Microsoft Word Мажмуа Фалсафа лотин doc


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/133
tarix28.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#135272
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim.
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. 
Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining 
shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi.
Тizimli yondoshuv.
Тa’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini 
o’zida mujassam etmog’i lozim, jaryonning mantiqiyligi, uning barcha 
bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi shular jumlasidan. 
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv.
Shaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, 
ta’lim 
oluvchining 
faoliyatini 
faollashtirish 
va 
intensivlashtirish, o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari
tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 
Dialogik yondoshuv.
Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarning 
psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. 
Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi 
kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
Demokratlilik, tenglik, ta’lim 
beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni
maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni 
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini 
bildiradi.
Muammoli ta’lim.
Тa’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish 
orqali ta’lim oluvchi faoliyatini faollashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy 
bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik 
mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy 
tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə