Microsoft Word Мажмуа Фалсафа лотин doc



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/133
tarix28.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#135272
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133
milliy dasturi” 
milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi 
istiqbollarini belgilovchi mezon sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda 
yana bir tarixiy davr boshlanishiga za min yaratdi.
 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim 
jarayonidagi sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, 
raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlash bilan 
bog’liqdir. Ushbu murakkab muammolarning yechi mini topib, ularni amalda 
keng qo’llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga dolzarb vazifalarni qo’yadi. 
Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv 
dasturlarini yanada takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalardan keng foydalanish va 
shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.
Тa’limning sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining 
mahoratinigina emas, ballki tinglovchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim 
darajasini ham belgilaydi. Тa’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa 
ta’limning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladigan tushunchadir. Bilim 
xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Тa’lim barcha uchun bir 
xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning 
in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil 
bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Тa’limdagi sifat 
uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim 
individuallikka ega bo’ladi. Тa’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan 
kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga 
beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Тalaba 
esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil 


13 
o’qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari 
va o’qiganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi.
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar 
quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar 
o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik 
texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni 
undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik
tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot 
yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa 
tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi. 
Aytilganlardan kelib chiqqan holda, «Falsafa» o’quv kursi bo’yicha ta’lim 
texnologiyasini 
loyihalashtirishdagi 
asosiy 
konseptual 
yondoshuvlarni 
keltiramiz: 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə