Gapning uyushiq bo'laklari


Uyushiqning ifoda vositalari



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə2/6
tarix11.03.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#102324
1   2   3   4   5   6
GAPNING UYUSHIQ BO\'LAKLARI

Uyushiqning ifoda vositalari


Uyshiq bo'laklarda gap bo'laklarining uyushib kelishi ikki xil yo'l bilan amalga oshadi. 1) ohang. 2) teng bog'lovchilar.
Ohang yordamida uyushiq bo'laklar sanash ohangi orqali birikadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi: Oqarar. bo'zarar, lovullar yuzlar, falak zamin bo'lar, osmon.(U.A.)
Teng bog'lovchilar. Gap bo'laklarining uyushib kelishida bog'lovchilarning o'rni katta. Bular quyidagicha:
1) va, hamda bog'lovchilari orqali: Bulbullarning va sa'valarning sayrashi bizga zavq beradi. Ko'p o'tmasdan sergo'sht hamda mazali shavla tortildi.(O.)

  1. Zidlovchi bog'lovchilar orqali: Ketma-ket chaqaloqningyo'g'on, lekin bo'g'iq inga-ingasi eshitildi. (S.Z.)

  2. Ayiruvchi va takrorlanuvchi bog'lovchilar orqali: Bektemirdam to'xtab, dam xayol surib turgan generalga duchkeldi. (0.) Uo'z o'tmishini goh quvonch, goh g'amgin esladi.

Dillarga orom bag'ishlovchi kuylar goh qizlarning so'lim ovozlariga, goh shaydo bulbullarning gullar o'yiniga mast sayrashlariga, goh qirlar bag'rida cho'ponlaming naylaridan taralgan dilbar ohanglariga jo'r bo'lar edi. (Sh. R.)
Uyushiq bo'laklar bog'lovchilar orqali birikkanda ular orasiga vergul qo'yiladi.

Uyushiq bo'laklarda umumlashtiruvchi birliklar


Uyushiq bo'lakli gaplarda umumiashtiruvchi so'z ham ishlatiladi. Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin yoki keyin kelishi mumkin. Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklar uchun berilgan so'roqqa javob beradi va umumlashtiruvchi so'zdan keyin ikki nuqta qo'yiladi: Daraxtdagi barcha qushlar: sa'va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo'r bo'ldi (H. F.) Umumlashtiruvchi birlik uyushiqlardan keyin kelganda, undan oldin tire qo'yiladi. Samarqandlik. bog'dodlik. misrlik, hindistonlik va xitoylik - hamma sayohatchilarga bu shahar manzur bo'ldi. (0.)

Gapning ajratilgan bo'laklari


O'zlari aloqador bo'Igan so'zlarning ma'nosini izohlab, bo'rttinb, aniqlashtirib keladigan va boshqa bo'laklardan maxsus to'xtam bilan ajratilib, logik urg'u oladigan bo'laklar gapning ajratilgan bo'laklari deyiladi. Masalan: Ariqning bo’yida qalin-qalin mirzateraklarning soyasida, chiroyli taxta karavot turardi. (Sh. R.)
Ajratilgan bo'laklar, qaysi gap bo'lagiga oid ekanligiga ko'ra ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan to'ldiruvchi, ajratilgan hol kabi turlarga bo'linadi.
Ajratilgan aniqlovchilar. Ajratilgan aniqlovchilar uch xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi, ajratilgan izohlovchilarga bo'linadi.
Ajratilgan sifatlovchilar sifatlanmishdan keyin kelib uning belgisini bo'rttirish. Alohida ta'kidlash uchun xizmatqiladi. Masalan: Seryoja—oddiy, navqiron, mard yigit—o'rtoqlari uchun jonini fido qild'i. (Sh. R.)
Bu misolda oddiy, navqiron, mard yigit sifatlovchilari (Seryojaning) belgilarini bo'rttirib ko'rsatish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan.
Ayrim hollarda yakka kelgan sifatlovchilar ham ajratilishi mumkin. Masalan: Shohista, beparvo taxta karavotning ustida nirna bilandir shug'ullanardi.
Ajratilgan qaratuvchilar o'zidan oldin kelgan qaratuvchining ma'nosini izolilash uchun xizmat qiladi. Masalan: Sizning, universitet talabalarining, ko'rik tanlovda qo'lga kiritgan g'alabalaringiz hammamizni xursand qildi. (Gazetadan.)
Ajratilgan izohlovchi izohlanmishdan keyin keladi va maxsus to'xtam bilan aytiladi. Masalan: Biz, paxtakorlar bu yil mo'l hosil beramiz. Abdulla Qodiriy o'zbek romanchiligining asoschisi - bizning qalbimizda abadiy yashaydi.
Aj ratilgan to'ldiruvchilar o'zidan oldin kelgan to'ldiruvchining ma'nosini izohlaydi, aniqlashtiradi.Masalan: Bolalarining eng kichigini, Durbekni, oldin ko'rmagan ekanman. Biz sinf rahbarimizga, Salima opaga, ko'proq o'rganib qolgan edik.
Ajratilgan hollar o'zidan oldin kelgan holning ma'nosini izohlaydi va unga aniqlik kiritadi.Masalan: Yozda, kanikul kunlarida, ko'pgina badiiy asarlar o'qidik. Uzoqda, ko'kimtir tuman ichida mudragan tog'lar ustida, siyrak yulduzlar ko'zlarini horg'ingina qisadilar.(O.)
Agap tomondagi mevazor bog'lar baland ko'tarilgan oy shu'lasida xuddi tutash qalin o'rmonga o'xshab qorayib turar, o'ng, tomonda jarlikning ustida bir qo'rg'on ko'zga chalinadi. (O. Yo.)
Ajratilgan bo'laklar o'zi aloqador bo'lgan bo'lakdan ham, gapning boshqa bo'laklaridan ham, yozuvda vergul orqali ajratiladi.
Agar ajratilgan bo'laklar tarkibi—keng (yoyiq) bo'lsa, yoki uning tarkibida uyushiq bo'lak bo'lsa ajratilgan bo'lak bilan izohlanayotgan bo'lak o'rtasida ya'm so'zini ishlatish mumkin bo'lsa, ajratilgan sifatlovchi gap oxirida kelsa, bunday holda ajratilgan bo'lak boshqa bo'laklardan tire bilan ajratiladi. Masalan: Gulnor o'limining uchinchi kuni, Samarqanddan ulaming bir qarindoshi - Gulsinbibi opasining o'g'li, sodda dehqon yigit— tasodifan kelgan edi.(O.)

Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə