|
Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com docFarididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)www.ziyouz.com
кутубхонаси
36
SAKKIZINCHI MAQOLA
HUMOY UZRI
Humoy soya solib qushlar oldiga chiqdi. Uning soyasi shohlarga toj bag‘ishlaydi. Shu
bois ham Humoy hammadan baxtiyor va himmatbalanddir. U dedi:
- Ey dengizlaru quruqliklarning qushlari! Men boshqa qushlarga o‘xshamayman. Oliy
himmatim menga yor bo‘lib, xalqdan uzlatga chekinganman. Nafs itini har doim xor
tutaman, hatto Faridun va Jamshid kabi shohlar men tufayli izzat-obro‘ topganlar.
Podshohlar mening soyamning tarbiyasida yetishganlar, ammo ular tabiatan gadolar,
shu bois mardliqda menga teng kelolmaydilar. Nafs itiga suyak tashlab, shu orqali ruhni
bu itdan omonlikda saklayman. Nafsga mudom suyak berib turganim uchun, jonim
bunday oliy maqomga erishdi. Soyasida shohlar parvarish topgan zot farmonidan bo‘yin
tovlash mumkinmi? Hamma uning qanoti ostida o‘tirsin, toki soyasidan bir zarra nasiba
olsinlar. Shunday ekan, sarkash-mag‘rur Simurg‘ mening do‘stim bo‘ladimi? Shohlarga
taxtu toj bag‘ishlayman, shu yetarli emasmi?
HUDHUD JAVOBI
Hudhud aytdi:
- Ey g‘ururga bandi bo‘lgan jon, soyangni yig‘ishtir, o‘zingni kulgiga qo‘yma! Bu
zamonda toju taxt bag‘ishlash yo‘q. Hozir sen it kabi suyak izlaysan. Koshki edi
shohlarni taxtga o‘tqazmasayding, buning o‘rniga qani edi o‘zingni suyakdan xalos
qilsayding? Deylik, jahon shohlari bu dunyoda sening soyang tufayli tojdor bo‘ldilar,
ammo tongla qiyomat kuni hammasi balolar ichra hech narsasiz qoladilar. Agar
shahriyorlar sening soyangni ko‘rmaganda edi, qiyomat kuni balolarga giriftor
bo‘lmasdilar.*
Dostları ilə paylaş: |
|
|