Microsoft Word Moliyaviy hisob



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə34/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Misol:








Ko’rsatkichlar

Buyumlar miqdori

Birligining bahosi

Umum. bahosi

1.

Materiallar zaxirasi 1 yanvar

120

90

10800

2.

1 iyunda sotib olingan

70

100

7000

3.

1 oktyabrda sotib olingan

90

110

9900

4.

Sotilgan TMZlar

280

98,92

27700

5.

Yil davomida sotilgan TMZlar

200

?

?

6.

Davr oxirida qolgan TMZ zahirasi

80

?

?

Bu usullarni solishtiradigan bo’lsak, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. (Bu erda donalab baholash usuli aniq tanlab olingan buyumlarga bog’liq bo’ladi).



Ko’rsatkichlar

Sotilgan mater. qiymati so’m.

Davr oxirida qolgan mater.

Jami so’m.

FIFO

18900

8800

27700

O’rtacha tannarx

19785,5

7915,5

27700

LIFO

20500

7200

27700

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda (BXMS №4-son) muvofiq FIFO usulini qo’llash maqsadga mos keladi, chunki ishlab chiqarish zaxiralari qiymati hisobot davri oxirida joriy bahoga yakinroq bo’ladi va korxona aylanma aktivlarini aniq aks ettiradi.


TMZ larni sof sotish qiymati bo’yicha baholash.


TMZ yaroqsiz bo’lganda, brak, qisman yoki butunlay eskirganda, sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, raqobat kuchayib sotuv narxi pasaygan holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o’z tannarxidan ishlab chiqarish qiymatidan past bahoda sotish qiymatida baholanishi mumkin.
Sof sotish qiymati – tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
Tovar-moddiy zahiralari sof sotish qiymatigacha quyidagi usullar asosida qisman hisobdan chiqariladi:



  1. moddalar bo’yicha usuli – bunda tovar-moddiy zahiralarining har bir turi baholanadi;

  2. asosiy tovar guruhlarining usuli – bunda tovar-moddiy zahiralarining guruh imtiyozi baholanadi;

  3. zaxiralarning umumiy darajasi usuli – bunda hamma tovar-moddiy zahiralari baholanadi.

Masala: TMZni sotish qiymati bo’yicha baholash.


«MEKIL» korxonasi o’zining tijorat faoliyatini hisobot davrida uning egalari tomonidan kiritilgan 6000000 so’m kapitali bilan faoliyat boshladi. Kompaniya 2000 birlik tovar-moddiy zahiralarni 2000000 so’mga sotib oldi, fraxt xarajatlari 200000 so’mni tashkil etdi. Yil davomida korxona 1650 birlik mahsulotning bir birligini 1500 so’m bahoda sotdi. Yil oxirida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida 350 birlik mahsulot bor, ulardan 50 tasi yaroqsiz holga kelgan edi. Yaroqsiz holga kelgan birliklarning har birini 450 so’m bahoda, qolgan 200 donaning esa har birini 1500 so’m narxda sotishi mumkin bo’ladi.



  1. Iyul oxiriga bo’lgan TMZ qoldiqlari balansda qanday summa bo’yicha hisobga olinadi ?

  2. Ushbu muomalalar bo’yicha yaroqsiz holga kelgan birliklarning sotilishining moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga ta’sirini aniqlang.

Birinchi savolning javobi:


TMZ birligining tannarxi:
2000000 so’m + 200000 so’m = 2200000 so’m / 2000 = 1100 so’mni tashkil qiladi. Sof sotish qiymati:



  • yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar uchun 450 so’m

  • shikastlanmagan mahsulotlarning birligi uchun 1500 so’m

Balansda TMZ tannarxi va sof sotish qiymatidan eng kichik qiymat bo’yicha aks ettiriladi:


Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar 50 x 450 = 22500 so’m Shikastlanmagan mahsulotlar 300 x 1100 = 330000 so’m Jami TMZ qoldiqlari 352500 so’m
Ikkinchi savolning javobi:
Sotishdan olingan sof tushum (1650 x 1500 so’m) = 2475000 so’m Sotilgan mahsulotlarning tannarxi (1650 x 1100 so’m) = 1815000 so’m Sof sotish qiymati (50 x 350 so’m) = 17500 so’m
Tannarx (50 x 1100 so’m) = 55000 so’m
Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlardan ko’rilgan zarar (37500 so’m) Sotuvdan kelgan yalpi foyda (1125000 - 825000 - 42500 = 25700 so’m).

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə