Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
62
Yo'l g'amini chekish mard kishilarning ishidir. Yo'lda g'amsiz kishini kishi deb 
atamaydilar. Mardlar g'amginlikdan shod bo'ladi, bu xil tutqunlik ular uchun ozodlik bilan 
teng. Mashaqqat ostida yotgan bu jahon boshdan-oyoq g'am manzilidir, unda har bir 
toifadagi kishi biron-bir g'amga mubtalodir. Olam ahli ko'nglida g'ami bo'lsa, muhimi 
odamlar g'amidir. Ammo ahli yaqinlar yo'l g'amidan doimo hazir bo'ladilar. Agar 
kishilarga avvalgi g'am, ya'ni olam g'ami man' etilgan bo'lsa, odamiylik uchun keyingi 
g'am - odam g'amini yeyish maqsadga muvofiqdir. Bordiyu sen burungi g'am qo'lida 
xoru zorlik tortgan bo'lsang, ey g'amgin, bu yo'lga kirib, o'zingni xursand qil. 
So'nggisidan g'amgin bo'lsang, shod bo'l, chunki ko'ngil undan obod bo'ladi. Muhabbat 
ahli g'amdan shod bo'ladi, negaki nomurod bo'lmoqlik ular uchun ayni murodning o'zidir. 
Maqsad murodga yetishmoq uchun yo'l g'amini chekish kerak, faqat shu g'amgina 
ko'ngilga najot bag'ishlaydi. Kimda bu g'am yo'q ekan, u er kishi emasdir. Chunki g'am 
ozuqasi bilangina bu yo'lni bosib o'tish mumkin. 
CXVI 
Hikoyat 
Misrda bir oliy himmatli kishi bo'lib, u ma'no olamining sohib davlati edi. Unda aysh-
ishrat qihsh uchun ja'miki narsa tayyor edi. Bu borada nimani o'ylagan bo'lsang, unda 
bundan yuz marta ortiq bor edi. U jannatmakon qasr ichida manzil tutgan bo'lib. hurlar 
kabi eo'zal bir mahbuba bilan ulfat edi. Lekin u oliy sifatli pok zot bularning barchasiga 
beiltifot qarardi. Hajr zindonida qolgan Yusuf kabi unga ham doimo dard va g'am 
chekish yor edi. 
Undan so'radilar: 
— Ey ko'ngli qayg'uga sherik bo'lgan pok zot. Bizga bu yashirin siringni ravshan et! 
Senda shuncha ko'ngil ochuvchi shodlik asboblari muhayyo bo'la turib, nechun xotiring 
xurram emas? Nechun g'amdan o'zga narsani ko'ngling hamdam etmaydi. 
U shunday dedi: 
— Yo'l ahli uchun bu jahon zindondir, chunki uning istagani ko'zdan yashiringan. 
Asosiy ish shuki, inson ko'ngil istaganiga yetishga qadar barcha yo'lni bosib o'tishi lozlm. 
Zindonda ham kishi xurram bo'ladimi?! Kishi g'amxonada beg'am o'tira oladimi? Men 
haqiqiy yorimdan ayriliqda armon chekaman, shuning uchun garchand Eram bog'ida 
bo'lsam-da, o'zimni zindonda deb hisoblayman. Uning vasli gulzoriga yetishmagunimcha 
g'am tashvishidan xalos bo'la olmayman. 
CXVII 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi so'radi: 
— Ey benazir! Men haq amrini bajo keltiruvchiman. Men uning farmoniga doimo 
muntazirman, bundan u qahr qiladimi, ehson ko'rsatadimi, men uchun ban bir. U har 
qanday ish buyursa, men uni ado qilaman, rad etsa ham, qabul qilsa ham uning o'zi 
biladi. U nima buyursa, yozu qish o'shani bajaraman, rad yoki qabul qilishi bilan mening 
ishim yo'q. Mening odatim amriga itoat etish bo'lib, uni ado qilsam, o'zimni baxtli deb 
bilaman. 
CXVIII 
Hudhudning javobi 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə