Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
4
uyda quyosh balqib, u farzand chehrasida payg'ambarlik nuri zohir bo'ldi. 
Bu nur emas, Haq Taolloning o'z soyasi bo'lib, uning martabasi Quyoshdan ham 
yuksaldi. Din bayrog'i oftobdek ko'tarilgach, kufr zulmati undan bartaraf bo'ldi. Bu 
quyosh Bayt ul-haramdan chiqib, falakdan ham oliyroq martabaga erishdi. Bu yulduz 
nuri Makkada ko'ringach, barcha butlar tuproqqa bosh qo'ydilar. Kofirlardan kim bo’lsa, 
yuz tuban tushdi. Din bayrog'i falakdan yuqori yuksaldi, shariat tig'i qilichdan ham 
keskirroq bo'ldi. 
Uning ta'bi payg'ambarlikka qat'iy mayl qo'ygach, dini boshqa barcha dinlarni bekor 
qildi. Ra'yi mo'jiza shamini ko'rsatganda, uning yolqinidan koinot ravshan bo'ldi. 
Lotning o'z nuqsoniga yarasha holi xarob bo'ldi. Kofirlarga Allohdan boshqa Alloh 
yo'qligi ma'lum bo'ldi. Shundan boshlab xalqqa Allohdan boshqa Alloh yo'qligirii fasohatli 
tili bilan bayon etdi. "Allohdan boshqa Alloh yo'q" degan gapni atrof-tevarakka yuborgan 
Alloh payg'ambarining o'zidir. 
Zoti olam qutichasidagi toza durdir, balki u haqdan olamga yuborilgan Alloh 
rahmatidir. Uning o'zi pok, xotinlari pok, avlodlari pokdir: zoti pok, suhbatdosh-
izdoshlari pok va yaqinlari pokdir. Olam ahlidan to Qiyomat kunigacha unga, pok avlodi 
va izdoshlariga, so'ngra xizmatchilari va do'stlariga ham har lahza yuz maqtov va ming 
salomlar boisin! 
IV 
U payg'ambarlik oftobining anqo qushining balandparvozligi va haqiqiy mahbub 
visoliga yetib qush tili bilan so'zlashgani va sirlashgani 
Martabasi falakka yetadigan shohni Haq ko'k sari javlon qilishini istaganida, u tuban 
falak tashvishlaridan forig' bo'lib, o'z hujrasida yaxshi kayfiyatda o'tirardi. Uning oldiga 
ruhlar amini kelib, olam Allohining xabarini yetkazdi. Farishtaning bir qo'lida yashinday 
tez uchadigan buroq bo'lib, bu ulov bilan yashin ham bahslasha olmasdi. U dedi: "Ey 
Allohga joning bilan yaqin zot! Suyukli bo'lganing uchun vujuding bilan ham Allohga 
yaqinlashgin. Buroq keltirdim, suvori bo'lgin, toki bu feruza osmon gumbazi yo'Iing gardi 
boisin". 
Shoh otga mindi. Chunki u hukmning kimdan ekanini yaxshi bilardi. Qutli ulovi 
havolanganida, uning qadamidan falak eli bahramand bo'ldilar. Bu suvori sharafi tufayli 
yangi oy to'lin oyga aylandi. Ikkinchi osmonga bayroq sanchganida, Atorud qalamidan 
durlar sochila boshladi. Uning zotidan uchinchi maydon - osmon sharaf topgach, Zuhra 
musiqachilik qilib kuylay boshladi. U to'rtinchi samoga ot surganida, yulduzlar shohi - 
Quyosh undan o'ziga nur oldi. Buroqini beshinchi ko'kka surganida, Nahsi Asg'ar shu 
zahoti Sa'di Akbar bo'ldi. Sa'di Akbar tomon yo'li tushganida, uning nazaridan saodat 
nuri yo'naldi. Beshinchi ko'kka o'tganida, bechora hindi "Alloh nuri!" deb yubordi. Yana 
ikki vodiyni sayr etgach, sakkizinchi osmon qiblasi ko'rindi. Suvoriy nuri ta'siridan 
Savrga Asad (sher) xususiyati yuqdi. Javzo uning xizmatiga shaylandi. Saraton esa 
to'g'rilik mevasini berdi. Arslon it kabi uning oyog'i ostiga o'zini tashladi, boshoq uruglari 
javohirga aylanayozdi. Tarozi o'z o'lchovligini ko'rsatdi, Chayon esa o'z zahrini zaharni 
kesuvchi doriga aylantirdi. Yoyni qoshi ishorasi hilol qildi. Qadami xosiyatidan Jady — 
tog' echkisi zarrin kiyikka aylandi. 
Dalv uning so'zlaridan jon suvi topdi. Hut (baliq) uning nutqidan obihayot topdi. 
Yo'lda uchraganlarga shunchalik sharaflar yetkazib, ulovini barchasidan yuqori surdi. 
U Arshu Kursiga tabarruk bayrog'ini yetkizganida, Lavhu Qalam undan muhtaram 
bo'ldi. Lomakon maydonida javlon qilib, undan ajoyib bir maydonga yo'l oldi. 
Bunda xabarchi bilan ulovi sayrdan to'xtadi: go'yo qushdan ikki par tushib qolganday 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə