Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
49
LXXXV 
Hudhudning javobi 
O'z qarshisida turganlarga Hudhud javobi shunday bo'ldi: 
— Chunki menga Sulaymonning ko'zi tushgan. Haq taolo unga nazar solib, uni ham 
payg'ambar, ham toj egasi etgan, unga lujf ko'rsatib, olamdagi barcha jinlar, insonlar
yovvoyi hayvonlar va qushlarga shoh etib tayinlagan edi. Shunchalik davlat sohibi va 
taxt egasining iltifotiga men kabi bir haqiru faqir sazovor bo'lgan edim. Mendagi bu 
qadar yuksak izzat, boshim ustidagi baland martabalik toji ana shu tufaylidir. Zeroki, 
pok yurakli kishilar kimgakim nazar tashlar ekan, bu nazar tuproqni kimyoga aylantiradi. 
LXXXVI 
Shayx Najmiddin Kubroning so'zi va itga tushgan ko'zi haqida 
Shayx Najmiddin Kubro o'z zamonasining peshvosi hisoblanar edi. Agar u biron 
kishiga o'z nazaridin bahra yetkarib qarasa, ko'zi valilik nuri bilan yorishib ketar va shu 
ondayoq o'zligidan ayrilar edi. Bu sifatda uning ishi shu darajaga yetdiki, agar uning 
ko'zi kimga tushsa, o'sha kishi vali bo’lar edi. 
Bir kuni sukr vaqtida uning nazari bir itga tushdi. U oshnolik mazasini tatib ko'rgach, 
itlik siyratidan voz kechdi. Shayx oldiga o'z boshini qo'yib, umidvorlik bildirdi va shu 
tariqa itlar orasida sarfaroz bo'ldi. Bu it shaharning qaysi tomoniga qadam qo'ymasin, 
boshqa itlar uning atrofini to'da-to'da bo'lib o'rab olishadi. U qayerda o'tirsa, itlarga shoh 
bo'lar, itlar esa uning tevaragida xuddi sipohlardek halqa tortib turardilar. 
Kunlardan bir kun qazodan itning boshiga ajal yetib, u vafot etdi. Uni Shayx eshigi 
yaqinida go'r qazib, o'sha yerga dafn qildilar va qabrini xuddi insonlarniki kabi belgilab 
qo'ydilar. 
Itlar uning motamida ko'p fig'on tortib, qabri atrofida makon tuttilar. Hozir ham uning 
qabriga sig'inuvchilar yuz qo'yib, sidq yuzasidan niyozmandlik qilishadi. Uning qabri shu 
kunlarda ham hokimi baxtiyor hisoblanadigan Xorazm mamlakatida mavjud. 
Olamda bundan ham qiziqroq so'z eshitilganmi? Ya'ni saodat ahli itga ko'z tashlasayu 
bu nazar itga yaxshi natija yetkazib, uning zotiga kishilik asarini bersa! Bu inoyat unga 
faqat kishilikdan nishon beribgina qolmay, valilik nuri nash'asidan ham darak bergan 
boisin! 
Agar validan itga shunday tarbiyat yetgan bo’lsa, qushga ham payg'ambardan 
shunday tarbiyat yeta olishiga ajablanmasa ham bo’ladi. Agar qushga ham payg'ambar 
lutf ko'rguzsa, olamdagi barcha qushlar unga tobe' bo’lsa ne ajab?! Shu qabildagi qissa 
qadimdan ham mavjud, bunga "Ashobi kahf''("G'ordagi birodarlar") voqeasi dalil bo'la 
oladi. Chunki Alloh inoyat etsa, bu inoyat it yoki qushga nasib etsa nimasi ajablanarli, 
axir! 
LXXXVII 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi faryod bilan shunday dedi: 
— Ey barcha qushlarga yetakchi va amir! Yo'l qattiq, men esa zaif va notavonman. 
Pashsha anqo tomon yo'lga ravona bo'la olmaydi-ku. Har nafas bu yo'lda yuz xil qayg'u 
duchor bo'lmoqda, har dam unda yuz tuman azobu uqubat zohir bo'lmoqda. Unda balo 
tog'idan so'qmoqlar bor. Yo'ldagi gardlar ko'zga ajal tuprog'ini sepadi. Undagi tog' uzra 
uvillagan shamollar toshlarni tuproq kabi sovuradi. Sher ham bu yo'l azmiga jur'at eta 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə