Microsoft Word Moliyaviy hisob


Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibi. Qimmatli qog’ozlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, zayomlar va boshqalar



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə59/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibi. Qimmatli qog’ozlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, zayomlar va boshqalar


O’zbekiston Respublikasida bozor elementlarining rivojlanishi asosiy yo’nalishlar bo’yicha belgilab olingan hamda shu yo’l bilan og’ishmay amalga oshirib borilmoqda. Hozirgi kunda iqtisodiyotda foydalanilmayotgan aylanma mablag’larini aylanishga jalb etish hamda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish davr talabi bo’lib hisoblanadi. Bizning respublikamizda qimmatli qog’ozlarning rivojlanishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar va yo’riqnomalar hamda Markaziy bank tomonidan chiqarilgan nizomlarda o’z aksini topgan. Qimmatli qog’ozlarni rivojlantirish uchun fond birajalari tashkil topgan.
O’zbekistonda qimmatli qogozlar bozorining muhim bo’g’ini davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozori hisoblanadi. uning yuzaga kelishini Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 martdagi "O’zbekiston Respublikasida qisqa muddatli davlat obligatsiyalarini chiqarish to’g’risida"gi qarori chiqishi bilan bog’liq deb hisoblash mumkin, shundan keyin uch oylik zayom - qisqa muddatli obligatsiyalar muomalaga chiqarilgan edi.
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari yuzaga kelishi bilan tijorat banklari uchun mablag’larni qo’yish va daromad olishning qo’shimcha usuli, hukumat organlari uchun esa davlat byudjeti kamomadini moliyalashning noinflyatsiyaviy usuli paydo bo’ldi.
Ta’kidlash lozimki, banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalariga ma’lum cheklanishlar, masalan, bankning moliyaviy institutlardan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalining 20 foizidan ortig’iga ega bo’lmaslik; bankning oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog’ozlarga qo’yilmasi hajmi birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmaslik shartlari qo’yilgan. Ushbu cheklanishlar banklarning tavakkalchiligini kamaytirishga, bank aktivlarini diversifikatsiyalashga, moliyaviy va likvidlik holati belgilangan me’yorlar doirasidan chiqib ketmasligiga, Yakuniy natijada esa bank omonatchilari va kreditorlarining mol-mulkini himoya qilishga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda banklar davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorining eng faol va eng yirik qatnashchilaridir. Qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirish maqsadida tijorat
banklari jalb qilgan mablag’larning 60 foizga yaqini davlat qisqa muddatli obligatsiyalariga, qolgan qismi - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar aktsiyalari va obligatsiyalariga to’g’ri keladi.
Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq faoliyati tahlili shuni ko’rsatadiki, amaldagi qonunchilikning ba’zi nomutanosibliklari mazkur bozor ishtirokchilarining faolligini oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Masalan, "Toshkent" Respublika fond birjasida "aktsiyalar kotirovkasi" etarli darajada shakllanmagan ayni vaqtda aktsiyalar muomalaga nominal qiymati bo’yicha kiritilib, aktsiyalarga haq to’lash yilning turli davrlarida amalga oshirilsada, dividendlar bir xil to’lanishi aktsiyalar uchun dastlabki davrda haq to’lagan aktsiyadorlarning huquqlariga zid kelish muammosini yuzaga chiqarmoqda. Aktsiyalar muomalaga kiritilish vaqtida yillik dividend to’lashning taxminiy hisobidan kelib chiqqan holda, emitent tomonidan aktsiya nominal qiymatiga "qo’shimcha qiymat" bilan hisoblangan narxda sotilishi "o’z aktsiyalari narxini kotirovkalash" deb hisoblanadi. Qonunchilik talablariga muvofiq narxlarni emitentlarning o’zlari kotirovkalashiga yo’l qo’yilmaydi.
Hukumatimiz tomonidan qimmatli qog’ozlar egalariga doir qo’yilayotgan imtiyozlar investorlarning ushbu bozorga bo’lgan qiziqishini oshirmoqda. Xususan, 2001 yilning 22 iyunida qabul qilingan "Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doyr qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Qarorga muvofiq aholining omonat (depozit) sertifikatlardan olingan daromadlari soliqdan ozod etilishi faqat banklar tomonidan emissiya qilinadigan qimmatli qog’oz- depozit sertifikatlarning muomalada ko’payishiga ijobiy ta’sir etdi.
2001 yilda tijorat banklarining 2,5 mlrd. so’mlik omonat (depozit) sertifikatlari davlat ro’yxatiga olindi. Omonat (depozit) sertifikatlari bo’yicha daromadlilik darajasi muomalada mu’dati va sotib olinadigan qiymatidan kelib chiqib, yillik 84 foizgacha belgilangan.
Omonat kassa sertifikatlari - bu qimmatli qog’ozning shunday bir turiki, u egasiga omonat kassaga saqlash yoki foydalanish uchun vaqtincha pul qo’yish huquqini beradi. Belgilangan muddat o’tgandan keyin qog’oz egasi pulni hamda puldan foydalanganligi uchun ma’lum miqdorda foiz oladi.
Qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladi va muomalaga qo’yiladi. Muomalaga qo’yilishda iqtisodiyotning to’lov qobiliyati hamda ularning faoliyati bo’yicha o’rganilib naqd shakldagi qimmatli qog’ozlarga va naqdsiz shakldagi qimmatli qog’ozlarga bo’linadi. Hozirgi kunda bizda asosan naqdsiz shakldagi qimmatli qog’ozlar rivojlanmoqda.
Qimmatli qog’ozlar bozoriga oid atamalar lug’atida sertifikatlarga quyidagicha ta’rif berilgan:
Depozit sertifikatlari - bu pul mablag’lari omonatga qo’yilganligi to’g’risidagi, omonatchi yoki uning huquqiy vorisining belgilangan muddat tugaganidan keyin omonat
summasini va unga tegishli foizlarni olishga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi bank-emitent guvohnomasidir.
Sertifikatlarning ikki turi mavjud: 1) xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun; 2) aholi uchun. Jamg’arma banki aholi o’rtasida sotish uchun sertifikatlar chiqaradi; maxsus va tijorat banklari esa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun sertifikatlar chiqarish huquqiga ega.
Tijorat banklari veksellar bozori, depozit bozori va jamg’arma sertifikatlarini shakllantirish 1994 yil oxiri 1995 yil boshida ularni chiqarish va muomalada bo’lishini tartibga solishga doyr hujjatlar tuplami qabul qilinishi bilan amalga oshirila boshladi.
1995-1996 yillarda tijorat banklari va yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida veksel shov-shuvi ko’zatildi. Respublikada veksel muomalasini tartibga soluvchi me’yoriy va qonuniy hujjatlar tuplami qabul qilingan edi.
Muntazam noto’lovlar sharoitida xo’jalik sub’ektlari ularga o’tish davrida ko’pgina qiyinchiliklardan ko’tilishi vositasi sifatida qaradilar. Lekin veksel muomalasi shov-shuv bosqichidan o’tib, asta-sekin so’na boshladi. Bu birmuncha darajada veksel kreditlarining qaytarilmaganligi, ularning aniq belgilangan maqsadsiz ishlatilishi va boshqa suiste’molliklar bilan bog’liq bo’ldi. Veksel muomalasini davlat tomonidan tartibga solish jarayoni, me’yoriy-huquqiy bazada moslashuvchan o’zgarishlar qilish vositasiga binoan kechmoqda.
O’tish davri iqtisodiyoti sharoitida bir qancha holatlarga ko’ra, qimmatli qog’ozlarning ko’pgina istiqbolli imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mumkin. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997 yil 29 martda tasdiqlangan ""Veksellar chiqarish va ularning muomalada bo’lishi qoidalari" ga o’zgarishlar va qo’shimchalar"da veksellardan xo’jalik oborotida foydalanish cheklanadi. Shunday qilib tijorat banklari tomonidan veksel kreditlari berilishi vaqtincha to’xtatilgan, veksellarni trast boshqaruviga berish ham ta’qiqlab qo’yilgan. Katta ishonchlilik va kafotlanish maqsadida har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ektning vekseli bank tomonidan kafolatlangan bo’lishi, ya’ni avallashtirilishi lozim. Avalni majburiy tarzda rasmiylashtirish O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Tijorat banklari tomonidan veksel kafolatnomasini rasmiylashtirish tartibi" to’g’risida 1997 yil 29 martdagi xati bilan amalga kiritilgan. Tijorat banklari uchun bu qo’shimcha tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Veksellar 12 ta tijorat banklari tomonidan chiqarilgan, biroq yuqorida ko’rsatilgan sabablarga ko’ra, veksellarni chiqarish to’xtatilgan.
Aktsiya - aktsionerlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo’shganidan guvohlik beruvchi, aktsiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga dividend olish va qoida tariqasida ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashishi huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog’ozdir.
Aktsiya aktsionerlik jamiyatlari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilotlar, tijorat banklari va kooperativlar tomonidan muomalaga chiqariladi. Aktsiya o’z egasiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt oladigan foydaning bir qismini dividend tariqasida olish huquqini beradi. Aktsiyalarning quyidagi turlari chiqariladi:



Mehnat jamoalarining aktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt, birlashma, kooperativlar, ijara asosida ishlaydigan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlar tomonidan chiqarilib, shu mehnat jamoalari a’zolarigagina sotiladi.


Aktsionerlik jamiyatlarning aktsiyalari shu jamiyat a’zolari o’rtasida tarqatiladi. Bu aktsiya egalarining boshqa aktsiya egalaridan farqi shundaki, aktsionerlik jamiyati tarqatib yuboriladigan bo’lsa, uning mol-mulki jamiyat a’zolari o’rtasida taqsimlanadi. Aktsionerlik jamiyatida aktsiyalar chiqarish uning ustav fondi miqdorida amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot, kooperativlardan tashqari, tijorat banklari, xo’jalik jamiyatlari va ittifoqlari, xo’jalik assotsiyatsiyalari tomonidan chiqariladi. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsiyalari boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlar, ixtiyoriy tarzda to’zilgan jamiyatlar, banklar hamda kooperativlarga tarqatiladi.
Aktsiyani uning egasi meros qilib hohlagan odamiga qoldirishi yoki taqdim etishi mumkin. Aktsiya shaxsiy mulk hisoblanadi. Aktsiyani garov vositasi sifatida ishlatish mumkin. Aktsiyani hohlagan paytda o’z qiymati yoki o’z qiymatidan yuqori narxda sotish mumkin. Aktsiyaning bu xususiyatlarini yaxshi bilgan rivojlangan xorijiy mamlakatlar aholisining ko’pchiligi undan unumli foydalanmoqdalar va qo’shimcha daromad olmoqdalar. Ular qo’llariga naqd pul tushsa, qo’shimcha daromad manbai bo’lgan qimmatli qog’ozlarni sotib oladilar.
O’zbekiston Respublikasida aktsiyani turi bo’yicha chiqarish to’zilmasida oddiy aktsiyalar ko’pchilik qismini tashkil etadi. Imtiyozli aktsiyalarni chiqarish soni ham, hajmi ham kam. Biroq ular barqaror daromad olinishini ta’minlagani tufayli, jismoniy shaxslar e’tiborini ko’proq jalb etadi. Imtiyozli aktsiyalarni chiqarishdagi qiyinchiliklar ham obligatsiyalarni chiqarishga bog’liq sabablarga o’xshashdir.
Qimmatli qog’ozlar bozori bizning iqtisodiyotimizda kundan-kunga rivojlanib bormoqda. U qarzdor yoki qarz beruvchining majburiyatlari sifatida ifodalanadigan, ularga berilgan muayyan shakldagi - qimmatli qog’ozlar deb ataladigan hujjatlar bilan tasdiqlanadigan mulkiy munosabatlarni nazarda tutadi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi bozorida 4 xildagi qimmatli qog’ozlar mavjud:
Davlatning 12 foizli ichki zayomi (1992-1994 yillarda emissiya qilingan) yoki davlatning xazina majburiyatlari.
Davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari. Tijorat banklarining depozit sertifikatlari.
Aktsiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan xususiylashtirilgan Davlat korxonalarining aktsiyalari.
Davlatning xazina majburiyati - bu qimmatli qog’ozlarning shunday bir turiki, u ushbu qog’oz egasiga ma’lum summadagi pul mablag’ini byudjetga topshirish va buning evaziga ma’lum summada daromad olishni ta’minlaydi. Davlat xazina majburiyatlari 3 xil bo’ladi:



Uzoq muddatli xazina majburiyatlari davlat tomonidan 5 yildan 25 yilgacha muddatga chiqariladi. uzoq muddatli xazina majburiyatlarini sotish qiymatini belgilash tartibi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


Xazina majburiyati bo’yicha daromad to’lash qog’oz sotib olingandan keyin bir yil o’tgandan so’ng amalga oshira boshlanadi, bunda majburiyatni qaytarish ma’lum miqdorda foiz to’lash bilan amalga oshiriladi.
O’rta muddatli xazina majburiyatlari 1 yildan 5 yilgacha muddatda, qisqa muddatli xazina majburiyatlari esa 3, 6, 12 oy muddatga chiqariladi. Bu qimmatli qog’ozlarning kesib olinadigan bo’lagi (auktsion) bo’lmaydi.
Obligatsiya - bu qimmatli qog’ozlarning bir turi bo’lib, o’z egasiga belgilangan ma’lum muddatda uning qiymatini qaytarib olish huquqini beradi. Qiymati qaytarilishi bilan birga belgilangan miqdorda foiz ham to’lanadi. Obligatsiyaning hamma turlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt va aholi o’rtasida ixtiyoriy ravishda tarqatiladi.
Qimmatli qog’ozlar bozoriga oid atamalar lug’atida obligatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:
Obligatsiya - uning egasi pul mablag’lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog’ozlarning belgilangan qiymatini ularda ko’rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to’langan holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o’zgacha qoidalar nazarda to’tilmagan bo’lsa, doblat majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Obligatsiyaning quyidagi turlari chiqariladi:



  • ichki davlat zayom obligatsiyalari;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt obligatsiyalari.

Obligatsiyalarning hamma turlari pul ko’rinishida to’lanadi, ayrim hollardagina chet el valyutasi ko’rinishida to’lanishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar obligatsiyalarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt mablag’i, jismoniy shaxslar (fuqarolar) esa o’z shaxsiy mablag’lari hisobidan sotib oladilar. Davlat zayom obligatsiyalarini sotishdan olingan mablag’ respublika byudjetiga hamda mahalliy byudjetlarga o’tkaziladi.


Zayom obligatsiyalar banklar tomonidan tarqatiladi. Obligatsiyalar bo’yicha daromad auktsion, ya’ni qimmatli qog’ozlarning kesib olinadigan bo’lagi yoki zayom qiymati qaytarilayotgan vaqtda qiymatiga nisbatan ma’lum miqdorda foiz hisoblash yo’li bilan to’lanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentining ma’lumotlariga qaraganda, ko’pgina tijorat banklari bugungi kunda aktsiyadorlik banklaridir. Bank aktsiyadori iqtisodiyotning u yoki bu sohasidagi bozor talabi va taklifi tebranishlaridan ma’lum darajada kafolatlangan bo’ladi. Chunki, bank o’zi mablag’ qo’yayotgan tarmoqlarning ahvolini ko’zatib boradi va imkoni boricha o’z portfelini diversifikatsiya qiladi. Uzoq muddatli maqsadlarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni yirik va o’rta tijorat banklari aktsiyalariga qo’yish ko’proq samara beradi.O’zbekistonda bugungi kunda Paxtabank va Sanoatqurilishbank kabi yirik banklarning aktsiyalari eng ko’p ommalashgandir. Hozirgi vaqtda ular ishining samaradorligi birmuncha yuqoridir. Davlat muassasalaridan to’zilgan banklarning ko’pchiligi ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlar hisoblanadi. Bu hol ularga bo’lgan ishonch darajasini oshiradi, ularga o’z mablag’i va jalb etilgan mablag’lari hajmini doimiy ravishda oshirib borishga, faol kredit siyosatini amalga oshirishga imkon beradi.
Qimmatli qog’ozlar muomalasi deganda ularni sotish yoki xarid qilish, shuningdek, qonunchilikda nazarda to’tilgan qimmatli qog’ozlar egasining almashuviga olib keluvchi boshqa harakatlar tushuniladi.
Qimmatli qog’ozlar dastlabki va ikkilamchi bozorlarda muomalada bo’ladi.
Dastlabki bozor - bu qimmatli qog’ozlarni birinchi va qayta emissiyalari bozori bo’lib, unda sarmoyadorlar o’rtasida qimmatli qog’ozlarni dastlabki joylashtirilishi amalga oshiriladi.
Dastlabki bozorning eng muhim vazifasi sarmoyadorlarga pul mablag’larini xarajatlash uchun qimmatli qog’ozning turini asosli ravishda tanlashga imkoniyat yaratuvchi axborotlarni to’liq ravishda ochib berishdan iboratdir.
Ikkilamchi bozor deganda, ilgari dastlabki bozorda joylashtirilgan qimmatli qog’ozlarni muomalada bo’lishi tushuniladi.
Ikkilamchi bozorning asosiy vazifasi qimmatli qog’ozlarning sotuvchilarini va xaridorlarini bir-biri bilan uchrashtirish hamda kapitalni samarali faoliyat doirasiga erkin va tez qo’yilishini ta’minlashdan iboratdir.
Qimmatli qog’ozlar birja va nobirja (ko’cha) bozorlarida muomalada bo’ladilar.
Birja bozori fond birjasi tushunchasini o’z ichiga oladi. Fond birjasi - bu maxsus uyushgan bozor bo’lib, unda eng sifatli qimmatli qog’ozlar muomalada bo’ladi va qimmatli qog’ozlar bilan amallarni mazkur birjada qimmatli qog’ozlar bozorning professional qatnashchilari amalga oshiradi.
Nobirja bozori esa fond birjasidan tashqarida yuzaga keladigan qimmatli qog’ozlar bilan amallar qilishni o’z ichiga oladi.
Bozorning rivojlanishi xozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zlarida aktsiyalarni chiqarishi va aktsiya bozorining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shishdan iboratdir. Aktsiya chiqarish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalidagi mablag’larning holati bo’yicha aktsiya chiqarish huquqiga egadir. Aktsiyalarni sotishda xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlar fond birjalariga murojaat qilishsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil qilishda asosiy rolni banklar orqali nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday nazorat turining rivojlanishi natijasida rivojlangan mamlakatlar tajribalarida ijobiy natijalarga erishilgan. Hozirgi kompyuterlashtiriligan davrda internet tizimi orqali jahonning rivojlangan mamlakatlarida qimmatli qog’ozlarning rivojlanib borishi asosiy ko’zga tashlanib turibdi.
Qimmatli qog’ozlarni bizning respublikamizda muomalaga chiqarish hozirgi kunda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Amaliyot o’tash jarayoni shuni ko’rsatdiki, hozirgi paytda respublikamizda ayrim yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitob muammolari vujudga kelmoqda. Buni oldini olishda bizning fikrimizcha Markaziy bank bilan Moliya vazirligi kelishilgan holda moliyaviy jixatdan barqaror bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga mustaqil ravishda muomalaga to’lov vositasi sifatida qimmatli qog’ozlarni chiqarish zarur.
Moliyaviy investitsiyalarning tahliliy (tafsiliy) hisobi qimmatli qog’ozlar turlari va investitsiya ob’ektlari (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishtirokchisi bo’lgan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, qarz oluvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va hokazo) bo’yicha yuritiladi. Moliyaviy investitsiyalarga oid xarajatlarni 0600 - "Uzoq muddatli investitsiyalar", 5800 - "Qisqa muddatli investitsiyalar" schyotlari debeti bo’yicha pul mablag’lari va investitsiyalar sifatida berilgan boshqa mol- mulklarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada aks ettirish lozim.

    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə