Microsoft Word Moliyaviy hisob


- "Oddiy aktsiyalar" 8320



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə67/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

8310 - "Oddiy aktsiyalar"

  • 8320 - "Imtiyozli aktsiyalar"

  • 8330 - "Pay va quyilmalar"
      1. Kapitalning tarkibi va va uni tashkil etish manbalari


    Ustav kapitali - ta’sis hujjatlarida belgilangan, sub’ektning mulkini tashkil etishda, uning faoliyatini bir maromda tashkil etishda ta’sischilarning pul ifodasida qo’ygan mablag’larining yig’indisidir.


    Aktsionerlik jamiyatlari davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin, ishtirokchilar ulushining umumiy summasi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
    Dt-8310 Kt-4610
    Ishtirokchilar ulushining haqiqatda (naqd pul, TMZ, asosiy vosita, nomoddiy aktivlar, hisob-kitob schyotiga yoki valyuta schyotiga pul o’tkazilishi) kelib tushishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
    Dt-5000, 5100, 5200, 0100, 1000, 0400 Kt-4610
    Ustav kapitalining analitik hisobi ishtirokchilar(ta’sischilar) bo’yicha kartochkalar yoki vedomostlarda yuritiladi.
    Aktsionerlik jamiyati o’z aktsiyalarini aktsionerlardan sotib olishi, sotishi yoki bekor qilishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
    Dt-5000, 5100, 5200 va boshqalar Kt-8610
    Bu aktsiyalarni keyinchalik qayta sotish schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Dt-8610
    Kt-4610
    Yuqorida keltirilgan yozuvlar natijasida 4610 – schyotining debet tomonida hosil bo’lgan qoldiq aktsionerlarninig qarzini, ya’ni olingan aktsiyalar uchun to’lanmagan mablag’ yoki ta’sis hujjatida e’lon qilingan ustav fondiga ko’chirilishi lozim bo’lgan ulush miqdorini ko’rsatadi. Bu to’lovlar yoki aktsiya qiymati to’langanda kelib tushgan mablag’ summasiga 4610 – schyoti kreditlanib, ustav kapitali miqdori o’zgarishsiz qoldiriladi.
    Aktsionerlar sotib olgan aktsiyalar uchun aktsionerlik jamiyati foydasi hisobidan dividend oladilar. Uning miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ekt xo’jalik faoliyati natijalariga ko’p jihatdan bog’liq. Foydadan byudjetga soliq, rezerv kapitaliga, xo’jalik yurituvchi sub’ekt umumiy maqsadlariga ajratmalar qilingandan keyin aktsionerlar uchun dividend to’lanadi.
    Buschyotlarda ro’yxatdan o’tkazilgan aktsiyalar qiymatining chegarasidagi yoki puli to’langan aktsiyalarning nominal qiymatidagi ustav kapitali aks ettiriladi.Ustav kapitalining hajmi ustavda ro’yxatdan o’tkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Sub’ekt ustav kapitalining ko’payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori bilan va sub’ekt nizomi hamda boshqa ta’sis hujjatlariga o’zgarishlar kiritilgandan so’ng amalga oshiriladi.
    Ta’sischilar qo’yilmalarining haqiqiy kelib tushishi 4610-"Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari" schyotining kreditiga o’tkaziladi, har xil aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti bilan bog’langan holda moddiy qiymatliklar va nomoddiy aktivlar, ustav kapitaliga kiritilgan qo’yilmalarning qiymati aniq, haqiqatda mavjud bo’lgan bozor bahosida yoki ta’sischilarning roziligi bo’yicha baholanadi.
    8310 - "Oddiy aktsiyalar" schyoti ovoz berish huquqiga ega bo’lgan oddiy aktsiyalarning qiymati qo’shilgan holdagi aktsiyadorlar kapitalining holati va harakati to’g’risidagi va imtiyozli aktsiyalar uchun to’lanadigan dividendlar qayd etilgandan keyin qolgan sof daromadni taqsimlashda qatnashuvchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
    Aktsiyador jamiyatlari o’zining ustav kapitalini yangi aktsiyalarni chiqarish yoki ularning nominal qiymatlarini oshirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin.
    Aktsiyalarni tugatish maqsadida ularni maydalab yuborish, ya’ni ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib, umumiy miqdorini ko’paytirish lozim bo’ladi.
    Ushbu aktsiyalarni maydalash natijalari aktsiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir qilmaydi, faqatgina yangi chiqarilgan aktsiyalarning nominal qiymatini va muomaladagi aktsiyalarning miqdorini ko’paytiradi. Ushbu muomalalar bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, lekin ushbu muomalalarni 8310-"Oddiy aktsiyalar" schyotiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur.

    Yüklə 462,99 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə