Microsoft Word Moliyaviy hisob


Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobini tashkil qilish



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə60/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobini tashkil qilish


Mamlakatimiz hududida va xorijda to’zilgan boshqa korxonalarning qimmatbaho qog’ozlariga, avlod, qo’shma, uyushgan korxonalarning ustav kapitallari (fondlari)ga uzoq muddatli qo’yilmalar (investitsiyalar)ning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar";
0620 – "Shu’ba korxonaga investitsiya"
0630 – "Qaram bo’lgan jamiyatlarga investitsiyalar"; 0640 – "Qo’shma korxonalarga investitsiyalar"; 0690 – "Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar".
Aktivlarni investitsiyalarga kiritish tartibi va ularning turlari 12-son "Moliyaviy investitsiyalar hisobi", 8-son "Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va avlod xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi", 14-son "Moliyaviy hisobotda qo’shma faoliyatda qatnashish ulushini aks ettirish" nomli Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS) bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy investitsiyalar - bu foizlar, dividendlar, royalti yoki ijara haqi, investitsiyalangan tomondan boshqa tushumlarni olish maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyoridagi aktivlardir.
Uzoq muddatli investitsiyalar – bu muddati 12 oydan ortiq bo’lgan barcha investitsiyalardir.
0610 – "Qimmatli qog’ozlar" schyotida davlatning foizli obligatsiyalariga va mahalliy zayom (qarz)larga, aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalariga va boshqa qimmatbaho qog’ozlari (aktsioner, fyucherslar, depozit sertifikatlari va boshqalar)ga uzoq muddatli moliyaviy qo’yilma(investitsiya)larning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Masalan: Sotuvchi – korxonaga asosiy vositalarni berish yo’li bilan qimmatbaho qog’ozlarning sotib olinishi.
Debet – 0610, kredit – 9210.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshqa korxonalardan qimmatbaho qog’ozlar sotib oldi: Debet – 0610, kredit – 5010 (5110, 5210).
0620 – "Shu’ba korxonalarga investitsiya", 0630 – "Qaram bo’lgan jamiyatlarga investitsiyalar" "Qo’shma korxonalarga investitsiyalar", 0640 – "Qo’shma korxonalarga investitsiyalar", schyotlarida, muvofiq holda, avlod, qo’shma va assotsiatsiyalashgan korxonalarga hamda qaram bo’lgan jamiyatlarga uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
0690 – "Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar" schyotida davlat korxonalariga yoki boshqa xayriya, ekologiya jamiyatlariga kelajakda moliyaviy naf olish maqsadida qilingan uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi.
Shunday qilib, obligatsiyani o’zish (qaytarish) muddati etib kelganda uni chiqargan tashkilotga belgilangan qiymatda topshirish imkoniyati yaratiladi. Buning uchun obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish qiymati bilan belgilangan qiymat o’rtasidagi farq shunday amortizatsiyalangan bo’lishi kerakki, ularni o’zish muddati etib kelishiga balans qiymati belgilangan qiymati teng bo’lsin.
"Uzoq muddatli investitsiyalar" schyotida hisobga olinadigan qimmatli qog’ozlarning o’zilishi (sotib olinishi) va sotilishi "Boshqa aktivlarni tugatilishi" schyotinig debetida va "Uzoq muddatli investitsiyalarlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa korxonalarga uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni asosiy vosita shaklida kiritilgan bo’lsa, 9210 – "Asosiy vositalarni tugatilishi" schyoti kreditlanadi, 0610/90 "Uzoq muddatli investitsiyalar" schyoti debetlanadi, agar nomoddiy aktivlar, TMZlar sarf qilinsa, 9220 – "Boshqa aktivlarni tugatilishi" schyotida kreditlanadi.
Masalan:

  1. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsionerlik jamiyatidan har biri 50 000 so’mdan 5 ta aktsiya sotib olindi.

Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 250 000 so’m.
Kredit. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 250 000 so’m.

  1. Aktsionerlik jamiyati shu’ba korxonadan 10 000 so’mdan 50 ta aktsiya sotib oldi. Aktsionerlik jamiyati aktsiyaga to’lov sifatida 300000 so’mga baholangan erdan foydalanish huquqini berdi va hisob-kitob schyotidan 200 000 so’m pul o’tkazdi.

Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 500 000 so’m.
Kredit. 0440 – "Er maydonlari va tabiiy boyliklardan foydalanish huquqi" – 300 000 so’m.
Kredit. 5110 – "Hisob-kitob schyoti" – 200 000 so’m.

  1. Nominal qiymati 500 000 so’mlik obligatsiya 438 000 so’mga olindi. Komission to’lov 2000 so’m. Obligatsiyalarni o’zish muddati 20 oydan so’ng. Hech qanday oraliq foiz to’lovlar ko’zda tutilmagan. Foiz sifatida har oyda muayyan tarzda 3 000 so’m ((500 000 – 438 000 – 2 000) : 20 q 3 000 so’m) to’lanadi.

Obligatsiyalarni sotib olish:
Debet. 0610 – "Qimmatbaqo qog’ozlar" – 438 000 so’m.
Kredit. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 438 000 so’m. Komission to’lov:
Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 2 000 so’m.
Kredit. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 2 000 so’m.
Har oyda foiz so’mmasi daromadga o’tkaziladi. 20 oydan so’ng foydaga umumiy summada 60000 so’m o’tkaziladi, obligatsiyalarning sotib olish qiymati esa uning nominal qiymatiga tenglashadi.
Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 2000 so’m.
Kredit. 9560 – "Qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar" – 3 000 so’m.
Obligatsiyalarni so’ndirish:
Debet. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 500 000 so’m.
Kredit. 9220 – "Boshqa aktivlarni tugatilishi" 500 000 so’m. So’ndirilgan obligatsiyalarning balans qiymati yoziladi:
Debet. 9220 – "Boshqa aktivlarni tugatilishi" – 500 000 so’m. Kredit. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 500 000 so’m.
Unda obligatsiyalarni o’zish bo’yicha foyda yoki zarar ko’rsatiladi, lekin haqiqatda korhona hisob-kitob schyotiga obligatsiyalarning nominal qiymati kelib tushganda sarflangan mablag’dan 60 000 so’m ko’p oldi. Bu daromad mazkur 20 oyning moliyaviy natijalarida aks ettirildi, lekin haqiqatda bu daromad faqat 20 oylik muddat oxirida kelib tushgan. Yuqoridagi operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish metodikasiga tuzatish kiritish zarur. Jahon amaliyotida qabul qilingan tamoyillarga ko’ra bu operatsiyani schyotlarda quyidagicha aks ettirish zarur.
Har oyda obligatsiyalar bo’yicha foiz o’tkaziladi. 20 oydan so’ng obligatsiyalar narxi uning nominal qiymatiga tenglashadi.
Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 3 000 so’m.
Kredit. 6230 – "Muddati uzaytirilgan daromadlar" – 3 000 so’m.
20 oydan so’ng obligatsiyalarni so’ndirishga 500 000 so’m kelib tushdi. Debet. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 500 000 so’m.
Kredit. 9220 – "Boshqa aktivlarni tugatilishi" – 500 000 so’m. So’ndirilgan obligatsiyalarning balans qiymati qayd etildi:
Debet. 9220 - "Boshqa aktivlarni tugatilishi" – 500 000 so’m. Kredit. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 500 000 so’m.
O’tkazilgan foiz summasi hisobot davri moliyaviy natijalariga o’tkaziladi: Debet. 83 - "Muddati uzaytirilgan daromadlar" – 60 000 so’m.
Kredit. 9560 - "Qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar" – 60 000 so’m.
Umuman, yangi schyotlar rejasi bo’yicha korxona tomonidan xarid qilingan aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa shunga o’xshash qimmatbaho qog’ozlarning xarid qilish qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda ularning har biri bo’yicha tegishli daromadni hisoblashda xarid va nominal qiymati o’rtasidagi farq hisobdan chiqariladi.
Bunda 4830 – "Olinadigan foizlar" yoki 4840 – "Olinadigan dividendlar" (qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha olinadigan daromad so’mmasiga) schyotlarining debeti va 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" (xarid va nominal qiymati o’rtasidagi farq summasiga), 9520 – Dividendlar ko’rinishidagi daromad" (4830 – "Olinadagan foizlar" yoki 4840 – "Olinadigan dividendlar" schyotlaridagi summalari o’rtasidagi farqqa) schyotlarining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar korxona tomonidan sotib olinagn obligatsiyalar va boshqa shunga o’xshash qimmatbaho qog’ozlarning xarid qilish qiymati ularning nominal qiymatidan past bo’lsa, u holda ularning har biri bo’yicha daromadni hisoblashda xarid va nominal qiymat o’rtasidagi farq summasiga etkazib qo’yiladi. Bunda 4830 – "Olinadigan foizlar" yoki 4840 – "Olinadigan dividendlar" (qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha olinadigan daromad summasiga) schyotlarining debeti va 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" (xarid va nominal qiymati o’rtasidagi farq summasiga) schyotining debeti hamda 9520 – "Dividendlar ko’rinishidagi daromad" (4830 – "Olinadigan foizlar" yoki 4840 – Olinadagan dividendlar"schyotlaridagi umumiy summaga) schyotlarining krediti bo’yicha yozuvlar qilinadi.
Yuqorida ko’rsatilgan ikkala holda ham:



  • qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha korxonaga tegishli bo’lgan daromadni hisoblashda hisobdan chiqariladigan (qo’shib yoziladigan) xarid va nominal qiymat o’rtasidagi farq umumiy farq summasidan va qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha daromad to’lashning o’rnatilgan davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;

  • qimmatbaho qog’ozlarning so’ndirish muddatiga ular 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" schyotida hisobga olingan baho bilan nominal qiymatga muvofiq kelishi kerak.

Uzoq muddatli investitsiyalarni so’ndirish va ularning sotilishi 9220 – "Boshqa aktivlarning tugatilishi" schyotining debeti va uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning krediti bo’yicha aks ettiriladi.


0610 – 0690 schyotlari bo’yicha analitik hisob uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar turlari va ob’ektlari bo’yicha (sotuvchi korxonalar, qimmatbaho qog’ozlar, avlod, qo’shma va uyushgan korxonalar, qaram bo’lgan jamiyatlar va korxona ishtirokchisi hisoblangan boshqa korxonalar va boshqalar bo’yicha) yuritiladi. Bunda analitik hisobning to’zilishi mamlakat hududidagi va xorijdagi ob’ektlarga uzoq muddatli moliviy qo’yilmalar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkonini ta’minlash kerak.
Uyushgan obligatsiyalarni sotishdan tushgan daromad u haqiqatda korxonaga kelib tushgan hisobot davri buxgaletriya hisobida aks ettirilishi kerak. Uzoq muddatli obligatsiyalar operatsiyalari bo’yicha zararlar, qachonki real xarajatlar obligatsiyalarning nominal qiymatidan oshib ketsa, obligatsiyalar aylanishi muddati bo’yicha taqsimlanadi va teng qismda har oy korxona zarariga o’tadi.
Lekin bo’nday operatsiyalar korxona uchun zarar keltiradi, shuning uchun unga yo’l qo’ymaslik kerak.
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko’pincha qirqma tomon bilan chiqariladi, ular bo’yicha obligatsiyalar muomala muddati davomida davriy tarzda foiz to’lab turiladi. Bunday hollarda obligatsiyalarning xarid va nominal qiymati o’rtasidagi farq har gal korxonaga tegishli foiz daromadlari o’tkazilganda qayd etiladi. Agar obligatsiyalarning xarid qilish narxi uning nominal qiymatidan ortiq bo’lsa, har bir o’tkazilgan foiz daromadlari qiymati obligatsiyalarning nominal qiymatidan oshgan qiymatni so’ndirish hisobiga kamayadi.
Masalan:
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’ziga tegishli qimmatbaho qog’ozlarning nominal va xarid qiymatlari o’rtasidagi farqni aks ettirishi. Nominal qiymati – 40 000, xarid qiymati – 38 200.
Debet. 0610; Kredit. 5110. - 38200 so’m
Yil oxirida qimmatbaho qog’ozlarning xarid va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqning (xarid qiymatidan yuqori) aks ettirilishi:
Dt 0610 Kt 9560 1800
Qimmatbaho qog’ozlarning kamomadi schyotlar korrespondentsiyasida quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 5920 Kt 0610;
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida turli sohalarga investitsiyalar amalga oshirilmoqda. Bu, albatta, iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan qo’yilmalar ham, boshqa aktivlar singari buxgalteriya hisobi aktivi tarkibiga faqatgina bu mablag’dan korxona iqtisodiy foyda ko’rishga ishonch etarli bo’lgan holda kiritilishi kerak. Bu xalqaro hisob standartlari kontseptsiyasida qayd etiladi. Buning uchun faqatgina mablag’larning mavjudligiga etarli asos bo’la olmaydi. Bu qilingan xarajatlar kelgusida korxonaga foyda keltirilishi aniq ishonch bo’lishi zarur. Agar bunday ishonch bo’lmasa, bunday xarajatlar korxona uchun aktiv emas, balki zararga aylanadi.

    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə