Microsoft Word Moliyaviy hisob


Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqa



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə53/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqa


Nogiron bolasini tarbilayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, xomiyga) bola o’n olti yoshga to’lgunga kadar davlat ijtimoiy sug’urtasi va mablag’lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdoridan haq to’langan holda oyga kushimcha bir dam olish kuni beriladi.


Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa


Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi:





  • turmush o’rtog’i;

  • 18 yoshga to’lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’iy nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-sigillari;

  • ota-onasi;

  • bobosi yoki buvisi.

Yashash uchun mustakil mablag’ manbaiga ega bo’lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya oluvchi, shirkat xo’jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramog’ida turgan deb hisoblanmaydi.


Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafn o’tkazishni o’z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi.
Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi xodimga berilmaydi.
Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi.
Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida beriladi.
Ishlamaydigan pensioner vafot etgan takdirda dafn etish marosimi uchun uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o’tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bulmagan miqdorda, ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan to’lanadi.
Ish haqiga tuman koeffitsienti belgilangan joylarda dafn etish marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan tarmoqlar uchun beriladigan tuman koeffitsentini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Muddatli xarbiy xizmatga chakirilgan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etgan takdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so’nggi ish haqi to’langan kundan bir oydan ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa beriladi.
Oliy, o’rta masus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoruanturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan yuborilgan bo’lsalar va ularning o’qish davridagi ish haqi to’la yoki qisman saqlanib qolgan bo’lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə