Gapning uyushiq bo'laklari



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə1/6
tarix11.03.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#102324
  1   2   3   4   5   6
GAPNING UYUSHIQ BO\'LAKLARI

Tayyorladi: Tojiboyeva Dinora


GAPNING UYUSHIQ BO'LAKLARI


GAP BÓLAKLARINING TARTIBI.
Reja:



  1. Uyushiqning ifoda vositalari

  2. Uyushiq bo'laklardaumumlashtiruvchibirliklar

  3. Gapning ajratilgan bo'laklari

  4. Gap bo'laklari sanalmaydigan so'z va birikmalar

  5. Undalma

  6. Kirish so'z va kirish birikma

  7. Kiritmagap va kiritma belgi

  8. Bir bosh bo'lakli gaplar va ularning turlari

  9. Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar

10 . So'z—gaplar haqida tushuncha
11. To'liq va to'liqsiz gaplar

Gapda bir xil so'roqqa javob berib, bir xildagi sintaktik vazifani bajarib, sanash ohangi va teng bog'lovchilar yordamida birikkan gap bo'laklari gapning uyushiq bo'laklari deyiladi. Masalan:


O'z yurtimiz, bog'imiz, o'z vodiymiz, tog'imiz, O'z qutli chirog'imiz hamisha bo'lur omon. (G'. G'.) Bu gapdagi yurtimiz. bog'imiz. vodiyimiz, tog'imiz, chirog'imiz so'zlari uyushib kelgan va bir xil so'roqqa javob bo'lib, sanash ohangi orqali o'zaro birikkan.
Har bir gap bo'lagi uyushib kela oladi. Masalan:
l.Ega uyushadi: Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas,
Ko'zlarni yashnatib kiyibsiz atlas. (Qo'shiq.)

  1. Kesim uyushadi: 1) fe'l kesim: Haqiqat bukilar, lekin sinmas.(Maqol.) 2) ot kesim; Xormisan yo gulmisan, tojdormisan yogulmisan. cho'g'izmisan, bulbulmisan, nodon o'zing, xushxono'zing. (E.V.)

  2. To'ldiruvchi uyushadi: 1) vositasiz to'ldiruvchi: Aqlimni,dilimni, bebaxtlarimni—Borishsiz dunyoda otgan azizim. (U.A.)2) vositali to'ldiruvchi: Navoiy obod joylardagi ekinlarga,mevazor bog'larga diqqat qildi. (O.) Navoiy tarixda mashhur shaxslarning hayotlari, fikrlari, maslaklari va ularga doir afsonalar haqida asar yozishni Jomiyga taklif etdi. (O.)

  1. Aniqlovchi uyushadi: 1) sifatlovchi: Maktabimiz bog'ida oqqizil, sariq va boshqa anvoyi gullar bor; 2) qaratuvchi: Oq o'rik,

shotut, shaftoli, g'aynolining sap-sanq yaproqchalari hovli betini ko'mib yotibdi. (I.R.)

  1. Hol uyushadi: Buzoq, echki boqib, to'n tepishib, varrakuchirib, chillak o'ynab yurgan bolalar uylariga tarqab ketishdi.(H. N.) Ariq suvi bir xilda, jimgina, sharpasiz va shabadasizoqmoqda (I.R.).

Uyushiq bo'laklarda son, egalik, kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar odatda uyushuvchi so'zlarning oxiriga qo'shilib. hammasi uchun umumiy bo'ladi. Maktabimizda rasm, musiqa va drama to'garaklari bor.(Gazetadan.)
Son, egalik, kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar ba'zan uyushuvchi so'zlarning har biriga qo'shilib keladi. Masalan: Tog' etaklaridan nafis gullarning, xushbo'y giyohlarning hidlar an-qiydi. (O.) Xalqi uchun vatani uchun o'z jonini ayamadi bizning mard o'g'lonlar. (Teleeshittiruvdan.)
Uyushiq bo'laklarda qo'shimchalar emas, balki so'zlar ham umumlashib, ular har bir ujTishuvchi so'z bilan takrorlanmay, uvushiq bo'lak oxirida keladi. Dalada kim unumli, kim ko'p, kim tez ishlash uchun musobaqa qilishdi.

Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə