Microsoft Word Moliyaviy hisob


Materiallarni qabul qilishni hujjatlashtirish



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə36/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Materiallarni qabul qilishni hujjatlashtirish


Materiallarni qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichida joylashtirilishi va ombordan berilishi muomalalarini rasmiylashtirish uchun bir xillashtirilgan idoralararo dastlabki hujjatlar ko’zda tutiladi.


"Keladigan yuklarni ro’yxatga olish jurnali" M-1 haqli yuklarni temir yo’llar, suv pristanlari, transport ekspeditsiyasi idoralaridan olish va ularni xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga kirim qilish bilan bog’liq transport, tovarga oid va boshqa hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun qo’llaniladi.
Jurnalga transport va yuk hujjatlari, kirim orderlari, TMZni qabul qilish dalolatnomalaridagi ma’lumotlar asosida yozib boriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga TMZlarni qabul kilishiga qarab jurnalga kirim orderlar (yoki qabul qilib olish aktlari)ning tartib raqamlari va kelib tushish sanalari yozib boriladi yoki schyoti to’langanligi haqida axtaruv summasi bilan bog’liq so’rovnomalar to’g’risida belgi qo’yiladi.
"Ishonchnoma" M-2 shakli lavozimdor shaxsning TMZlarni olish chog’ida xo’jalik yurituvchi sub’ektning huquqini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi ishonchnomani oluvchiga bir nusxada berib, undan tilxat oladi.
"Ishonchnoma" M-2a shaklini ishonchnoma bo’yicha TMZlar doimiy tusda olinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlatadi. Bunday ishonchnomalarning berilishi oldindan nomerlangan va tikib qo’yiladigan berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ro’yxatdan o’tkaziladi (M-3 shakl).
M-1 shakl


XO’JALIK YuRITUVChI SUB’EKT
Kelib tushadigan yuklarni hisobga olish JURNALI
oyi uchun.



Ro’yxatga olish rakami

Sana

Material etkaz. beruvchi

Transport hujjat

Tovar hujjat

Tilxat

Kirim orderi

Yuk axta ruv hakida surovnoma

Izox

Sana

T/r

Sana

T/r

yuk turi

summa

Sana

T/r

Sana

T/r

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15





























































































"Berilgan ishonchnomalarni ro’yxatga olish jurnali" M-3 shaklida beriladigan ishonchnomalar va ular olingani to’g’risidagi tilxatlar ro’yxatdan o’tkaziladi.
M-2 shakldagi ishonchnomadan foydalanishda olinganlik va berilganlik to’g’risidagi ma’lumotlar ishonchnoma koreshogida qayd qilinadi. Bu holda jurnalda berilgan ishonchnomalar hisobga olib borilmaydi.
"Kirim-orderi" M-4 shaklida xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga mol etkazib beruvchilardan yoki kayta ishlovdan kelib tushgan TMZlar hisobi olib boriladi. TMZlar omborga kelib tushgan kuni moddiy javobgar shaxs bir nusxada kirim orderini tuzadi. Kirim orderlarining blankalari moddiy javobgar shaxslarga oldindan nomerlangan holda topshiriladi.
"Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi" M-7 shakli shunday TMZlarni qabul qilish uchun rasmiylashtiriladiki, ularga doir ma’lumotlarda mol etkazib beruvchi ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan miqdor borasida tafovutlar mavjud bo’ladi, shuningdek, hujjatsiz kelib tushgan TMZlarni qabul qilishda ham tuziladi.
Qabul hay’ati moddiy javobgar shaxs va mol etkazib beruvchining vakilining ishtirokida ikki nusxada akt tuziladi va aktni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tasdiqlaydi. TMZlar qabul qilib olingan hujjatlar ilova qilingan aktlarning bittasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga moddiy qiymatlarni hisobiga olish uchun, boshqasi mahsulot etkazib beruvchiga topshiriladi.
TMZlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektga o’z vaqtida keltirilishining ta’minot bo’limi nazorat qiladi. Bu bo’lim xodimlari mol etkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga TMZ kamomadi va sifati bo’yicha shikoyat va da’volar qo’yish, xo’jalik yurituvchi sub’ektga o’z vaqtida etib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar.
Odatda mol etkazib beruvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan TMZlarni ta’minot bo’limi ekspeditori etkazib beradi. Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan TMZlarning qubul qilinganda ta’minotchi idish va plomba, tamg’a, TMZlar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol etkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo’yish huquqini beradigan tijorat dalolatnomasi tuziladi.
Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan TMZlarni olish uchun ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 15 kun muddati bilan ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bo’lgan xodimlar ro’yxati xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan imzolanadi. Ishonchnoma yozish uchun asos bo’lib shartnomalar, naryad, to’lovnoma, buyurtmanoma yoki mol etkazib beruvchining boshqa hujjatlari xizmat qiladi.
Ishonchnoma 2003 yil 4 yanvardan amal qiladi «Guliston» korxonasi



(iste’molchining nomi va uning manzili)

(to’lovchining manzili)

Hisobvaraq: 2020000466988016991 O’zSQBda

(bank nomi)


Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə