Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111
 

Hikoyat 
Shunday bir naql bor: xaloyiqqa saodat yulduzi bo'lgan payg'ambar bir kuni eldan 
farog'at istab, bir xilvatga kirib, bir oyog'ini uzatib o'ltirib edi. Uning huzuriga ba'zi 
zodagon suhbatdoshlardan, ba'zi aziz va ayrim sharif do'stlaridan kirib borishdi. 
Payg'ambar avzoida o'zgarish bo’lmadi. U bemalol yaxshi xayollar bilan tin olib o'tirdi. 
Biroq xonaga Usmon kirgach, millat shami uzatgan oyog'ini yig'ib oldi. Chunki Usmon 
juda hayoli kishi bo'lib, Rasulning u holidan ahvoli o'zgarishi mumkin edi. Shunday 
Payg'ambar hurmatini joyiga qo'ygan zot haqida har qanday kimsalar har nima desalar 
behudadir. 
XI 
Mo'minlar amiri Ali (Alloh uning ruhini yarlaqasin) maqtovida 
U ilm daryosi va valiylik gavhari bo'lib, olam ahli orasida noyob bir kishi edi. U 
payg'ambarlar boshlig'iga farzand, odamlar ichida tengi yo'q zotdir. Makka tomidan 
Hubal butini tushirayotganda, egni hazratning oyog'iga zina bo'lgandir. Payg'ambar 
qatldan qochgan paytda, u jonidan kechib, uning o'rnida turgan edi. Uning zoti olam 
vasflari bilan ziynatlidir. Zotan birov biladi, birov kashf etadi. 
U din ahli orasida mo'minlar amiri va taqvodorlar orasida taqvodor imomdir. Ilm 
sharhi va nabiylikda yetukligi uchun uning vasfida Alii bobaho deyishgan. Duldulining 
yugirishi yashinga o'xshaydi, zulfiqoridan yov qon ichra g'arqdir. Nabiylar shami bilan 
uning ahdi shunday bo'lgan: men senikiman, sen menikisan."Go'shtim go'shtingga'' 
iborasi ham uning sha'nida aytilgan. U taqdir o'rmonining haybatli sheri bo'lib, uning 
oldida sher qo'rqa-pisa titroqqa tushadi. U kofirlarga tegishli javobni bergan va 
pahlavonlik na'rasini urgandir. Payg'ambarning farzandi buning payvandi va buning 
farzandi uning farzandidir. 
XII 
Hikoyat 
G'azot janglarining birida, shunday naql qiladilarki, shoh dushmandan o'q yebdi. 
O'qning uchi suyagiga botib, hech tortib olishning iloji bo’lmabdi. Bu holni payg'ambarga 
aytganlarida, u to'g'ri yo'l ko'rsatish g'aznasi shunday depti: "'U namoz o'qiy boshlagan 
paytda o'qni tortib olish payida bo'lingiz. Jarohatning o'q uchi joylashgan joyidan 
kuchingiz yetganicha o'qni tortib olishga harakat qiling. U namozga shunday berilgan 
bo'ladiki, o'qni tortib olganlaringni bilmay qoladi". 
To'g'ri yo'l ko'rsatish shami shu so'zni degach, kishilar bu ishga kirishdilar va Alloh 
kushoyish berdi. Aytilganiga amal qilinib, shoh shom namozining salomini aytishi bilan
o'qni shunday tortdilarki, bir lahzada jarohatda na dardu na o'q uchi qoldi. 
U hayron bo'lib, voqeani surishtirgan edi, unga payg'ambarlar shohining ko'rsatmasini 
aytdilar. 
Haydari Karror bunga shukr qilib, bu ish sirini shunday aytdilarki: “Ajal o'qining 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə