri yo'l ko'rsatish amrida sohibjamol! Biz haddan tashqari zor va zaif, joni
kuchsiz, tani ozg'in va nimjon bir to'damiz. Oldimizda turgan ish nihoyatda ulkan, yo'l
esa juda olis, unda xavf-xatar ko'p. Biz bu yo'lni qanday bosib o'ta olamiz.
LXXVIII
Qushlarning bu yo'l ahvoli haqidagi savoliga Hudhudning javobi
Hudhud qavmga shunday javob berdi:
— Bu haqdagi to'g'ri fikr quyidagicha: ya'ni bu yo'ldagi eng oliy sifat ishqdir, ishq alili
esa maslahat berishdan yiroq bo'ladi. Kimki oshiq bo'lsa, u o'z jonidan qo'rqmaydi! Yoki
imondan kechib, kofir bo'lishdan ham toymaydi! Agar oshiq o'z jononiga erishmoqchi
bo'lsa, bu yo'lda jonu jahondan voz kechmog'i osondir! Go'yoki birov yo'lda choh uchrab
qolganday jon ham oshiq yo'lidagi to'siqdir. Oshiq kishi hatto tan va jondan ham, aqlu
hushu kufru imondan ham ajralgan bo'ladi.
Ishq olamga o't soluvchidir, jonni yondiruvchi ham - o'sha! Uning shavqi o'ti kufr va
imonni kuydiradi. Oshiq bo'lgan kishi oru nomusdan ham, mazhabu imondan ham,
islomdan ham voz kechadi. Ishqqa faqat shavq, yonish va dard munosibdir. U chaqmoq
kabi jahonni qamraydi. Kimni dard va ishq istilo qilgan bo'lsa, uning uchun jon tark
etmoq avlodur! Kimningki jonon tomonga royi bor, jonga ofat yetmog'idan ne parvoyi
bor?! Ishq ishi g'amli kechalarda dard chekish va yonishdir; jahonni shu'lalantiruvchi oh
unga sham vazifasini o'taydi. Ishqda yonishdan faqat dard paydo bo'ladi, chunki dardga
ega bo'lmasdan turib, jonni fido qilish mumkin emas.
Ey mutrib, dardli bir qo'shiq ayt! Soqiy, bedardligimdan halok bo'lmoqdaman! Meni
zor etish darajasiga olib boradigan dard jomidan tut, toki undan ishq dardi ko'nglimga
ta'sir etsin! Men uni ichib, jondan kechay, aqlu hushu dinu imondan kechay! Kofirlar
mayxonasi ichra maskan tutay, belimga zunnor bog'lab. bo'ynimga but osay! Mayxona
piri oldida o'zimni mast aylab, Qur'onni o'tda kuydiray va butparast bo'lay! Ishq
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Dostları ilə paylaş: |
|
|