Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
23
Bayt: 
 
Bu nav’ masxaraliq elga bas durur hayrat
Ki, o‘lg‘ay eshitibon kimga bor esa g‘ayrat. 
O‘ttuz yettinchi fasl 
 
KADXUDOLIG‘ SIFATI VA XOTUNLAR ZIKRIDA 
Muvofiq tushsa kadbonu, davlat va jamiyatg‘a bo‘lmoqdurur hamzonu. Uyning oroyishi andin va 
uylukning osoyishi andin. 
Jamoli bo‘lsa marg‘ub va salohi bo‘lsa jong‘a matlub. Oqila bo‘lsa, ro‘zgorg‘a andin saloh va 
intizom va maosh asbobig‘a andin tartib va saranjom. 
Bu nav’ juft kishiga qovushsa, balki mundoq komgorliq ilikka tushsa, nihoniy g‘amu mehnatda 
hamroz va hamdaming bo‘lg‘ay va maxfiy va pinhon dardu mashaqqatg‘a damsoz va marhaming 
bo‘lg‘ay. Ro‘zgordin har jafo yetsa, anising ul va charxi davvordin har ibtilo kelsa, jalising ul. 
Ko‘nglung g‘amidin ul g‘amnok va badaning za’f malolatidin ul halok. 
Agar husnu jamoli o‘rta chog‘lig‘dur va muvofaqati rishtasi muxolifatqa bog‘luqdur, xavfu rajo 
bila tirilmakdur va hikmat va mador bila maoshini bilmakdur. Kadxudoning ba’zi mushkili bo‘lsa 
osondur. Ammo ko‘proq holida ko‘ngul harosondur. Bu nav’ ne ham nofarjomliq va nokomliq bila 
tahammul qilg‘ay va har nechuk bo‘lsa o‘tkarilg‘ay. Ammo, nauzubillox, nosoz juft elga muhlik 
marazdur oshkor va nuhuft. Salita bo‘lsa, ko‘ngul andin shikanja. Yamon tillik bo‘lsa, abushqa ko‘ngli 
andin yarolig‘. 
Ulki avval mazkur bo‘ldi va yuqoriroq mastur bo‘ldi ro‘zg‘or anosidin yuz yilda bir tug‘mas va 
yuz mingdin bir yuliqmas. Yo‘luqqan kishiga toji torak bo‘lsun va bu saodat anga muborak bo‘lsun. 
Alar makri ta’rifida ko‘p ulumda dono va ko‘p diqqatlig‘ xukumo kitoblar tasnif etibdurlar va 
mujallidlar bitibdurlar va mubolag‘alar bila bastlar qilibdurlar. Va hanuz o‘zlarini ojiz va muqassir 
bilibdurlar. Bu bir necha parishon kalomot birla ne nav’ ta’riflarin aytsa bo‘lg‘ay va tavsiflarining 
yuzdin biriga yetsa bo‘lg‘ay. Ammo xos ul-xoslari bularg‘a aksi mutlaq haqgo‘y va haqshunos va 
tillarida haq va ko‘ngullarida dag‘i haq. Ulamoi islomg‘a alardin foyidai umid, avliyoi a’zam alar 
anfosidin mustafid, anbiyo mursilinni alarga modih bilg‘il, maloika muqarribin alarg‘a egachi-singil. 
Iffat toridin boshlarida muqna’ va ismat hullasidin yuzlarida burqa’, bu burqa’ni ul yuzidin haq yiroq 
qilmasun va futur yelidin bu parda ul vajhdin ochilmasun. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə