Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy  www.ziyouz.com



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   111
 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
61
CXIII 
Hikoyat 
Naql qiladilarki, yuksaklik cho'qqisining yulduzi, ulug' elchi Sulaymon payg'ambar 
kunlardan bir kun taxt ustida dam olib o'tirar edi. Dev va parilar uning farmoniga 
muntazir bo'lib turishar, olamdagi barcha maxluqot: insonlar, yovvoyi hayvonlar va 
qushlar uning xizmatida qo'l qovushtirib turardi. Bularning bariga uning farmoni nufuzli 
bo'lib, barchasi uning ehsonidan umidvor edilar. 
Oldida bir oqil odam xomush jim turardi. Shunday holatda payg'ambar qoshiga bir 
malak uchib keldi. U osmon jallodi - jon oluvchi Azroil edi. U payg'ambarga ta'zim va 
salom bajo keltirgach, shunday arz qildi: 
- Ey karamli kishilar faxri! Ilohiyot hikmati nihoyatda maxfiy bo'lib, undan aql 
hayratga tushadi. Oldingda turgan mana bu aziz kishi o'lishga hukm etilgan. Umrining 
ajal paymonasi to'lib, yuqoridan hukm keldi, men uning yoniga shu soat qatl tig'ini 
sanchib, Hind iqlimida uning jonini olishim kerak. Ushbu ishdan bag'oyatda hayratdaman 
ham 
dam-badam o'zimdan vahimaga tushmoqdaman. 
Azroil shu so'zlarni aytaversin, payg'ambar oldida turgan boyagi notavon kishi kelib
yer o'pdi va ko'z yosh to'kkan holda shunday dedi: 
- Ey ulug' payg'ambar! Bugun o'z holimga behad hayronman, o'lim vahimasidan 
benihoya parishonman.
Shunday bir chora qilki, men bu mamlakatda bo'lmayin, chunki ko'zim vahimadan 
qorong'ulashib ketmoqda. 
Shunda Sulaymon shamolga: "Uni havas qilgan joyiga olib bor! Qayerda to'xtashni 
istasa, o'sha yerga qo'y va ko'nglidan xijillikni daf qil!" deb buyurdi. Shamol uni barcha 
a'zoyi badaniga g'avg'o solgancha tez uchirib olib ketdi. Boyagi kishi shamolga Hindiston 
tomonga uchishni ishorat qildi va shu yerga yetgach, undan nariga o'tmadi. Va shunday 
dedi: "Shu yerda menga dam ber, chunki bu er menga yoqib qoldi". Shu so'zlarni aytib, 
suvori pastga tushdi, uning tez uchuvchi oti - shamol o'z yo'lida davom etdi. Shu payt 
bu yerga Azroil etib keldi va Alloh qudratiga ko'p ofarinlar aytib, uni marhumlarga yaqin 
qildi. Kimdakim shamol bilan birga yelib-yugursa ham jonini olish Azroilning ishidir. 
CXIV 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi so'radi: 
- Ey zoti pok! Men umrim boricha tirishdim, ammo maqsadimga yeta olmadim. 
Ko'rgan-kechirganim g'amdan iborat bo'ldi. Bu yo'ldan boruvchi dunyo mashaqqatlarini 
kam tortgan xurramdil odam bo'lishi kerak. Ammo meni tirikchilik tashvishlari g'amgin 
qilib qo'ygan. Jonim har doim bir g'am bilan jarohatlanadi. Qaysi ko'ngilxushligim bilan 
bu yo'lni bosib o'tay, axir? Ko'ngli xushlar boradigan joyga men bora olamanmi? 
CXV 
Hudhudning javobi 
Hudhud unga dedi: 
- Ey g'amgin tabiatli! Qismat sening zotingga g'amni bahona qilib ko'rsatishni yozibdi. 
Bu vodiyni bosib o'tish uchun, shubhasiz, haqiqiy erlar g'amga yo'l ozig'i sifatida 
qaraydilar. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə