Microsoft Word Moliyaviy hisob


Aktsiyalarni sotib olish xarajatlari va moliyalashtirish. (Aktsiyaning nominal va sob olish bahosini hisobga olish)



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə61/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Aktsiyalarni sotib olish xarajatlari va moliyalashtirish. (Aktsiyaning nominal va sob olish bahosini hisobga olish)


Qimmatli qog’ozlar xarid qilinishi chog’ida moliyaviy investitsiyalar, brokerlik xizmatiga oid to’lovlar, bojlar, bank xizmatiga oid to’lovlar va boshqa xarajatlar kabi xarid qilishga oid xarajatlar bilan birgalikda xarid qilish qiymati bo’yicha baholanadilar. Misol uchun: xo’jalik yurituvchi sub’ekt "A" kompaniyaning aktsiyalar paketini yoki nominal qiymati 20 ming so’m bo’lgan obligatsiyalarni, "B" kompaniyaning nominal qiymati 17 ming so’m bo’lgan obligatsiyalarini sotib oldi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt "A"
kompaniyasining aktsiyalari uchun haqiqatda 25 ming va brokerga komission haqi 0,5 ming so’m to’lagan. "B" kompaniyasining aktsiyalari uchun 15 ming va komission haqi 0,7 ming so’m to’lagan. Mazkur holatda moliyaviy investitsiyalar quyidagilarni tashkil etadi:
Uzoq muddatli investitsiyalar bo’lsa:
Dt 0610 Kt 5110 41200 so’m
A kompaniyasi 25 + 0,5 = 25,5 ming so’m
B kompaniyasi 15 + 0,7 = 15,7 ming so’m Xarid qilingan bahosi bo’yicha 41,2 ming so’m
A va B ning nominal qiymati 20 + 17 = 37 ming so’m. Qisqa muddatli investitsiyalar bo’lsa:
Dt 5810 Kt 5110
A kompaniyasi = 24,5 ming so’m. B kompaniyasi = 15,7 ming so’m.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan uzoq muddatli investitsiyalar 06 – schyotning debeti bo’yicha va ana shu qo’yilmalar hisobiga berilgan boyliklar hisobga olinadigan schyotlarning krediti bo’yicha aks ettiriladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qimmatli qog’ozlarini xarid qilish 0610 – schyotning debeti bo’yicha va 5110 — "Hisob-kitob varag’i", 5210 - "Valyuta hisobvarag’i" schyotlari yoki moddiy va boshqa boyliklarni hisobga oladigan (agar qimmatli qog’ozlarga haq to’lash moddiy va boshqa boyliklarni (pul mablag’laridan tashqari) sotuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektga mulk qilib berish yoxud foydalanishi uchun berish yuli bilan amalga oshiriladigan bo’lsa) boshqa schyotlarning krediti bo’yicha o’tkaziladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’tkazgan, lekin hisobot davrida ularga xo’jalik yurituvchi sub’ektning tegishli huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga amalga oshirilgan omonatlar summalari haqidagi guvohnomalar va boshqalar) olingan uzoq muddatli investitsiyalarni 0610 – schyotda alohida tarzda aks ettiriladi.
0610 - "Qimmatli qog’ozlar" hisobvarag’ida hisobga olinadigan qimmatli qog’ozlarning bahosi to’lanishi (sotib olinishi) va sotilishi 9220 - "Boshqa aktivlarning tugatilishi" hisobvarag’ining debeti va 0610 – schyotning krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Qisqa muddatli qimmatli qog’ozlarni, ya’ni 5810 - "qimmatli qog’ozlar" hisobvaraqning hisobini yuritish ham asosan 0610 — schyotning hisobini yuritishga o’xshashdir.
Investitsiyalarning aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi yo’li bilan qisman yoki to’liq xarid qilinishi chog’ida ularning nominal qiymati emas, balki qimmatli qog’ozlar bozoridagi sotish qiymati xarid qilish qiymati bo’lib hisoblanadi.
Investitsiyalarni almashlash yoki boshqa aktivga qisman almashtirish yo’li bilan xarid qilishda xarid qiymati berilayotgan aktivning bozor qiymatiga asoslangan holda aniqlanadi.
Moliyaviy investitsiyalarning o’z ichiga foizlar ulushini, hisoblangan dividendlarni ularni sotib olish vaqtigacha bo’lgan davr uchun bo’lgan qiymat bo’yicha sotib olinishi xaridor tomonidan sotuvchiga to’langan foizlar summasini chiqarib tashlangan holda xarid qilish qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Agar moliyaviy investitsiyalar (obligatsiyalar) xarid qilish vaqtiga kadar hisoblangan foizlar bilan birgalikda sotiladigan bo’lsa, u holda ularning foizlarni to’lash kuni bilan to’g’ri kelmaydigan kunlarda sotib olinishi chog’ida xarid va sotuvchi o’zaro tegishli summani bo’lishib olishlari kerak. Xaridor sotuvchiga investitsiyalar qiymati bilan bir qatorda ularning so’nggi to’lovi amalga oshirilgan vaqtidan boshlab o’tgan davr uchun to’lanishi lozim bo’lgan foizlarni to’laydi. Foizlarni to’lashning navbatdagi muddati kelgan vaqtda xaridor ularni to’liq jami davr uchun oladi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə