Microsoft Word maxf1mag uzk doc



Yüklə 65,02 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü65,02 Kb.
#165623
  1   2   3   4   5   6   7
1.02.2 MAXSUS FANLARNI O QITISh





QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI




TASDIQLAYMAN”
Qarshi innovatsion ta’lim universiteti
rektori _______ L.T.Raxmonov
2023-yil “____” _____________



MAXSUS FANLARNI O'QITISh METODIKASI
FAN DASTURI



Bilim sohasi:

300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot

Ta'lim sohasi:

310000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar

Mutaxassisliklar:

70310102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)




70310201 – Ekonometrika




70410801 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)



QARSHI – 2023



Fan/modul kodi
ITM1105

O‘quv yili
2023 – 2024

Semestr
1

Kreditlar
5

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

30



60



90

Mazkur dastur “Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi” fanining nazariy, uslubiy va amaliy mavzularini o'z ichiga olgan bo'lib, fanni o'rganishning zamonaviy pedagogik, o'quv-uslubiy, ilmiy va amaliy texnologiyalarga asoslanadi. Dastur tegishli magistratura mutaxassisliklari talabalarini o'qitishga mo'ljallangan.
Fanni o'qitishning maqsadi va vazifasi hamda boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi
“Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi” fanining maqsadi talabalarga maxsus fanlarni o'qitish bo'yicha umumlashtirilgan nazariy, metodologik, amaliy bilim va ko'nikmalarini berish hisoblanadi.
O'qitishning vazifasi - talabalarni maxsus fanlarni o'qitish metodikasi sohasi bo'yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va amaliy-ishlab chiqarish faoliyatga tayyorlash hisoblanadi.
“Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi” fani oliy ta'limning magistratura mutaxassisliklarining asosiy fanlaridan biri bo'lib, bu fan ko'rsatilgan yo'nalishlar doirasidagi boshqa fanlarga asoslanadi va ular bilan uzviy bog'langan.
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi” fani doirasida magistrant-talabalar bilimiga,
uquviga va ko'nikmasiga qo'yiladigan talablar

Mazkur fan har bir talabadan moliyaviy bilimlar asosining shu fanlar bilan aloqasini amaldagi qonuniy-me'yoriy hujjatlar, farmonlar, qarorlar hamda yo'riqnomalar bilan tanishgan holda o'rganib borishini talab qiladi. Talabalar fanni o'rganish jarayonida fanni o'qitishdan ko'zlangan maqsad va vazifalarni anglashlari, shu doirada olgan bilimlari, uquvlari va ko'nikmalarini ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va amaliy-ishlab chiqarish faoliyatlarida va magistraturada olgan mutaxassisliklari bo'yicha samarali qo'llay olishlari kerak.
Fanni o'qitishdagi yangi texnologiyalar
Talabalarga fanni zamonaviy usulda o'rgatish va ularning bilimini baholash uchun kuyidagi texnologiyalar va materiallardan foydalaniladi:
- axborot - pedagogik va masofali o'qitish texnologiyalari;
- o'qitishning texnik vositalari, o'quv filmlari, slaydlar, didaktik materiallar, plakatlar, testlar, amaliy masalalar, ish o'yinlari, ko'rgazmali qurollar, elektron shakldagi materiallar, statistik axborot, tarqatma o'quv materiallari, metodik ko'rsatmalar, yangi darsliklar, ma'ruza matnlari, monografiyalar;
- kompyuter-axborot texnologiyalari, maxsus dasturlari va INTERNET yordamida fanga tegishli bilim va materiallar.
Fanni o'qitish semestrlari va uslubiy ko'rsatmalar
“Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi” fani oliy ta'limning 340000 - “Biznes va boshqaruv” sohasi 5A340601 - “Davlat mablag'larini boshqarish”, 5A340604 - “Korxonalar moliyasi”, 5A340606 - “Moliyaviy menejment” magistratura
mutaxassisliklarida III semestrda 20 hafta davomida ushbu dasturga asosan o'qitiladi.
Fanni o'qitish mobaynida ushbu dasturning fanni o'qitishdagi yangi texnologiyalar bandida keltirilgan materiallar va texnologiyalar uslubiy ko'rsatmalar sifatida qabul qilinishi mumkin.
Fanni o'rganish ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulot shaklida auditoriyada o'tish usuli bilan amalga oshiriladi. Talabalar auditoriyada olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashi uchun mustaqil ta'lim kiritilgan hamda uy vazifalarini bajaradilar. Ularning olgan bilimlarini nazorat qilib borishning test-sinov, savol-javob, yozma ish usullari qo'llaniladi. O'quv jarayoni reyting tizimi asosida tashkil qilinadi va ular o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 65,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə