Microsoft Word Moliyaviy hisob


Ish haqi fondi ustidan nazorat



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə56/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Ish haqi fondi ustidan nazorat


Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnatga haq to’lash fondi ustidan doimiy nazorat bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari ishbay narx, tarif stavkalari, okladlar, ustama haq va qo’shimcha to’lovlar, mukofotlarning tugri qo’llanishi va hisoblanishi ustidan joriy nazorat urnatishi kerak. Mehnatga haq to’lash fondidan to’g’ri foydalanishi ustidan joriy nazorat o’rnatishi kerak. Mehnatga xak to’lash fondidantugri foydalanishi ustidan tashqi nazorat funktsiyalari davlat tomonidan bank muassasalari zimmasiga yuklatilgan.


Bank nazorati mahsulot ishlab chiqarish hajmi yoki xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini ifodalovchi boshqa ko’rsatkichlar (daromad) hamda ish haqi bo’yicha hisob- kitob joriy etilgan tartibi asosida har kvartalda amalga oshiriladi.
Bank muassasalari xo’jalik yurituvchi sub’ektga ish haqi uchun mablag’larni mahsulot yoki daromad hajmining o’sish darajasi 0,7 koeffitsientiga to’g’rilangan ish haqi fondining baza darajasiga asoslangan holda beriladi.
Maxsulot hajmi baza darajasi aynan shu davrda ishlab chiqarish hisobotlarida aks ettirilgan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmatlar) hajmi belgilanadi.
Har kvartalning birinchi 2,5 oyi ichida ish haqi uchun mablag’lar bank tomonidan baza darajasi chegarasida haqikatda hisoblangan summada beriladi. Kvartal uzil kesil hisob-kitob qilinganda ish haqiga mablag’lar buxgalteriya hisobi bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan hisoblangan ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma asosida beriladi. Bu
ma’lumotnoma asosida ish haqidan foydalanish natijasi (nisbiy tejash yoki ortiqcha xarajat) haqikatda hisoblangan ish haqi summasi va ish haqi berilishi mumkin bo’lgan summa orasida farq sifatida aniklanadi.
Misol. 2000 yilning IV kvartali uchun ishlab chiqarish hajmining baza darajasi 3600 ming so’m 2000 yilning IV kvartal uchun haqikatda bajarilgan ishlab chiqarish hajmi 3694 ming so’m. Ishlab chiqarish usish sur’atini qayta hisoblash koeffetsenti 0,7 Ish haqi fondining baza darajasi 1260 ming so’m. Ish haqining haqikatda hisoblangan summasi 1275 ming so’m. Ish haqidan foydalanish natijasini aniklang.
Echish:

  1. Ishlab chiqarish hajmining o’sishi (3694 m.s. : 3600 m.s. x 100%) = 2,6%

  2. Koeffitsentini hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’ati (2,6% x 0,7) + 100% = 101,8%

  3. Ishlab chiqarish hajmining o’sishi darajasida berilishi mumkin bo’lgan ish haqi 1269 m.s. x 101,8% : 100% = 1282,7 ming so’m

  4. Ish haqidan foydalanish natijasi 1282,7 m.s. - 1275 m.s. = 7,7 ming so’m Demak, ish haqi fondidan tejalgan.

Joriy yilning avvalgi kvartalida xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan erishilgan nisbiy tejam shu yil kelgusi choraklarida ish haqi to’lash uchun foydalaniladi. Bu tejam summasi ish haqi fondining baza darajasiga qo’shib qo’yiladi. Ish haqi uchun mablag’larning ortiqcha summasiga bank tomonidan mablag’lar berilmaydi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə