Microsoft Word Moliyaviy hisob



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə58/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Qo’shimcha adabiyotlar





  1. O’zbekiston Respublikasi Moliyaviy qonunlari. Axborotnoma 1999-2000 yil sonlari.

  2. "Bozor pul va kredit" jurnali 1998-2003 sonlari.

  3. "Upravlencheskiy uchyot" (pod red. V. Paliya), Moskva INFRA-M, 1997 god.

  4. "Buxgalterskiy uchyot dlya predprinimateley". F.Vud. Moskva OOO Askeri 1996 god.

  5. "Soliq to’lovchining jurnali" 2000-2003yil sonlari.

  6. "O’zbekiston Respublikasining Moliyaviy qonunlari" 2000-2003 yil sonlari.

  7. "Soliq va bojxona xabarlari" gazetasining 1999-2003 yil sonlari.

  8. "O’zbekiston iqtisodiy axbarotnomasi" davriy jurnali 2000-2003 yil sonlari.

5 - BOB. MOLIYaVIY QO’YILMALAR HISOBI





    1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo’yilmalarning ahamiyati va

hisobning vazifalari

Moliyaviy qo’yilma - bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aktsioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish, shuningdek, boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.


Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga qo’yilgan) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga qo’yilgan) bo’ladi. Bundan tashqari moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan aktsiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aktsiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.
Ular buxgalteriya hisobida 5800 - "Qisqa muddatli investitsiyalar" balans hisobvarag’ining oborot mablag’lar sifatida quyidagi tarzda aks ettiriladi:



  • obligatsiyalar, davlat va mahalliy qarz (zayom)lar, turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlarning shunga o’xshash qimmatli qog’ozlarini olishga oid qisqa muddatli xarajatlar harakati va qoldiqlar;

  • bankning depozit schyotlariga yoki o’zga xil ayni o’xshash qo’yilmalarga jalb qilingan pul mablag’larining harakati va qoldiqlari;

  • jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli pul va o’zga xil qarz(zaem)larning harakati.

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid qo’yilmalar (investitsiyalar)dir. Ular buxgalteriya hisobida 0600 - "uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar" balans hisobvarag’ida uzoq muddatli aktivlar sifatida, quyidagilarni hisobga olgan holda aks ettiriladi:



  • boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalariga va boshqa subektlarning, shu jumladan, sho’ba subektlarning ustav kapitallariga oid uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati;

  • davlat va mahalliy qarz (zayom)lar obligatsiyalar, sertifikat va tijorat banklari, xo’jalik yurituvchi subektlar va tadbirkorlik tuzilmalarining shunga o’xshash qimmatli qog’ozlariga oid uzoq muddatli investitsiyalar;

  • subektlarga, o’zga xil tadbirkorlik tuzilmalariga berilgan uzoq muddatli va boshqa qarz (zayom)larga oid qarzlar harakati va qoldiqlari.




    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə