Microsoft Word Moliyaviy hisob


Sanoat dizaynini ro’yxatdan o’tkazish



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə26/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Sanoat dizaynini ro’yxatdan o’tkazish ishlab chiqarishda yaratilgan buyumning namunasi yoki patentga o’xshab ketadi. Ammo patent faoliyatni himoya qilsa sanoat dizaynini ro’yxatga olish esa tashqi ko’rinishni himoya qiladi. Masalan, kompyuter terminalining yangi dizayni dizaynning ro’yxatga olinishi bilan yangi “Rentium- 4”- kompyuter esa-patent bilan himoya qilinadi.
Mualliflik huquqlari - musiqa, adabiyot, tasviriy sanat asarlariga taqdim etiladigan mualliflik himoyasidir. Mualliflik huquqi sohiblariga o’z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko’paytirish, ko’chirma nusxalarini sotish, yozib olish huquqi beradi.
Mualliflik huquqi qiymati tannarx qoidasiga binoan o’lchanadi, deb faraz qilinadi. U ko’pincha butun amal qilish muddati mobaynida iqtisodiy qiymatga ega bo’lmaydi va uning qiymati mualliflik huquqiga oid ishning daromad keltira boshlashi kutilayotgan davr davomida amortizatsiya qilinishi lozim bo’ladi. Ammo u har qanday holatda ham butun
amal qilish muddatidan ortiq vaqt davomida (muallifning hayot ekanligi davrining yana 50 yil) amortizatsiya qilinmasligi kerak.
Savdo markalari yoki savdo belgilari (misol uchun “Tip-Top”)- mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikatsiyalar. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro’yxatga olinishi, ro’yxatga olinganlari esa-ularning faoliyat muddatlarini ma’lum bir davrga uzaytirish asosida yangilanib borishi mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotniig boshqa aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi.
Savdo markasining sotib olinishi vaqtida to’langan pul mablag’lari qiymati kapitallashtirib boriladi. Uning foydalanilishi, himoya qilinishi, kengaytirilishi, ro’yxatdan o’tkazilishi yoki sudda himoya qilinishi natijasida yuzaga kelgan pul summalari ham kapitallashtiriladi.
Bu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa bo’lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.
Franshizalar odatda davlat tomonidan davlat mol-mulkidan (masalan, kabel televideniesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish uchun yoki kommunal xizmatlar ko’rsatish (elektr energiyasi), shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan (“O’zbekiston havo yo’llari”) foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
Ko’pgina hollarda franshizani olish qiymati yuqori bo’ladi va odatda franchayzi franchayzorga uning boshlang’ich qiymatini to’lashi talab etiladi. Franshizaning boshlang’ich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. Franshizalardan amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanadi. Biroq to’liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə